Dars turi: Noan’anaviy, yangi mavzuni bayon qilish.
Dars usuli: Aqliy hujum, Blits metodi, 5x6 metodi, o’yla izla top metodi, kim ko’p formula yozadi metodi.
Dars jihozi: Tezkor savol javob, Darslik, plakat, kompyuter, kondensator turlari, Krassvord, tarqatma materiallar.
Darsning borishi
I Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga kerakli jihozlarni darsga tayyorlash.
II O’tilgan mavzuni takrorlash. Tezkor savol javob
Elektr toki nima?
Tok kuchi deb nimaga aytiladi?
Tabiatdagi elektr hodisalarini tushuntirib bering.
Tok kuchi birligi nima?
Kulon qonunini tushuntirib bering.
Tabiatdagi elementar zarralar qaysi?
Eng sodda elektr zanjiri nimalardan iborat?
III Yangi mavzuning bayoni.
Kondensator va uning elektr sig'imi: Elektrotexnikada ko'p miqdordagi elektr zaryadlarini bir joyda to'plash muhim ahamiyatga ega.
Elektr zaryadlarini to'plash uchun mo'ljallangan asbob kondensator deb ataladi. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisoblanadi. Amalda o'tkazgichlari yassi shaklda bo'lgan kondensatorlar ko'p qo'llaniladi. Bunday kondensatorlar yassi kondensatorlar deyiladi. Yassi kondensator o'zaro parallel bo'lgan ikkita yassi o'tkazgichdan iborat. Bu yassi o'tkaz-gichlar kondensator qoplamalari deyiladi. Qoplamalar qarama-qarslii ishorali zaryadlar bilan zaryadlanadi. Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to'planadi. Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig'imidir. Elektr sig’imini hisoblashning asosiy formulasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |