Valuta krizisi —bu milliy valutalar qadrsizianib ular kursining pasayishi natijasida devalvatsiyaga uchrashidir.
Bir valuta devalvatsiya boisa, boshqasining kursi oshib revaliva-tsiya bo‘ladi. Natijada valutalar kursiga keskin tebranma harakat xos bo‘lib,bu valutalar bozoridagi beqarorlikni keltirib chiqaradi, va lutalar oldi-sotdisida nosozlik eksport va importga to‘sqinlik qiladi, chunk! bular uchun zarur bo'lgan pul miqdori tez-tez o'zgarib tu-radi. Krizisga eng avval xorijiy valuta rezervlari kichik mamlakatlar duch keladi, chunk! ular o‘z milliy valutas! qadrini xorij pul! bilan ta’minlay olmaydilar.
Iqtisodiyot uchun eng og‘iri — bu surunkali valuta krizlsidir. Bunda valuta bozoridagi ayirboshlash nomutanosibligi uzoq saqla-nadi. Bir devalvatsiya ketidan boshqas! zarur bo‘lib qoladi. Valutalar kursidagi beqarorlik uzoq davom etadi, eksportchilar esa bundan zarar ko'rishadi. Krizis davlat moliyasida ham bo‘lad! va bu fiskal krizis shakliga kiradi.
Fiskal krizis — bu budjetga keladigan soliq tushumlari xara-jatlami qoplamagan holda budjet defitsitini ortib borishi va davlat qarzi oshib, u o‘z majburiyatlarini toiashga qodir bo‘lmasligidir.
Budjetning xarajatlari daromadlariga nisbatdan jadal o‘sadi, kamomadni qoplash uchun ko‘plab qarz oladi, natijada u qarzga botib qoladi. Davlatning moliya sektorini qoilash uchun unga pul yordamini ko‘rsatishi xarajatlarni oshirib, defitsitni kuchaytirishga olib keladi.
Daromadlarning yetishmasligi qarzni uzish imkoiiiyatini ber-may, qarzni toiash orqaga suriladi, chunki qarz ustiga qarz kelib qo'shiladi, hatto davlat defolt holatiga tushib qoladi, ya’iii moliyaviy bankrot boladi.
Moliyaviy munosabatlar keng qamrovli boiganidan krizis mo-liyaning turli sohalarida yuz beradi.
20.2. Krizislarning sabablari va yuzaga
kelish mexanizmlari
Moliya krizislari yangilik emas, chunki ular bozor tizimida azal-dan kiizatiJib kelinadi. Ulaming dastlabki alomati XVII asrdayoq namoyon bo'lgan. Buni Gollandiyada yuz bergan “Lola jazavasi” tasdiqlaydi. 0 ‘sha kezlarda lola piyozini ko‘paytirib sotish katta Poylik keltiradi degan ovozaga berilib, puli borlar unga lola piyozini olaboshlaganlar. Narx juda ham qimmatlashib bitta lola piyozini bitta sigir puliga olishgan, So'ngra narx keskin tushib ketib, lola-furushlar bankrotlashib. bor pulidan ayrilib qolishgan. Shunga o'xshash hodisalar keyin ham takrorlangan. Keying! paylda (1970—2007-yillar) yer yuzida 394 marta moliyaviy krizis holati bo‘lib, bu turli mamlakatlarda turli darajada bo‘lgan, shulardan 17 tasi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan. Eng katta Osiyo moliya krizisi 1998-yil va jahon moliya krizisi 2008—2009-yillarda yuz bergan. Krizislarning takrorlanib turishi ularni muqarrarligidan darak be rad i. Xo‘sh shunday ekan buning sababi nimada? Buning sababi bozor tizimida u qancha o‘zgarmasin, baribir layoqatsiz holatning bolib turishidir. Biz oldingi boblardan bilamizki, bozor iqtisodiyotida uning turli tomonlari o‘rtasidagi mutanosibliklar bu-zilib, nomutanosiblik holatlari kelib chiqadi va bu iqtisodiy be-qarorlikka olib keladi. Moliya iqtisodiyotning uzviy qismi bo‘lga-nidan ayiilgan sababiar uni ham beqaror qilib krizisga duchor etadi.
Moliya krizislarini qanday aniq omillar yuzaga keltirishidan qat’iy nazar ularning fundamental, ya’ni asl sababi bozor tizimining liberal bo‘lishi, iqtisodiyot subyektiari xatti-harakatlaridagi nomu-vofiqlikning mavjudligi, tartibsiziik, layoqatsizlik va risklarni hosil qiiadi va bu moliya krizislariga olib keladi. Buni quyidagi rasmdan ko’rish mumkin (20.1-rasm).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |