O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi Samarqanddagi Registon ansambli


Download 204.69 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1460050
Bog'liq
O‘zbekistonning yеtti mo‘jizasi


O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi


  1. Samarqanddagi Registon ansambli



Samarqanddagi Registon ansambli


Registon maydoni O‘rta Osiyodagi eng mashxur maskan xisoblanadi. Uning markazida 3 madrasa: Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori me’moriy majmuasi joylashgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalgan. Hukumdor farmonlarinin tinglash uchun shahar aholisi maydonga yeg‘ilgan.




  1. Nukusda joylashgan Savitskiy nomidagi san’at muzeyi

Nukusda joylashgan Savitskiy nomidagi san’at muzeyi



Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi – respublikadagi yirik muzeylardan. Muzeyga Savitskiyning sa'y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san'ati, o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlarga ega.




  1. Toshkent teleminorasi


Toshkent teleminorasi


Ushbu teleminora Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrni tashkil etadi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitkazilgan. Toshkent teleminorasi 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.




  1. Xalqaro forumlar saroyi



Xalqaro forumlar saroyi


Amir Temur hiyobonining maydonida joylashgan Xalqaro forumlar saroyi, bugungi kunda O‘zbekistonning eng muhtasham binolaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Umumiy maydoni 33,7 ming kvadrat metr bo‘lgan bu saroyda davlatlar rahbarlarining uchrashuvlari, turli uchrashuv va tadbirlar, konferensiyalar o‘tkaziladi.




  1. Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi


Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi


Siz bilgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi Registonning markazida joylashgan bo‘lib, 1424-1428-yillar mobaynida qurilgan. Ulug‘bek asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi va shaharning shimoliy-sharqida rasadxona qurishga farmon beradi. Mirzo Ulug’bek rasadxonasi astranomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy ilmgoh. U yerda olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar tufayli 1018 ta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astranomik jadvali tuzildi. Shu davrda olib borilgan tadqiqotlar asosida matematika va astranomiya fanlariga oid ko’plab nodir asarlar yaratildi.




  1. Xivadagi qadimiy shahar — Ichan-Qal’a




Xivadagi qadimiy shahar — Ichan-Qal’a


Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Unga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari bo‘lmish madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan Ichan qal’ada joylashgan. Qadimda bu yerda xonlar yashagan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham shahar o‘z tarixi va go‘zalligini saqlab qolgan.




  1. Samarqanddagi Go‘ri-Amir maqbarasi


Samarqanddagi Go‘ri-Amir maqbarasi




Ushbu maqbara Amir Temur va Temuriylar avlodlari uchun bino qilingan. Rangbarang mazaykalar, och va to'q ko'k rangli g'ishtdan bunyod etilgan maqbara devorlari kishini hayratga soladi. Go‘ri-Amir maqbarasi quyosh nurida yorqin porlab, ajib ko'rinish kasb etadi.
Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling