«olmazor kichik sanoat zonasi» aksiyadorlik jamiyati divident siyosati to‘G‘risidagi nizomi


IV. E’LON QILINGAN DIVIDENDLARNI TO‘LASh UChUN JAVOBGARLIK


Download 20.33 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi20.33 Kb.
#1410983
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.2.8-DIVIDENT-SIYoSATI-TO‘G‘RISIDAGI

IV. E’LON QILINGAN DIVIDENDLARNI TO‘LASh UChUN JAVOBGARLIK
26. Jamiyat har bir turdagi aksiyalar bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
27. Dividendlarni to‘lashda aksiyadorlarning hech biri to‘lov vaqtlari bo‘yicha afzalliklarga yega emas.
Jamiyat dividendlarni olish uchun aksiyadorlarning teng huquqlariga rioya qilgan holda oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘laydi. Shu bilan birga, agar natijada minoritar Aksiyadorlarga dividendlar to‘lash belgilangan muddatlarda ta’minlanmasa, Jamiyat yirik Aksiyadorga dividendlar to‘lashga haqli emas.
28. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat Aksiyadorlariga dividendlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgardir. Ijro etuvchi organning harakatlari ustidan nazorat jamiyatning Kuzatuv Kengashi tomonidan jamiyatning taftish komissiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
29. Hisoblangan dividendlar to‘lanishini ta’minlash maqsadida Kuzatuv Kengashi o‘z majlislarida dividendlar to‘lashning borishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi. Jamiyat ijroiya organining aybi bilan dividendlar to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Kuzatuv Kengashi aybdorlarning javobgarlik choralarini belgilaydi va tegishli sanksiyalar kiritadi yoki ularni joriy etishni boshlaydi.
30. Agar Jamiyat o‘z majburiyatlarini bajarmasa, aksiyadorlar sudda har bir turdagi aksiyalar bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashni talab qilishga haqlidir.
31. Dividendlar to‘g‘risidagi soliq summalarini ushlab qolish va o‘tkazish uchun jamiyatga yuklatilgan soliq agenti vazifalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun jamiyat o‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

V. AXBOROTNI OShKOR QILISh TARTIBI
32. Ushbu Nizom, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar tegishli qaror qabul qilingan Jamiyat boshqaruv organi yig‘ilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin o‘n kun ichida Jamiyat tomonidan Internetdagi korporativ veb-saytida e’lon qilinadi.
33. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilganda, Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moddiy faktlar to‘g‘risidagi hisobot shaklidagi ma’lumotlarni oshkor qiladi. Shu bilan birga, Jamiyat aksiyadorlarga ularga dividendlarni hisoblash to‘g‘risida elektron pochta orqali xabarnoma yuboradi.
34. Jamiyat dividendlar to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligi xaqidagi axborot, Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moddiy faktlar to‘g‘risida hisobot shaklida tegishli ma’lumotlarni oshkor qiladi.


Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling