Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Talab qonuni. Talabning narxga bog‘Iiq elastikligi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
6.3. Talab qonuni. Talabning narxga bog‘Iiq elastikligi
Bu qonun talabning narxga bog‘liq holda o‘zgarishini bildiradi, lekin boshqa omillarnLng talabga ta’sirini izohlamaydi. Talab qonuni shunday iqtisodiy qonundirki, unga binoan tovar larga talab ular narxiga teskari mutanosiblikda boiadi. Mazkur qonunga binoan narx oshsa, talab qisqaradi, narx pasaysa, talab oshadi, ammo buning uchun narxga ta’sir etuvchi boshqa omillar o'zgarmasligi kerak. Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun albatta, xarid qobiliyatini belgilovchi daromad 0 ‘zgarmasligi kerak. Agar daromad narxga nisbatan ko’proq oshsa, talab ham ortadi. Natijada narx bilan talab o‘rtasidagi teskari mu-tanosiblik buziladi. Narx va talabning o‘zaro naqadar bog'liqligini bilish uchun boshqa omillar o‘zgarmaydi, deb taxmin qilinadi. Bunda talab boshqa omillar ta’siridan xoli etilib, uning narxga ta’siri aniqlanadi. Buni anglash uchun «Fanta» ichimligiga bo‘lgan talabga old chizma hosil qilamiz (6.2-rasm). 94 Chizmaga koVa, «Fanta» narxi 1300 so‘m boOganda u 5 dona talab etilgan, narx 1000 so‘m boOganda talab oshib, u 7 taga yetgan, nihoyat narx 700 so'mgacha tushganda talab 9 dona bo‘!gan. Agar buni foiziarda ifodalasak, narx awal 23,1 %ga arzonJashganda talab 40 %ga oshgan, so‘ngra narxning pasayishi 46,1 %ni tashkil etganda, talab too %ga oshgan. Agar narx dastlabki 700 so'mdan 1300 so‘m-gacha qimmatlashdi, deb olsak, talabning deyarli 2 marta qisqaiianini ko‘ramiz. Narxning qanday o‘zgarishiga qarab talab egri chizig‘i AB yuqoridan pastga qarab yoki aksincha, pastdan yuqoriga qarab ha-rakat qiladi. Talab qonunini miqdoran talab elastikligi (o'zgaruvchanligi) ifoda etadi. Shunga qarab naocning o‘zgarishiga javoban talab naqadar o‘zgarganligini bilish mumkin, bu bilan talab qonuni qanday amal qilayotganligi aniqlanadi, ammo buni talabning daromad ta’sirida o‘zgarishi aks ettirmaydi. Talabning narxga bieoan elastikligi bu narxning o‘zgarishiga javoban talabning naqadar «‘igarganligini bildiradi. Agar narxga javoban talab jiddiy tarzda o'zgarsa talab elastik hisoblanadi, agar bu 0 ‘zgarish sust bo'lsa, noeiastik talab mavjud boOadi. Talabning elastikligini ko‘p hollarda 4 ta omil yuzaga keltiradi. Birinchi omil talab chaqiradigan tovaming o‘zi qanday boOishi. Ma’lumki tovarlar 2 xi! boMadi: a) kundalik eng zarur tovarlar, bularni hanima iste’mol qiladi; b) prestijli, eng zarur boOmagan yoki zebu-ziynat hosil qiluvchi tovarlar. Bu tovarlami hamma emas, saylangan xaridoriar iste’mol qiladi, Bular odatda, puldorlar yoki ayrim tovar havasmandlari bo'ladi. Kundalik tovarlarga talabning elastikligi past bo’ladi, chunki narxning o’zgarishiga javoban ularga talab kami q o‘zgaradi. Masalan, Sirdaryo baligining narxi 20 % oshsa, unga talab 22 %ga qisqarishi mumkin. Noyob osyotra balig’i-ning narxi 20 % oshsa, unga talab 50 % qisqaradi, chunki uning xari-dorlari chekJangan. Shunday tovarlar ham borki, ular narxining o'zgarishi talab elastikligini vujudga keltirmaydi. Masalan, non, tuz, gaz, elektroenergiya yoki guguit. Bularni iste’mol qilmaslikning iloji yo‘q, shu sababli narxning o‘zgarishi ularga talabning elastikligini yuzaga keltirmaydi. Agar xonadon kuniga 10 ta non olsa-yu, non narxi 10 % oshsa, u baribir 10 ta non oladi, lekin boshqa tovarlar, masalan, go‘sht xaridini qisqaitiradi. Xonadon 2 oyda 1 pachka (1 kg) osh tuzi ishlatadi. Tuz narxi 20 % arzonlashsa, u 2 pachka tuz olmaydi, chunki ovqatni shoT qilish talab qilinmaydi. Aksincha, tuz narxi 20 % oshsa, xonadon 0,5 kg tuz olmaydi, chunki u ovqatni tuzsiz, yoki tuzini past qilib iste’mol qila olmaydi. 95
Saylangan tarzda iste’mol qOinadigan tovarlarga talab ancha elas-tik bo'Jadi. Narx o‘zgarisMga nisbatan ularga talab tezroq o'zgaradi. Masalan, «Nexia» rasumli avtomashina narxi 20 %ga oshsa, unga talab 30 %ga qisqaradi. Chunk! talab narxga sezgirlik bilan javob beradi. Xuddi shuningdek, «Nexia» narxi 20 % tushsa, unga talab 30 ortishi mumkin. Uddnchi omi. Bozorda o'rinbosar tovarlarning mavjudligi. Shunday sharoitda narx oshganda talab boshqa narxi o'zgarmagan to-varga kuchayadi, chunki bu tovarlar o‘rinbosar bo‘lib, bir xil ehtiyojni qondiradi. Masalan, plash va kurtka. Plashga narxning ortishi kiirtka narxi o‘zgarmaganidan unga talabni oshirib yuboradi, ya’ni uni elastik qiladi. Sariyog* arzonlashsa, margarin o'miga uni ko‘proq olishadi. Agarsariyog* qimmatlashsa, margaringa talab oshib, u elastik holatda bo‘ladi. Agar tovaming o'rinbosari bo'lmasa, narxning o‘zgarishi uning o‘ziga boigan talabni elastik qiladi. Uchiiichi omil ^ bozoming tavsifi. A p r bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi u yerdagl muayyan tovarga bo'lgan talabni elastik qiladi. Bordi-yu bozor kengroq bo'lsa, substit —o'rinbosartovariarni to-pish mumkin. Bu yerda bir tovarga narxning o'zgarishi unga talabni elastik qilinmasdan boshqa tovarga ko'chirib, uning talabini elastik qiladi. To‘rtiichi oinfl - bu talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi. Agar qisqa vaqtni olsak, bunda talabning narxga bog‘liq elastikligi sezilmaydi, uzoq davrda u yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, kvartira haqi va kommuna! xizmatlar narxi oshsa, dastlab ularga talab o‘z-garmay tiiradi, so‘ngra u elastik bo'ladi, chunki kishilar arzonroq kvartirani xush ko‘rishadi, ular 3 xonali kvartiradan 2 xonaliga, 2 xonalikdan 1xonalikka o‘tadi. Kichik kvartira haqi oshgan holda, kat-ta kvartira haqi qisqaradi. Shuningdek, yengil avtomobil qimmatlashdi deylik, bu darhol unga talabni elastik qilmaydi, so'ngra esa bu elastik holiga keladi, chunki kishilar avtomobilda kam yiirishadi, uni kam olishadi, so‘ngra avtomobil o'rniga metro, avtobus, tramvay va trol-leybusdan foydalanishadi. Xullas, elastiklikni yiizaga chiqariivchi omiilar bir xil emas. ularning tovar xaridiga ta’siri turli yo‘nalishda boradi, Talabning elastiklik darajasini uning koeffitsiyenti ifoda etadi. Talabning narxga bogliq elastiklik koeffitsiyenti bu talab hajmi o‘zgaiishiiiing narxning o‘zgarishiga bolgan nisbatidir. Bu 0‘zgarish.lar awa! foiziarda ifodalanib, so‘ngra nisbatlaiiadi. Buni qiiyidagicha ifodalash mumkin:
дЯР%' elastiklik koeffitsiyenti. 96
Th% —talabning foiz hisobida o‘zgarishi, P% — bu iiarxning foiz hisobida o‘zgarishi. Buni bir misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik bir shisha «Fanta» narxi 1000 so‘mdan 1200 so‘mga yetdi. Bunga javoban «Fanta» xaridi 12 shishadan 9 shishaga tushib qoldi. De-mak, narx 20 % oshdi (((1200-1000)/1000)xl00=20 %). Talab esa 25 % qisqaradi (((12-9)/12)xl00=:25 %). Endi bu ko‘rsatkichlarni formiilaga tushirsak, Э)(= 25/20=1,25; Э|^=1,25 yoki Э|<>1. Bimda narxga nisbatan talab tezroq o‘zgargan. Demak, ta lab — 25 % qisqargan, narx 20 % oshgan. Natijada 25>20 yuza-ga kelgan. Talab qonuniga ko‘ra talab narxga teskari mutanosiblik-da bolganidan, narx o‘zgarishi musbat (+) bo‘lgani holda, talab 0‘zgarishi manfiy ( - ) bo‘lgan. Aksincha ham bo‘ladi, albatta. Aytilgan koeffitsiyent koTsatkichiga qarab elastiklik holati aniqlanadi. Agar Эк> 1 bo‘lsa, talab elastik hisoblanadi, agar 3i^ Elastiklik holatiga qarab talab egri chizig‘i o‘zgaradi, uning qanday bo‘lishini 6.2-rasmda ko‘rgan edik. Endi talab elastik va no elastik bo‘lganida egri chiziq shaklini ko‘rib chiqamiz. Bu chiziq-ni «Fanta» narxi va unga talabning o‘zgarishiga qarab hosil qilamiz (6.3- va 6.4-rasmlar). 6 .3 -ra sm . Elastik talab egri 6 .4 -ra sm . N oelastik talab egri chizig‘i. chizigM. 6.3-rasmda narxning ortishiga nisbatan talabning ko‘proq qis-qarishi, 6.4-rasmda talabning kamroq qisqarishi tasvirlangan. 97
Наг ikkala egri chiziqni solishtirsak, 6,3-rasmdagi AB egri chiziq yotiq ekanligini, 6.4-rasmdagi AjBi egri chizigri ancha tik ekanligini ko'ramiz. Demak, elastiklik sharoitida talab egri chizigi yotiq bo'isa, noelastiklik sharoitda bu chiziq o'zining tikligi bilan tavsiflanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling