Oltin va kumush
Download 131.43 Kb.
|
Oltin va kumush
Kumush (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. Kumush qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. Kumushning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza Kumush chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 960,5°, qaynash temperaturasi 2212°. Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,7. Kumush yumshoq, choʻziluvchan boʻlganidan mexanik ishlovi oson
Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Lekin galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi (qarang Kumush galogenidlar). Koʻpgiva metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kumush birikmalarida, asosan, 1 valentli, baʼzan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. Kumushning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. Kumushning 3 ta oksidi maʼlum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa oʻta beqaror boʻlib, sof holda ajratib olinmagan.
Download 131.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling