Oltin pul sifatida
So‘mning muomalaga kiritilishi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. So‘mlar qayerda zarb etiladi
- 5. So‘m dizayni va undagi shaharlar
- Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli
- Qiymatning umumiy shakli
3. So‘mning muomalaga kiritilishi
O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m- kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan. 4. So‘mlar qayerda zarb etiladi? 1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda. 5. So‘m dizayni va undagi shaharlar So‘m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e'tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me'moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan. 2. Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaytirilgan shakliga o’tilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi. Masalan, Sudanliklarda 10-15 bosh qo’y 10 Qop tuz 20-30 bosh echki 2 bosh buqaga ayirboshlangan. Bunda o’z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan tuz nisbiy qiymat shaklida, qolganlari , ya’ni qo’y, echki va buqa esa qiymatni o’zida ifoda etuvchi material bo’lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi. 3. Qiymatning umumiy shakli Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi. biror bir tovar sohibi ushbu tovarni o’zining iste’moliga zarur bo’lgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor o’zining tovariga ehtiyoji bo’lgan boshqa bir iste’molchini topmog’i kerak bo’ladi, ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va hamma tovarlar qiymatini o’zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Masalan: 1 qop bug’doy 10 kg choy 10 kg qaxva 10 bosh qo’y 0.5 tonna temir 2 unsiya (35.6 gramm) oltin Bunda umumiy ekvavalent vazifasini 10 bosh qo’y bajargan. 4. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling