Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngiI ochish
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
26. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngiI ochish
bog‘larida harakatli o ‘yinlarm tashkil qilish Aholi istiqomat joylari deganda, asosan, shaharlar, qishloqlar tushuniladi. Qishloqlar ham, o‘z navbatida, qo‘rg‘onlar (posyolka), katta-kichik qishloqlardan iborat bo‘ladi. Shaharlarda daha, mavze, mahallalar turli xil bo‘ladi. Hozirda katta qishloqlar, qo‘rg‘onlar, shahaming mavze (kvartal) va mahallalarida bolalar va katta yosh dagi kishilar uchun sport inshootlari (futbol maydonlari, turli xil o‘yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari, maxsus trenajyorlar va h.k.) qurilmoqda. Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilin- gan farmonlar, qarorlarda ta’kidlanishicha, aholi istiqomat joylarida mutaxassis xodimlar ishtirokida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish va faol tashkilotchilami ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Buning asosiy maq- sadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda turli sport turlari bo'yicha ommaviy sport muso- baqalarini, milliy qadriyatlarga ega bo‘lgan harakatli o‘yinlar bo‘- yichanufuzli tadbirlami o‘tkazishda keng jamoatchilikni jalb etish talab etiladi. Mustaqillikning sharofati tufayli, shara va qishloqlarda turli idoralar uchun binolar qurish, ommaviy-madaniy tadbirlar uchun о ‘yin maydonlarini kengaytirish va, ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar, zamonaviy hovli-joylar qurilishi ko‘paymoqda. Bu, o‘z navbatida, odamlaming turmush madaniyatining yaxshilanib borishidan dalolat beradi. Turmush madaniyatning o ‘sishi esa soglom turmush kechirishga da’vat etadi. Sog‘lom turmush tarzida esa sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar muhim o‘rin egallamoqda. 83 Hovli va ko'p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravish da, yakka tartibda jismoniy mashq-o'yinlar orqali o'z salomatligini yaxshilashni maqsad qilib olayotganlar kun sayin ko'payib bor- moqda. Keng maydonlar, bolalaming o‘yin maydonlari, xiyobonlarda kun bo‘yi, ayniqsa, dam olish, ta’til kunlari va bayramlarda turli o'yinlar bilan band bo'lganlar soni ko'payib bormoqda. Bulami tashkil qilishda ota-onalar, faol jamoatchilar, mutaxassislar bevosita faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Qishloq joylaridagi katta to'ylar, an’anaviy bayram kunlari va boshqa madaniy tadbirlarda katta-kichik kishilar va bolalar o'rtasida kurash, ot o‘yinlari, turli xil milliy harakatli o'yinlar tashkil qilin- moqda. Ayniqsa, qiz va o'g'il bolalar o'rtasida «Quvlashmoq», «Arqon tortish», «Yelkada kurash», «Piyoda ko'pkari», «To'qqiz bosh», «Bo'ta soldi», «Ko'z bog'lash», «Kim qoldi» kabi milliy harakatli o'yinlar ommalashgan. Bolalar va o'smirlaming qir-adir- larda eshak va otlarga minib qilichbozlik qilish, otdan ag'darish, tortishish o'yinlari zavqli o'tishi bilan birga ularning jismoniy kamo- lotini o'stirishga xizmat qilmoqda. Xo'roz, qo'chqor, it urishtirish- lar, kaklik va bedanalami sayratish (bahs), kampirlar va chollaming aytishuvlari, raqslari, turli harakatli o'yinlarni qadimiy milliy o'yinlar sifatida namoyish qilish odati davom ettirilmoqda. Ular estetik zavq berish va insonlaming sog'lomlikda uzoq umr ko‘- rishlarida madaniy meros sifatida xizmat qilmoqda. Toshkent shahar, viloyatlaming markazlari, shahar tusini olgan tuman markazlari, katta qo'rg'onlarda (posyolka) ommaviy sog' lomlashtirish tadbirlari keng ko'lamda tashkil qilinmoqda. Ayniqsa, mahalla va ko'pqavatli uy-joy shaoitlarida estafetali o'yinlar va milliy harakatli o'yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda bolalar 84 va o‘smirlaming guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik yoshdagi (2—6 yashar) bolalaming mustaqil ravishda quvlashib o£ynashi, to ‘plar orqasidan yugurish, futbol, xokkey kabi о ‘yin elementlari qiziqarli o'tmoqda. Yosh bolalaming (1 —6 yashar) ota-onalari, aka-opalari yorda- mida maxsus moslamalarda (narvonlar, g‘ildiniklar, terib qo£yilgan to‘siqlar, sun’iyg‘orlar va h.k.) 0‘ynashi ularning harakatchanligini oshirishi bilan bir qatorda ularning sho'x, zavqli harakatlarini takomillashtirishga, estctik hamda cmotsional tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, mahalla faollari, xotin-qizlar yig‘i- lishlari, maktablardagi ota-onalar qo'mitasi majlislarida ta’lim- tarbiya mazmunida turli harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama qilinmoqda. Buning boisi shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari o‘qimishli, madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt uchun namuna bo'lmoq- dalar. Birlari pedagogika va san’atda, yana birlari sanoat, tijorat, qurilish, harbiy xizmat va boshqa sohalarda o ‘z iste’dodlarini namoyon qiilmoqdalar. Demak, yashash joylari, ayniqsa, oilada milliy harakatli o‘yinlarning xosiyat tomonlari cheksizdir. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling