Olmoshlar tarkibida sof turkiy so’zlar shoiraxon Turg’unboyeva Namangan viloyati Mingbuloq tumani xtb uslubchisi Tel:+998999716481 Ilmiy rahbar


Alarning ko’ngliga dunyo yugurdi… Sol emdi sen taomlar ichra og’u, Yegandin so’ng ular


Download 22.47 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1107758
1   2
Bog'liq
OLMOSHLAR TARKIBIDA SOF TURKIY SO

Alarning ko’ngliga dunyo yugurdi…
Sol emdi sen taomlar ichra og’u,
Yegandin so’ng ular bo’lg’ay ikov go’.
O’zlik olmoshining tarixiy shakli kendu/kentu bo’lib, keyinchalik o’z olmoshi qo’llanila boshlagan:
Anta kisra tangri bilig bartuk uchun o’zum-o’k qag’an qisdim (Shundan so’ng tangri bilim bergani uchun faqat o’zim xoqonni qo’lga oldim). Ban o’zim qatig’lantim (Man o’zim mustahkamlandim).
(To’nyuquq bitiktoshi)
Ushbu gaplarning birinchisida mustaqil, ikkinchi gapda kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosida qo’llangan.
Tevarakdagi narsa, mavjudotlarni ko’rsatish maqsadida bu, ul, ushbu o’shul, shul, u kabi olmoshlar qo’llangan. Bu olmoshlarning asosi birgina u tovushi bo’lib, so’zlovchi (Ban/man/, bu/mana bu), tinglovchi (sen, shu), o’zga shaxs (u/ o’sha)ga ishora qilib keladi:
Ol yolun yorisar,uncha tadim. (O’sha yo’l bilan yurilsa, ma’qul dedim).
(To’nyuquq bitiktoshi)
Yigirma kun o’lurup bu tasqa bu tamqa qop Yo’llug’ tigin bitidim. (Yigirma kun o;tirib, bu toshga, bu binoga to’liq Yo’llug’tigin bitdim).
(Kultegin bitiktoshi)
Ul shakli har xil vazifada kela oladi. Ya’ni ham kishilik olmoshi, ham ko’rsatish olmoshi ma’nosida. Kishilik olmoshi gapda ega yoki to’ldiruvchi bo’lib kelib, fe’lga bog’lanadi. Ko’rsatish olmoshi esa gapda aniqlovchi vazifasini bajarib, o’zidan ot kelishini talab qiladi.farqlang:
Ul bo’lub qal’a va’ziga boni,
Yana bir qal’aning nigahboni(kishilik olmoshi).
(Alisher Navoiy)
Ul kun suv labinda yotduq(ko’rsatish olmoshi).
(Bobur)
Har bir shaxs dunyoni anglash saodatiga ma’lum savollarga javob izlash orqali musharraf bo’lgan. Shu sababdan ham tilimizda so’roq olmoshlari talaygina. Qadimgi turkiy tilda “Nang” so’zi “nima” yoki “hech”ma’nolarini bildirgan. Shu o’rinda “To’nyuquq bitigi”ga murojaat etsak:
O’gra qitanda, biriya Tabg’achda, quriya Qurdanta, yiraya O’g’uzda aki uch bing sumuz, kaltachimiz barmu, nang ancha o’tuntum (Sharqda Qitandan, Janubda tabg’achdan, g’arbda Qurdandan,shimolda O’g’uzdan ikki –uch ming lashkarimiz bormidi, nima?)
(To’nyuquq bitiktoshi)
Xullas, VII-VIII asrlarda nima ? olmoshi o’rnida nang so’zi qo’llangan. Hozirgi o’zbek tilida a? mustaqil so’roq yuklamasi bo’lib, Namangan viloyati Mingbuloq tumani ayrim qishloqlari shevalarida “Ang” tarzida talaffuz etiladi. Demak, bu so’roq yuklama “nang” so’zining qisqargan shakli ekan.
Nang–ang–a?
Farroshdin so’rdi: bu to’shakni man kesib erdim, muni kim tuzatdi?
(Xoja)
Kim so’zi har doim ham so’roq olmoshi bo’lib kelmaydi. Bu shakl yuklama bo’lib ham kelishi mumkin:
Ko’ngli sori ishq bo’ldi moyil,
Kim yo’q manga bo’yla pok manzil.
(Ko’ngil ishq sari moyil bo’ldiki, menga bundan bo’lak pok manzil yo’q).
(Navoiy)
Ogahiyning “Ne ajab…” g’azalida ne van a so’roq olmoshlari uchraydi:
Ne ajab shikasta ko’ngul ishi tun-u kun fig’on ila noladur,
Ki, na g’am toshiki, falak otar anga lahza –lahza havoladur .
Ko’rinadiki , asrda ham ne, ham ,na bir qatorda ishlatilavergan ekan, Shuningdek nevchun ?, nek?, qayu?, qayda ?, lar ham amalda bo’lgan:
Chu o’lganda birdur bu iki mato,
Tiriklikda nevchun qilurlqr nizo .
(A. Navoiy “Saddi Iskandariy” dan)
Oh urib istab yuribman, jonajonim qaydasan?
Izlasam yo’qdir makoning, lomakonim qaydasan ?
(Mashrab “Qaydasan “ radifli g’azalidan )
Belgilash olmoshi ham bir necha olmoshlar orqali ifoda etilib, ulardan bir qismi turkiycha, bir qismi esa arab va fors –tojik tilidan o’zlashgan shakllardir. Barcha bori , borliq olmoshlaari sof turkiycha bo’lib bor so’zidan shakllangan:
Barchadin amon bir taraf tushdi .
Ul ikov Zavraqida sayr-u shtob .
( A. Navoiy “sab’aayi Sayyor “ dan )Yoki:
Yumdim ko’zimni sendan bo’lakdin ,
Kechdim baridin, Zindona bo’ldim .
(Mashrab “Bo’ldum”radifli g’azalidan :
Shuningdek qamug’ olmosho ham Turkiychadir:
Qamug’I bis o tuz suladimiz Uch yigirmai su ustimiz (hammasi bo’lib yigirma besh marttalab lashkar tortdikn. O’n uch marta jang qildik ).
Begim adling qamug’ olamga to'ldi yanglig’,
Quyosh yanglig’ sifoting jilva bo’ldi!
(Xo’jandiy)
Yuqoridagi birinchi misolda VIII asrga tegishli bo’lsa , ikkinchi misol esa XV asrda adabiyot yuzini ko’rgan asardan parchadir . Qamug’ olmoshi VIII asrdan – XV asrgacha iste’molda bo’lgan deb xulosalash mumkin.
Har so’ziga so’roq olmoshlari , bir so’zini qo’shish orqali ham belgilash olmoshini hosil qiladi va bu olmoshlar to’pdan ajratilgan shaxs , narsa, belgini ifodalab kelad. Ammo har so’zi sof turkey so’z emas. Eski turliy tilda har so’zi o’rnida tekma\tegma olmoshi iste’molda bo’lgan.. XIV-XV asrlarda fors-tojik tilining ta’siri kuchaygan va sof turkiycha bo’lgan quyidagi belgilash olmoshini siqib chiqargan:
Tekma(har) bir kun bir turli ilm bilan kurashur edi.
(Sayfi Saroyi)
So’zlovchining gumonini quyidagi olmoshlar ifodalab kelgan: kimsa, kim ersa, nimarsa, narsa, birov.
O’shul omonat qo’yg’an nimarsani bering deb…
(Xoja)
Men kibi yo’qdur aroda, mankub-u maxmuri aysh,
Kimsaga mandin ziyoda boda shafqat qilmangiz.
(Munis)
Bir kimarsa bo’lg’aymu, kemaning teshigini topib berkiygay?
(Rabg’uziy)

Qadimgi turkIy tildA nang, eski o’zbek tilida hech kim, hech nimarsa, hech kimarsa kabi olmoshlar bo’lishsizlik olmoshi sanalgan. Ammo hech so’zi fors-tojik tilidan o’zlashgan. Garchi nang bo’lishsizlik olmoshi eski o’zbek tilida va hozirgi o’zbek tilida qo’llanmagan bo’lsa-da, qadimgi turkiy tilda keng iste’molda bo’lgan:


Guvohi bo’lganimizdek, yuqorida qayd etilgan olmoshlar sof turkiy bo’lib, bir necha asrlardan buyon tarix chig’irig’idan omon chiqib kelayotgan birliklardir. Shu tufayli ulardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanishimiz, so’zning jozibasini saqlab qolgan holda kelajak avlodga yetkazishimiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to’plami. Toshkent. 1988.

  2. Qosimov Begali,To’xliyev Boqijon, Yo’ldoshev Qozoqboy. Adabiyot. T. 2004.





Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling