Olmaliq kon-metallurgiya kombinati


Download 29.31 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi29.31 Kb.
#1057650
Bog'liq
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis eritish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.[1]
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O'zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Korxona rafinlangan mis, rux, molibden, qo`rg`oshin kontsentrati va boska mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
«Olmaliq KMK» AJ ulushiga respublikada ishlab chiqarilayotgan kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi to`g`ri keladi. 2018 yil avgust oyidan boshlab korxonaning davlat ulushi «SFI Management Group» MCHJ xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi.
«Olmaliq KMK» AJning 2022 yilga qadar barcha tarkibiy bo'linmalarini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish dasturi ikki milliard dollardan ziyod investitsiyalarni sarmoyalshtirishni ko`zda tutadi. Unda mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy tsexlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish belgilangan. Bu, o`z navbatida, ma'nan va jismonan eskirgan quvvatlarni chuqur modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Ushbu dasturning amalga oshirilish natijasida «Olmaliq KMK» AJ rangli va qimmatbaho metallar, shuningdek, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada ko`tarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, hamda bir qator muhim ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini qo`lga kiritadi.
MUHIM!!! Tanlov asosida ishga qabul qilishda quyidagi minimal tanlov mezonlariga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
1 Oʻrta maxsus ma’lumotga ega boʻlishi (oliy ma’lumot va/yoki chet tillarini bilish ma’quldir);
2 Yoʻnalish boʻyicha ish stajii va amaliy tajribaning mavjudligi;
3 Mavjud boʻsh ish oʻrinlari yoki kasblariga nomzodlar (da’vogarlar) uchun malaka talablariga (sertifikat/maxsus ruxsatnoma/toifa) muvofiqligi.
Ishga qabul qilishda nomzod qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar roʻyxatini taqdim etishi kerak:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
- mehnat daftarchasi yoki 2020 yildan boshlab xodimlarning elektron kitobi nusxasi;
- ta’lim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom, ushbu ishni bajarish huquqini beruvchi guvohnoma yoki qonun hujjatlariga muvofiq faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan boshqa tegishli hujjat.

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmati elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar)):
Download 29.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling