Oltin bitiglar 2019 pdf


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/91
Sana04.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1691746
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
sh.amonov oltin bitigl 2020 1 2

98
Odina MAHKAMOVA


"رد یظفل یکرت رسکلاب و تسا یسراف ظفل حتفلاب نم"
Ya’ni, Man bi al-fatha forsiy ast, bi al-kasra turkiy lafzdur” 
[46 ,1909 نیدلا لاع نب هجوخ نیدلا حلاص]. Agar m va n undoshlari yonma-
yon turganda so‘zni “man” deb o‘qisak fors tilida, agar uni kasra 
harakat bilan “men” deb o‘qisak turkiy tildagi ma’nodoshi kelib 
chiqishi aytilmoqda. 
Asosiy matnga qo‘shimcha misralar
Ajoyib baytlar yaratgan Salohiddinxo‘ja o‘z asarining 
misralariga qo‘shimcha o‘xshash misralar ham yaratgan va ularni 
ham asar hoshiyasida aks ettirgan. Asosiy matn qora siyoh bilan 
yozilgan bo‘lsa, o‘xshash misralar qizil siyoh bilan yozilgan. Asarning 
muqaddima qismida berilgan:
چوپ ردساکوا زوس ردذیذل
چوا هلیا هقف یکیا تیآ رب ثیدح
Lazizdur so‘z o‘zgasidur puch,
Hadis bir oyat ikki fiqh bilan uch
[5 ,1909 نیدلا لاع نب هجوخ نیدلا حلاص].
baytiga o‘xshash quyidagi baytni hoshiyada shunday bayon qilgan:
چوک رودیساکزوا چوا زوس رودلثم
چوا هلیا کرت یکیا یسراف رب برع
“Mislidur so‘z uch o‘zgasizdir kuch
Arab bir forsiy ikki turk bilan uch”
[5 ,1909 نیدلا لاع نب هجوخ نیدلا حلاص].
Ya’ni, muallif o‘z lug‘atining muqaddima qismida asari 
haqida ma’lumot berar ekan, uni eng go‘zal hadis, fiqh, oyat tillarida 
yozganini aytib, ma’lumot beradi. Asar hoshiyasida esa ularning 
qaysi tillar ekani haqida bayon qiladi. Ular ota–bobolarimiz ijod 
qilib, o‘zining betakror, juda zaruriy, adabiy, ilmiy qiymatga ega 
bo‘lgan asarlarini yartagan arab va fors tillari hamda so‘z mulkining 
sultoni bo‘lgan Navoiy “qayta tiriltirgan” turkiy til ekanini bayon 
qiladi.
99
XIX asr oxiri XX asr boshlarida leksikografiya rivoji va unda “Lug‘oti salos”ning o‘rni



Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling