Oltiariq tumanidagi 14-umumta’lim maktabining Fizika fani o’qituvchisi Yunusova Mahfuzaxonning


Download 46.61 Kb.
bet3/3
Sana03.06.2024
Hajmi46.61 Kb.
#1840990
1   2   3
Bog'liq
1 soatli dars ishlanma 8 sinf v

C=q / U.
Bunda, q-qoplamalarda to’plangan zaryad miqdori, U-qoplamalar orasidagi kuchlanish.
Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig'imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo'lgani uchun amalda uning ulushlari bo'lgan mikrofarad (μF) va pikofarad (pF) ko'proq qo'llaniladi.
Yassi kondensator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo'lsa, unda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash imkoniyati bo'ladi. Qoplamalari orasidagi masofa d qancha kicliik bo'lsa, kondensatorda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash mumkin. Bu demakki, yassi kondensatorning sig'imi qoplamalari yuzasiga to'g'ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya'ni:
С=ε∙ε0S/d


bunda: ε0= 8,85-10 12 C2/N*m2 - elektr doimiysi, S-qoplamalar orasidagi moddaning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun ε= 1, slyuda uchun ε = 6, shisha uchun ε = 7.
Elektrotexnikada turli xil kondensatorlar qo'llaniladi. Ulardan ayrimlari rasmda tasvirlangan. Elektr zanjirga ulangan kondensator sxemadagi rasmda ko'rsatilgandek belgilanadi.
Elektrotexnik jihozlarda o'zgaruvchan sig'imli kondensatorlardan ham foydalaniladi. Bunday kondensatorlarning islilash prinsipi qoplamalar bir-biriga nisbatan siljishiga asoslangan. Kondensator navbatma-navbat oralatib joylashtirilgan qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan metall qoplamalardan iborat bo'lib, qo'zg'aluvchan qoplamalar murvatga biriktirilgan. Murvat buralganda kondensatorning qo'zg'aluvchan qoplamalari qo'zg'almas qoplamalariga nisbatan siljiydi va qoplamalarning ustma-ust tushgan yuzalari o'zgaradi. Natijada kondensatorning sig'imi o'zgarib boradi.
Radioni tegishli to'lqinga sozlashda muruvvati buralib, o'zgaruvchan kondensatorining sig'imi o'zgartirib boriladi.


IV Yangi mavzuni mustahkamlash:
1 Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?
2 Kondensatorning elektr sig'imini qanday ifodalash mumkin?
3.Kondensatorlarning qanday xillarini bilasiz?

Masala yechish namunasi.




V .O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.


VI Uy vazifalari. O’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yakunida keltirilgan savollarga javob topish, tezkor savollar tuzib kelish.
Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling