202
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Nosimmetrik yuklamalarda teskari sinxron maydoni rotorda qo’shimcha isroflarni
keltirib chiqaradi. Haddan ortiq mahalliy qizishlar chulg’am izolyatsiyasiga shikast
yetkazishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli nosimmetrik yuklamalarda
fazalardagi toklarning farqi 10% dan oshmasligi kerak. Bunda eng ko’p yuklama
tushgan fazadagi tok qiymati simmetrik yuklamadagi ruxsat etilgan tok qiymatidan
oshmasligi kerak.
Turli yuklamalarda fazalar uchun ruxsat etilgan tok qiymatlari:
Quvvat
Ruxsat etilgan tok
12
1375
9
1030
6
685
Asinxron rejim. Turbogeneratorning qo’zg’atish toki yo’qotilganda 30 minutdan
ortiq bo’lmagan qisqa muddatga asinxron rejimda ishlashiga ruxsat etiladi. Bu vaqt
ichida qo’zg’atish tokini tiklash choralari ko’rilishi kerak. Asinxron rejimda tarmoqdan
magnitlovchi tok iste’mol qilinadi. Bundan tashqari asinxron rejimda rotor sirtida va
bandajlarda nosimmetrik yuklamadagi qiymatga teng bo’lga toklar oqadi. Asinxron
rejimda stator uchun ruxsat etilgan tok qiymati nominal tokning 1,1 barobariga teng. Bu
qiymatdagi tokka taxminan 60% aktiv yuklama mos keladi. Ruxsat etilgan yuklamaning
aniq qiymati tajriba orqali aniqlanadi.
Qo’zg’atish tokining yo’qolishi quyidagi ko’rsatkichlarga asosan aniqlanadi:
a) Aktiv quvvat vattmetri qo’zg’atish yo’qolishidan oldingi qiymatga qaraganda
kamroq qiymatni ko’rsatadi
b) Reaktiv quvvat vattmetri strelkasi nolga tushib qoladi (generator tarmoqdan
reaktiv quvvat iste’mol qiladi)
c) Rotor zanjiri ampermetri nol yoki nolga yaqin qiymatni ko’rsatadi (qo’zg’atgich
zanjiri uzilgan)
d) Rotor voltmetri nolni yoki yuqori kuchlanishni ko’rsatadi ( bu qo’zg’atish
tizimidagi shikastlanishga bog’liq)
e) Stator toki oshib ketadi
30 daqiqa ichida qo’zg’atish tokini tiklashning imkoni bo’lmasa generator tarmoqdan
o’chirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |