O'quvchilarning oy boshida bilim samaradorligi 70 yakunida esa 75 o'zlashtirilganligi aniqlandi


Download 12.06 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi12.06 Kb.
#1649755
Bog'liq
HISOBOT


Namangan viloyati Davlatobod tumani 79-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2022-2023-o‘quv yilida “Ijtimoiy fanlar” uslub birlashmasi yillik

HISOBOTI


O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining 2009-yil 11- sentabrdagi “Umumta'lim muassasalarida fan oyliklarini o'tkazishni takomillashtirish to'g'risida” 252-sonli hamda VXTBning 2009-yil 15-sentabrdagi 163-sonli Namangan shahar 2009 yil 21-sentabrdagi № 81-sonli buyruqlari asosida 2022-2023-o‘quv yili dekabr oyida “Tarbiyaviy va Ijtimoiy fanlar oyligi” o'tkazildi.


Fan oyligini o'tkazish yuzasidan maktabning 2022-yil 1-dekabrdagi № ____-sonli buyrug‘i ishlandi. Ushbu buyruq asosida chora tadbirlar rejasi tuzildi va tasdiqlandi. Monitoring guruhlar tamonidan fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanganidan so'ng 5-11-sinf o'quvchilarining DTS bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan BKM larini monitoringi o'tkazildi va tahlil qilindi.
2022-yil noyabr oyida metod birlashma a'zolari hamkorligida o'quvchilarning darsliklar va o'quv qurollar bilan ta'minlanganligi o'rganib chiqildi.
Shu kunga atalgan devoriy ro'znoma chiqarildi unda ijodkor o'quvchilar ishlaridan namunalar qo'yildi. Fan oyligiga oid tadbirlar ishlab chiqildi va o'tkazildi.
2022-yil 3-10-17-24-dekabr kuni 5-6-7-8-sinflar o'rtasida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, “Temuriylar avlodimiz” va “Biz Alpomish farzandlari” deb nomlangan tadbirlar o'tkazildi. Tadbir barchaga manzur bo'ldi.
Yuqori sinflar o'rtasida tarix fanidan “Siz tarixni bilasizmi” intelektual musobaqa o'tkazildi. Tadbirida 1-2-3-o'rin sohiblari Faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Maktabda tarix fanidan 4 ta ochiq dars o'tkazildi. 2 tasi namunali dars, 2 tasi noan'anaviy dars deb topildi.
O'quvchilarning oy boshida bilim samaradorligi 70 % yakunida esa 75 % o'zlashtirilganligi aniqlandi.
Barcha qilingan ishlar, tadbirlar umumlashtirib Davlatobod tumani xalq ta’limi boshqarmasiga “Fan oyligi” o‘tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mitasiga topshirildi.
Maktab direktori: Yu.Boydedayeva
O‘IBDO‘: N.Aminov
MBR: K.Nirmatov
Download 12.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling