Olmaxon” nomli 3- o’rta guruhi


Download 18.62 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi18.62 Kb.
#1707333
Bog'liq
СHILONZOR TUMAN MAKTABGACHA TA (2)


СHILONZOR TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI 407- DMTT

OLMAXON” NOMLI 3- O’RTA GURUHI


2022-2023 O’QUV YILIDA


AMALGA OSHIRILGAN TA’LIM – TARBIYAVIY ISHLAR


HISOBOTI
TARBIYACHI: AHUNOVA Z.V


Guruhdagi bolalar umumiy soni -27 ta ,qiz bolalar-6 ta , o’g’il bolalar-21 ta tarbiyalanmoqda.


O’quv yili boshida bir qancha rivojlantiruvchi markazlar tashkil qilindi.


1.Kirish-yasash va matematika markazlarga matematikaga oid labirint,didaktik o’yinlar bilan boyitdik.
2.Sujetli roli o’yini va drammatizatsiya markazimizga turli xil niqoblar,milliy qo’g’irchoqlar,stol teatrlari bilan boyitdik.
3.Nutq o’stirish va savodga tayyorlash markazimizga mavzuyimizga mos rasmlar ta’limiy o’yinlar bilan to’ldirishga harakat qildik.
4.Tabiat va ilmiy-tadqiqotlar markazimizga mavzuga mos kerakli narsalarni qo’yishga harakat qildik.Kamchiliklarni to’ldirishga harakat qilamiz.
5.San’at markazimizga markazga mos metodikalarni kirgizdik. Bu dasturni qulayligi bolalarga o’z hohishiga qarab tanlash imkoniyati yaratildi, yana bola rasm chizishni hohladimi san’at markaziga borib shug’ullanadi.
Kirish yasash markazida shug’ullanishni hohlagan bola o’z hohishiga qarab biror bir narsa yasaydi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonun maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talabi “Ilk qadam” dasturini atroflicha o’rganib bordik. Bola bilan doimiy ravishda suhbat qurib uning ruhiy holatini chuqur tushunib yetish ko’rish bilan birga hurmat qila bilish lozim. Ota-onalarning har bir taklif va e’tirozlari o’rganilib chora-tadbirlar qo’llaniladi.Oila bilan bo’ladigan hamkorlik, ota-onalarning bog’cha faoliyatiga ijobiy munsabati muassaning kunlik jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
2022-2023 o’quv yili davomida o’rta guruhida ta’lim -tarbiya ishini rejalashtirish va amalga oshirishda “Davlat talablari ”, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 18-iyulda tasdiqlangan.”Ilk qadam”maktabgacha ta’lim muassasining Davlat ta’lim dasturi, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qaroriga asosan olib borildi. Guruhda ta’lim sifatini yaxshilash,bolalarga ko’proq bilim berish maqsadida DMTT ta’lim ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan pedagogik kengashlar, amaliy va nazariy seminarlar,ma’naviy va ma’rifat yig’ilishlarida mashg’ulotlarni jamoa bo’lib kuzatishda davomiy ravishda qatnashib o’zim uchun kerakli bilimlarni hamkasbdan turli xil metodikalarni,qo’l ishlarini o’rganib oldim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining o’rta guruhida yil boshida 25 nafar bola yil ohiriga kelib 27 nafarga ta’lim-tarbiya berib borildi.
Shu o’rganganlarimga tayangan holda bolalarga o’z bilim va ko’nikmalarimni o’rgatib bordim.Yil davomida bolalar bilan ochiq mashg’ulotlar, har xil bayram ertaliklari, tadbirlar, targ’ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari ekskursiyalar, ko’ngil ochar maskanlarga sayohatlar uyushtirildi.
Bolalarni rivojlantirish xaritalarini o’z vaqtida to’ldirib birlamchi oraliq va yakuniy kuzatuvlarni amalga oshirib bordik va barcha pedagoglat bilan hamkorlikda ish olib bordik.
O’quv yili yakuniga yetganidan so’ng o’rta guruhi bo’yicha o’tkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlandi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o’tkazildi, muammolar,ularni hal qilish yo’llari hamda maktabgacha ta’lim muassasining keying o’quv yiliga mo’ljallangan ustuvor vazifalari belgilandi.
Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling