Olmaliq filiali «Konchilik elektr mexanikasi»
Download 0.54 Mb.
|
23 sxema
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.15 Transformatorlarni saqlagichlar bilan himoyalash
- 1.1.16 Avtomatika qurilmalarini tanlash va ularni o‘rnatmalarini hisobi 1.1.16.1 Avtomatik qayta ulash (AQU) uskunasi
1.1.14 O‘ta yuklanishdan himoya
Qoidaga asosan, ushbu himoya bir necha parallel ishlayotgan transformatorlar, alohida ishlayotganda, bundan tashqari AVR bo‘lganda ko‘rib chiqiladi. Himoya xohlagan fazaga bitta releni ulanishi orqali bajariladi. Uning ishlash toki quyidagiga teng bo‘ladi: bu erda, kz=1,05. Himoya RT–40 relesi bilan bajarilgan bo‘lsa, himoyaning ishalsh vaqti thi=9 s ga teng qabul qilinadi. Agar himoya RT–80 relesida bajarilgan bo‘lsa uni ishlash vaqtining minimumi tanlovchanlik pog‘onasida MTH ishlash tokining ishlash vaqtidan katta bo‘lishi kerak. Qoidaga asosan, himoya signalga ishlashi kerak, lekin navbatchisi bo‘lmagan nimstansiyalarda o‘chirishga ham ishlashi mumkin 1.1.15 Transformatorlarni saqlagichlar bilan himoyalash Saqlagichning eruvchan quymasining nominal toki quyidagicha aniqlanadi Iquy.nom ni yanada to‘g‘ri qiymatini aniqlashda 4–ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Lekin eruvchan quymani faqat transformatorni nominal toki bo‘yicha tanlash tashqi QT larda uni noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Bunda istisno safatida eruvchan quymani tanlashda 4.4.3.3. bo‘limga asosan uning xarakterisikasini chiqib ketayotgan liniyalarning himoya xarakteristikalari bilan moslashtirish amalga oshirilishi kerak. Transformatorlar himoyasi uchun yuqori kuchlanishli PK, PKI, PSN turidagi saqlagichlar qo‘llaniladi. Ularning xarakteristikasi ilovada keltirilgan. 1.1.16 Avtomatika qurilmalarini tanlash va ularni o‘rnatmalarini hisobi 1.1.16.1 Avtomatik qayta ulash (AQU) uskunasi PUE ga asosan AQU uskunasi quyidagilarda jihozlangan bo‘lishi kerak: – 1000 V dan yuqori barcha havo va aralash (kabelli havoli) liniyalarda; – 35 kV va undan kichik kuchlanishli kabel liniyalarida, agar liniya bir necha nimstansiyalarni ta’minlasa, bundan tashqari himoyani noselektiv ishlashini to‘g‘rilash maqsadida; – quvvati 1 MVA dan yuqori ta’minot tomonida o‘chirgich va MTH bo‘lgan barcha bittali pasaytiruvchi transformatorlarni o‘chirilishi iste’molchilar energiya ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Alohida holatlarda esa differensial himoya ishlatilgan bo‘lsa ham AQU ni ishlatish ruxsat etiladi. Bundan tashqari, AQU uskunasi elektr tarmoqning ba’zi elementlari bilan jihozlanadi, u ushbu topshiriqda ko‘rib chiqilmaydi. AQU uskunasi quyidagi talablarga amal qilgan holda bajarilishi kerak: o‘chirgichni qo‘lda o‘chirganda AQU avtomatik tarzda ishdan chiqarilishi kerak; AQU berilagan karralikni ta’minlashi kerak (bir va ikki marta) va ko‘p marta qo‘shishga imkon bermasligi kerak; AQU muvaffaqiyatli ishlab bo‘lgandan so‘ng avtomatik ravishda qayta ulash uchun tayyor bo‘lishi kerak muvaffaqiyatsiz AQU dan so‘ng himoya ishlashini tezlashtirish ko‘rib chiqilishi kerak. Bir tarafdan ta’minlanadigan taqsimlovchi tarmoqlarda AQU uskunasi uch fazali, bir martali (ba’zan ikki martali) ishlovchi bo‘lishi mumkin. O‘chirgichning yuritmasiga bog‘liq ravishda AQU: agar mexanik (yukli yoki prujinali) yuritmali bo‘lsa, mexanik bajariladi; agar o‘zgarmas operativ tokli yoki solenoidli yuritmali bo‘lsa, RPV turidagi elektrik rele bilan bajariladi AQU ning sabr vaqti yuritmaning tayyor bo‘lish vaqti (0,1–0,2 s), o‘chirgichning tayyor bo‘lish vaqti (0,2–2 s) va QT joyi atrofining deionizatsiya vaqti (0,1–0,3 s) dan katta bo‘lishi kerak. Amaliyotda o‘chirgichning turiga bog‘liq holda taqu= 0,8 – 3 s bo‘ladi. AQU uskunasini ishga tushishi, qoidaga asosan boshqaruv kaliti va usha o‘chirgichning vaziyatini nomutanosibligi asosida amalga oshiriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling