Olmaliq filiali” “ ” kafedrasi


Download 0.85 Mb.
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1311495
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish metallarni bolg\'alash

Asosiyqism
Metalni bolg‘a bilan urib, zarur shaklga keltirish jarayoniga bolg‘alash deb ataladi. Bolg‘alashda metal har tomonga qarab oqadi. Bolg‘alash natijasida buyumni mexanik xossalari yaxshilanadi, chunki uni strukturasidagi dendrit struktura tolali strukturaga aylanadi.Qizdirilgan metallni bolg‘a bolg‘alashning bolg‘a zarbi (yoki press bosmi) ta’sirida deformatsiyalash jarayoni erkin bolg‘alash deb ataladi. Bolg‘alash natijasida zarur shaklli pokovka olibgina qolmay, uning strukturasi, binobarin, xossasi ham yaxshilanadi. Shuning uchun og‘ir sharoitda ishlovchi mashina detallar zagotovkalari (tishli g‘ildiraklar, turbina rotorlari, disklari, vallari, shatullari) erkin bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Odatda, zagotovka sifatida og‘irligi 1 t gacha bo‘lgan ‘okovkalar uchun so‘rt prokat mahsulotlaridan, og‘rligi 2–3 t li ‘okovkalar uchun metal prokatlaridan va og‘irligi 200 t va undan ortiq bo‘lgan yirik ‘okovkalar olishda quymalardan foydalaniladi. ‘okovkalar kamdan kam dastaki, ko‘‘roq mashiyalarda bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Dastaki bolg‘alash usulining ish unumi haddan tashqari pastligi sababli undan, asosan, ta’mirlash ishlari, mayda ‘akovkalar olishdagina foydalaniladi. Mashinada bolg‘alash usuli ‘akovkalarini ko‘plab ishlab chiqarishda va katta pokovkalar olishda keng qo‘llaniladi.



Temirchilik sexlaridagi bolg‘alash uskunalarini asosiy va yordamchi uskunalariga bo‘lish mumkin. Asosiy uskunalarga bolg‘alar va presslab, yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirgich pechlar, zagotovkalarni bolg‘alashga uzatuvchi kranlar, kontovatellar, mani’ulyatorlar va boshqalar kiradi. Asosiy temirchilik uskunalarini quyidagi ko‘gsatkichlarga ajratiladi:



a) ish tezliglarga ko‘ra bolg‘alarga (vish= 7–8 m/sek) va ‘resslarga (vish= 0,1–0,3 m/sek);


b) energiya xiliga ko‘ra: bug‘ va elektr yuritmali (pnevmatik,ressorli va richagli) bolg‘alarga ajratiladi. Bug‘ bolg‘alari osongina siqilgan havoda ishlay oladi, shuning uchun ko‘pincha bug‘-havoda ishlovchi bolg‘alar deb yuritiladi;
d) bug‘ yoki siqilgan havoning bolg‘a porshiniga ta’siriga ko‘ra bir yoqlama yoki ikki yoqlama ishlaydigan bolg‘alarga bo‘linadi. Bir yoqlama ishlaydigan bolg‘alarda bug‘ yoki siqilgan havo tushivchi qismlarini faqat yuqoriga ko‘tarib beradi, ikki yoqlama ishlaydiganlari esa tushuvchi qismlarini ham ko‘taradi ham tushuvchi qismlar og‘irligiga qo‘shimcha ravshda bosim beradi. 

e) staninasining konstruksiyasiga ko‘ra bug‘-havo bolg‘alari bir stoykali va ikki stoykali bo‘ladi. Bir stoykali bolg‘alarning tushuvchi qsmlari assalari 0,25 dan 1 t gacha bo‘lib kichkina ‘okovkalar, ikki stoykali bolg‘larning tushuvchi qismlari massalari 1 t dan 8 t gacha bo‘lib, yirik ‘okovkalarni olishga mo‘ljallangan. chizmada ikki stoykali bug‘-havo bolg‘asining tuzilishi sxematik tarzda keltirilgan.


Bolg‘lash yo‘li bilan olinadigan ‘okovkalani olish texnologik jarayonni ma’lum ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iboratdir. Shuni ham qayd etish kerakki, birgina bolg‘lash operatsiyalardan tashqari pakovkani tayyorlash texnologik kartalarda qayd etiladi, unda zagotovkani bolg‘lashga tayyorlash operatsiyalari (qirqish, o‘lcham va sifatlarni kuzatish, qizdirish va boshqalar) ham kiradi.
Erkin bolg‘alash jarayonning asosiy operatsiyalariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Cho‘ktirish – zagotovkaning ko‘ndalang kesimini bo‘yi hisobiga kattalashtirish.
2. Mahalliy cho‘ktirish – zagotovkaning bir qisminigina ko‘ndalang kesmini kattalashtirib, bo‘y o‘lchamlarini qisqartirish.
3. Cho‘kish – zagotovkaning uzunligini ko‘ndalang kesimi hisobiga uzaytirish.
4. Mahalliy cho‘zish – zagotovkaning ma’lum qisminigina cho‘zish. 
5. Yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki
uni siqish yo‘li bilan doiraviy jism shakliga keltirish.
6. Qisman yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni siqish yo‘li bilan bir qismini yumaloqlash.
7. Teshish – zagotovkaning bir qismini siqib chiqarish hisobiga
bo‘shli hosil qilish.
8. Teshikni kengaytirish – zagotovka bo‘shligi yoki teshigining
o‘lchamlarini kattalashtirish.
9. Bukish – zagotovkani zarb bilan bukish. 
10. Tekislash – zagotovka yuzasini zarb bilan ishlash yo‘li bilan
bir tekis qilish.

Bolg’alashda metall bolg’a zarbalari yoki press bosimi yordamida shakllanadi . Bolg’alashni ajratib turgan joyi metallni asbob harakati yo’nalishiga tik erkin oqishi. 4.4. Bolg’alash Bolg’alash barcha metall va qotishmalardan olinadigan massasi bir necha grammdan bir necha yuz tonnagacha bo’lgan mashinalarning shakldor detallarini tayyorlash uchun qo’llaniladi. Mayda detallar qo’lda, yirik detallar mashinalarda bolg’alanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling