Oltin va kumush
Download 131.43 Kb.
|
Oltin va kumush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin yoki tilla
Oltin va kumushOltin yoki tilla - unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lotincha: aurum - „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).
Oltin (Aurum), Au — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallardan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.
Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Rossiya Federatsiyasida (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud
Download 131.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling