VI. YaKUNIY QOIDALAR
35. Ushbu Nizom, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
36. Mazkur Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar jamiyat Kuzatuv Kengashi, jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat ichki audit xizmati a’zolari, jamiyat ijroiya organi rahbarining taklifiga binoan kiritiladi.
37. Agar mazkur Nizomning ayrim moddalari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga va/yoki Jamiyat Ustaviga zid kelsa, ushbu moddalar o‘z kuchini yo‘qotadi va ushbu moddalar bilan tartibga solinadigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomga taalluqli o‘zgarishlar kiritilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun me’yorlariga va/yoki Jamiyat Ustaviga amal qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |