Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
171-QXALTE Karimjanova Ambarjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karimjanova Ambarjon Ravshanovnaning “arxitektura tarixi” fanidan yozgan
- Reja
- Foydalanilgan adabiyotla
1
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TEXNIKA FAKULTETI QHALTE YO`NALISHI
Urganch davlat univerisiteti texnika fakulteti 171-QHALTE talabasi Karimjanova Ambarjon Ravshanovnaning “arxitektura tarixi” fanidan yozgan
Mavzu: Toshkentning oshxona-fabrikalari, turmush umumlashtirilishadagi yutuqlar va kamchiliklar.
Urganch 2020 - yil 2
Reja:
2.Toshkentning oshxona-fabrikalari haqida ma'lumot 3.Turmush umumlashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar 4.Foydalanilgan adabiyotlar
3
Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana ko‘plab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan binolar ichida Xalqaro forumlar saroyi shubhasiz Toshkentda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarning eng mahobatli va ulug‘vor ko‘rinishlaridan biridir. Binoning tashqarisiga nazar tashlasak, umuman olganda, u zamonaviy ruhda bajarilgan. Ammo oq marmardan ishlangan an’anaviy shakldagi ustunlar, binoning karnizidagi sharafa, yog‘och o‘ymakorlik eshiklar, turli milliy uslubdagi dekorlar an’anaviy me’morchiligimiz bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
“Yoshlar ijod markazi” binosi tarzlari zamonaviy minimalizm uslubida hal qilingan. Asosiy tarzning katta yuzasini oq devorlarga kontrast holda to‘q tus berilgan oynalar egallagan. Ammo bu tarzdagi asosiy kirish oldida milliy arxitekturaga xos bo‘lgan ustunli peshtoq tashkil qilingan. Ustunlar shaklan ko‘proq zamonaviy, dekorativ elementlar deyarli ishlatilmagan.
4
Bino karnizida elementlari yiriklashtirilgan sharafa tarzga o‘ziga xos shakl bergan.
Eski Juvada qad ko‘targan “Liboslar galereyasi” tarzlari, an’anaviy jamoat binolaridagi kabi, suvalmagan va yuqori qismi moviy gumbaz bilan yakun topgan. Binoni tashqi ko‘rinishi sarg‘imtir g‘ishtli devor, oq rangli sharafa va moviy rang gumbazning kompozitsion birligi vositasida xal qilingan. Asosiy tarzda katta yuzani zamonaviy arxitekturaga xos bo‘lgan vitrajlar egallagan. Binoning asosiy kirish qismidagi ikkita yog‘och o‘ymakorlik ustunlari bu bino arxitekturasini uning orqasida joylashgan eski “Laylakli” masjid arxitekturasiga yanada yaqinlashtiradi. Ammo ustunlarni yog‘ochdan emas toshdan ishlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
5
Umuman olganda, “Liboslar galereyasi” eski shaxar tarixiy zonasida zamonaviy binolar arxitekturaviy dizayni yechimi qay tarzda bo‘lishiga misol bo‘la oladi. Poytaxtimizdagi yana bir diqqatga sazovor jamoat binolaridan biri bu yaqin o‘tmishda Toshkent shahar hokimiyati bo‘lgan hozirgi paytda Respublika Xalq banki boshqaruvi binosidir.
Ushbu binoda an’anaviy dekorativ ornament elementlari ko‘p qo‘llanilgan bo‘lib, buni ayniqsa binoning bosh tarz qismida ko‘rish mumkin. Bosh tarzning markaz qismida islimiy naqsh bilan bezalgan peshtoq binoning arxitekturaviy obrazini to‘la ifoda etishga yordam bergan. Peshtoqdagi naqshlarda, karnizdagi sharafalarda asosan bitta oq rang qo‘llanilgan. Bu tamoyil zamonaviy arxitekturaga xos va mana shu bino arxitekturasi mustaqillik yillari me’morchiligida o‘ziga xos yo‘nalish ochib berdi. “O‘zbekiston milliy akademik drama teatri” binosining qayta ta’mirlanishi 2001 yil 30 avgustda bitdi. Qayta ta’mirlash loyihasini “Tashgiprogor” instituti bajargan, bino uch qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatda vestibyul, ikkinchi va uchinchi qavatlarda esa teatr tarixiga oid muzey joylashgan. Tomosha zali 540 o‘rinli. Binoning tashqi qiyofasi an’anaviy me’morchiligimizning zamonaviy talqini ko‘rinishida ishlangan.
6
Marmar toshdan naqshinkor qilib ishlangan ustunlar, bino karniz qismidagi ornamentlar, serjilo oynalar, yog‘och o‘ymakorligi uslubida ishlangan kirish eshiklar va bino tepasidagi moviy gumbaz teatr tarziga betakror chiroy baxsh etib turibdi. Teatr binosi ichki interyeri ham tashqi ko‘rinishidan qolishmaydi. Vestibyul shiftidagi gumbazning ichki qismiga ganch o‘ymakor ustalari tomonidan mohirona tarzda o‘zgacha jilo berilgan. Asosiy tomosha zali shiftidagi sferik gumbaz ichida moviy osmon tasvirlangan. Devorlar bezagida turli ornamentlarimizdan foydalanilgan. Xulosa qilib aytganda, yurtimizda qad ko‘tarayotgan ko‘p jamoat binolarda an’anaviy me’morchilik ornamentlari, uslublari qo‘llanib qyelmoqda. Me’morlar nafaqat interyer, balki tarz yechimlarida xam ganch, yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, girix va islimiy kompozitsiyalarga ijodiy yondoshib zamonaviy va shu bilan birga yetuk arxitekturaviy-badiiy obrazga ega binolar yaratishmoqda.
Murad Buildings Oʻzbekiston qurilish kompaniyasining bergan maʼlumotiga qaraganda, Markaziy Osiyodagi eng yuqori – 215 metr osmonga qarab boʻy choʻzgan 51 qavatli “Tashkent City”ning osmonoʻpar binosi zilzilaga chidamli boʻlib, uning asosi – fundamenti 20 metr chuqurlikda kovlangan. Ob-havo yaxshi boʻlgan kunlari binoning yuqori qavatlaridan turib Chimyon togʻlarini xuddi kaftingizda turgandek koʻrishingiz mumkin. “Tashkent City” qurilishi 2021-yilga moʻljallangan. Hayron boʻlasan kishi. Qanday qilib tarixi, ilm-fani, madaniyati koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan Singapur, Shanxay, Dubay kabi yangi shahar-davlatlar bir avlod umri mobaynida dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlariga aylanib olmoqda.
7
Butun dunyo sayyohlari ham oylik, yillik daromadlarini toʻplab, ana shu davlatlarga sayohatga borib, soʻnggi yillarda qurib foydalanishga topshirilgan gʻaroyib moʻjiza binolarni tomosha qilishga, dam olib, hordiq chiqarishga oshiqmoqda. Ularning turizmini rivojlantirmoqda.
Aytish joiz, insonning aqli, xayoli, rejasi, fantaziyasini cheklab ham, chegaralab ham boʻlmas ekan. Azaldan va mohiyatan inson ana shunday yaratilgan. Bugun kechagidan, ertaga bugungidan, indinga esa yana ham yaxshi yashashni istaydi u. Jahonni qoyil qoldira oladigan ota-bobolarimizdan bebaho meros boʻlib qolgan ajoyib fazilatlarimizni namoyon etish maqsadida targʻibot-tashviqot, hozirgi til bilan aytganda, promoushn, reklama qilish vaqti ham keldi. Axir butun dunyo aholisi jon-jon deb kiyadigan, dunyoning turli mintaqalarida hamon shaharma- shahar, doʻkonma-doʻkon qidirib topib boʻlmaydigan kiyimlar tayyorlanadigan xom ashyolar: paxta, ipak, jun va ulardan tayyorlangan atlas, adras, banoras, gilam, mazasi tilni yoradigan qovun, tarvuz, oʻrik, uzum, qulupnoy, gilos – bularning barchasi bizda, faqat bizda yetishtiriladi-ku! Oʻzbekiston poytaxtining maydoni 337 kvadrat kilometrga teng. Shaharda uchta aeroport, ikkita temir yoʻl vokzali, Markaziy Osiyodagi yagona metropoliten aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi Toshkent Sharqning goʻzal poytaxtlaridan biriga 8
aylanmoqda. Uning koʻchalari tong sahardan suv sepish mashinalari bilan yuvib, supirib-sidirib ozoda holga keltirilayapti. Toshkentda yoz issiq boʻlganligi sabab erta tongdanoq uning koʻplab yangi baland favvoralari shahar havosini namlab chor- atrofga ajoyib va g`aroyib suvni go`zal qilib purkay boshlaydi.
Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Tashkent City” biznes markazi oʻzimizning – ichki va chet ellik tadbirkor, biznesmen, turistlarni ular uy sotib olmoqchi-mi, buyum xarid qilmoqchi-mi yoki ishdan charchagandan soʻng dam olib hordiq chiqarmoqchimi, barcha-barchani oʻz bagʻriga chorlamoqda.
9
5 may kuni Toshkentning qoq markazida yangi ovqatlanish majmuasi – “AZURA PARK” o‘z ishini boshladi. Mazkur kafening tantanali ochilish marosimida barcha mehmonlarga o‘zbek milliy taomlarining “qiroli” bo‘lmish palov oshi tarqatildi. Shuningdek, 20dan ortiq orkestr milliy cholg‘u ansambli ijrosida durdona asarlar yangradi. Kafega tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida esa qiziqarli tanlov o‘tkazildi. Shartga ko‘ra, mehmonlar orasida eng chiroyli raqsga tushgan qizlarning uch nafari tanlab olindi.
Bu maskan bejizga AZURA PARK deb nomlanmaydi. Sababi, siz kafeda o‘zingiz istagan menyuni, shirinliklarni topib, vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz uchun barcha sharoitlar muhayyo. Kafening yana bir afzal jihati – ochiq havo qo‘ynida tamaddi qilishni xush ko‘ruvchilar uchun favvoralar yonida tashqi oshxona ham mavjud.
10
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling