Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Quvlashmachoq*
«Quloq-chakka»
Bu o'yinda 4—5 bola qatnashadi. O'yinchilar kuchda teng bo'lishlari kerak. O'yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o'yinchi tik turgan holda o'ng qo'lini o'ng chakkasiga, chap qo'lini esa o'ng qo'ltig'iga kafti ko'rinadigan qilib qo'yadi va o'yinchilarga qaramay turadi. Qolgan o'yinchilar bir vaqtda uning oldiga kelishadi va ulardan bittasi shu o'yinchining kaftiga kafti bilan uradi hamda hamma o'yinchilar bosh barmog'larini ko'rsatib turadilar. Bu ishora «men urdim» degan ma’noni bildiradi. Agar u urgan o'yin- chini topsa, o'sha o'yinchi bilan o'rin almashadilar. O'yin shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi o'yinchi ko‘p chakkasini ushlab turgan bo'lsa, o'sha o'yinchi yutqazgan hisoblanadi. 0 ‘yinchi chakkasini ushlab turgan vaqtda o'yinchilarga qaramasligi shart. «Quvlashmachoq* Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi — quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o'yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar. Quvlovchi «Bir, ikki, uch» deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar. Quvlovchi ulami tutishga harakat qiladi. O'yinchilar xavf tug'ilgan paytda o'tirib olishlari mumkin, o'tirib olganlami quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi bo'ladi. O'yinni istagancha vaqt davom ettirish mumkin. Bu o'yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham o‘ynash mumkin. Bu o'yin ham yuqorida ta’riflangandek o'yna- ladi, faqat farqi — bir oyoqda sakrab yrugan o'yinchi tutilmaydi. 137 «Ko‘zboylog‘ich» O'yinchilar doira qurib o'tiradilar. Ulardan bin onaboshi qilib tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi. Bolalar ko'zlarini yumib o'tiradilar, onaboshi esa doira atrofida aylanib yurib, sekingina bir bolalaming orqasida to'xtaydi. Ona- boshining yurishiga bolalar quloq solib o'tiradilar. Orqasiga ona boshi kelib to'xtaganini payqagan o ‘quvchi qo'lini ko'tarishi va buni o'qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to ‘g‘ri topsa onaboshi o'rnini egallaydi. Agar topolmasa o'yin davom ettirilaveradi. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling