Olmaliq filiali «Konchilik elektr mexanikasi»
Operativ tok manbalarini tanlashga oid umumiy ko‘rsatmalar
Download 0.54 Mb.
|
23 sxema
1.1.3 Operativ tok manbalarini tanlashga oid umumiy ko‘rsatmalar
Kurs ishini bajarish davomida rele himoyasi qurilmalari, avtomatika va o‘chirgichlarni masofadan turib boshqaruvi ta’minoti zanjirida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokdan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Bunda shuni yodda tutish lozimki, o‘zgarmas operativ tokdan elektr stansiyalarda, kuchlanishi 110 va undan yuqori bo‘lgan bir qancha birlashmalari bo‘lgan podstansiyalarda, ba’zida esa 35 kV li podstansiyalarda foydalanish tavsiya etiladi. O‘zgaruvchan operativ tok qolgan podstansiyalarda ishlatiladi, ularning yuqori kuchlanish tomonida o‘chirgichlar bo‘lmaydi. O‘zgaruvchan operativ tok qo‘llanilganda quyidagi sxemalardan foydalanish tavsiya etiladi: – elektromagnit boshqaruvni shuntlash sxemasi tokli, differensial yo‘naltirilgan va distansion himoyalarda qo‘llaniladi, “engil” yuritmali PRBA–10, NG–10, PGM–10, MPM–10, PP–61 va h.k. turdagi o‘chirgichlarda elektromagnit o‘chirish va qo‘shish davomida ularning talab qiladigan quvvati TT berayotgan quvvatdan oshmaydi. Ushbu sxemalar 6–110 kVli podstansiyalarda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bunda distansion boshqaruv, signalizatsiya zanjirlarini ta’minotida shaxsiy ehtiyoj transformatorlari ishlatilishi mumkin. – to‘g‘rilangan operativ tok ta’minot sxemasi katta quvvat talab etadigan elektromagnitli va boshqa yuritmalari bilan jihozlangan o‘chirgiyalar, bundan tashqari yarim o‘tkazgichlardan iborat asboblarning himoyasini ta’minlashda qo‘llaniladi. To‘g‘rilangan tokni olish uchun TT ga ulangan tokli ta’minot blogi, kuchlanishni olish uchun esa KT ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgani bu kombinatsiyalashgan blokdir, u esa tokli va kuchlanishli bloklardan iborat. – oldindan zaryadlangan kondensator bilan ta’minlangan sxemasi, himoya qilinayotgan element va podstansiyalarda kuchlanish yo‘q paytda rele himoyasi qurilmasi ishga tushishi kerak (masalan, sodda podstansiyalarda bo‘lgichlarni uzish sxemasi, minimal kuchlanish himoyasi va h.k.). Ushbu usulning avzalligi ta’minot manbasidan kam quvvat iste’mol qilishi va “og‘ir” yuritmali o‘chirgichlarda qo‘llanilishi mumkinligi hisoblanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling