Ushbu malakaviy ishlab –chiqarish amaliyoti davomida quyidagi vazifalarni bajardim.
1. Amaliyot o'taladigan korxonaning tashkiliy – huquqiy asoslari, uning faoliyat turlari bilan tanishdim.
2. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'rganib, ularning korxonada qo'llanilishiga baho berdim.
3. Korxonada tuzilayotgan buxgalteriya balansi turlari bilan tanishdim, uning moddalarini o'rgandimva shu orqali korxona moliyaviy holatini tahlil qildim.
4. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda buxgalteriya hisobining ishchi schotlar rejasi bilan tanishdim, ularni yuritish tartibini o'rgandim.
5. Amaliyotda buxgalteriya hisobi obyektlarini tan olish, baholash va kalkulyasiya qilish tartiblari bilan tanishdim.
6. Korxonalarda tuzilayotgan boshlang'ich va yig'ma hujjatlar bilan tanishdim, ularni tuzish va aylanish tartiblarini o'rgandim.
7. Korxonalarda inventarizasiyani tashkil etish va o'tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish tartiblarini o'rgandim.
8. Amaliyotda qo'llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish tartibi bilan tanishdim.
9. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda tuziladigan moliyaviy hisobotlar bilan tanishdim, ularni tuzish usul va uslublarini o'zlashtirdim.
10. Korxonalarda pul mablag'lari hisobini tashkil etish va yuritish tartibini o'rgandim.
11. Korxonalarda mehnat haqini hisob-kitob qilish shakllari va tartibini o'rgandim, xodimlar bilan ish haqi va boshqa operasiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni hisobga olish tartibi bilan tanishdim.
Malakaviy amaliyotning subyekti va obyekti:
Men “IK-420” guruh talabasi Asliyev Sarvar va “OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ ushbu malakaviy ishlab chiqarish amaliyotining subyeklarini tashkil etdik.
“OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyat yuridik shaxs hisoblanib, o’zining mustaqil balansiga, muhriga, shtampiga,statistik kodlariga va Qarshi sh. “Trastbank” XATB Qarshi filiali bankida asosiy 20208000900897748001 sonli hisob-kitob raqamiga ega. “OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ ning manzilgohi :Qashqadaryo viloyat Koson tumani Baraka massivi Chorbog’-2 MFY
Malakaviy amaliyotning obyekti esa korxonaning xo’jalik faoliyat tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |