Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida


Download 48.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2023
Hajmi48.85 Kb.
#1732875
Bog'liq
Oltin-valyuta zaxiralari - Vikipediya (1)



Oltin-valyuta
zaxiralari
Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning
markaziy emissiya banki yoki xazinasida
quyma (yombi) va tanga shaklida
toʻplangan markazlashgan oltin rezerv
fondi. O.-v.z.ga hukumat va markaziy
banklarga tegishli boʻlgan oltin quymalari
va oltin tan-galar, xorijiy bank hisob
raqamlaridagi valyuta mablaglari, xorijiy
mamlakatlar banknotlari, tangalari va
davlat qimmatli qogʻozlari, shuningdek,


Xalqaro valyuta fondi (XVF)dagi rezerv
pozitsiyalari kiradi.
O.-v.z. mamlakatning pul birligini
mustahkamlash, uni barkaror ushlab
turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini
zaruriy valyuta mablagʻlari bilan
taʼminlash maqsadida shakllantiriladi.
Markaziy bank va boshqa moliya intlari
tomonidan saqlanadigan O.-v.z. hajmi
xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit
hamda moliyaviy institutlarning xorijiy
bank hisob raqamlaridagi xalqaro
toʻlovlar uchun moʻljallangan mablagʻlari
hisobidan toʻldirib boriladi. O.-v.z.ni
shakllantirishda erkin muomaladagi, yaʼni


boshqa valyutalarga toʻsiklarsiz
ayirboshlash mum-kin boʻlgan valyutalar
ham muhim oʻrin tutadi. Oltin (quyma va
tanga koʻrinishida) yuqori likvidlikka ega
boʻlgan xalqaro mablagʻlar orasida
muhim ahamiyatga egaligini saklab
kelmoqda.
XVFga aʼzo mamlakatlar oʻzlarining O.-
v.z.ga XVFdan erkin talab qilib olish
mumkin boʻlgan valyuta qoldiqlarini
kiritib borishga alohida eʼtibor beradi.
Ushbu mablagʻdan XVF kapitaliga
oltindan berilishi lozim boʻlgan toʻlov
kvotasini oʻtkazib berishda foydalaniladi.
1970-yildan boshlab esa ushbu toʻlov
kvotasini har bir davlat uchun


belgilangan biror fond valyutasida toʻlash
huquqlari joriy etildi.
O.-v.z. xalqaro mablagʻlarining zaxira
fondi vazifasini bajaradi qamda toʻlov
balansi taqchilligini qoplash va valyuta
bozorida milliy valyuta kursini ushlab
turish maqsadida intervensiya qilish
uchun foydalaniladi. Uning optimal
qiymati tashqi likvidlikni, yaʼni
mamlakatning xorijiy mamlakatlarga
boʻlgan toʻlovlarini oʻz vaqtida, uzluksiz
taʼminlash uchun yetarli boʻlmogʻi lozim.
O.-v.z.ning kamayishi mamlakatning
valyuta siyosati salbiy ekanligidan dalolat
beradi.


Oʻzbekistonda soʻnggi 5—6 yil davo-mida
O.-v.z.ning hajmi mamlakatning 5 oylik
import hajmini qoplay olish darajasida
saqlanib kelin-moqda. Xalqaro tajribaga
muvofiq, mamlakatning O.-v.z.ning hajmi
maz-kur mamlakatning 3 oylik import haj-
midan kam boʻlmasligi lozim (yana
qarang 
Valyuta rezervlari
).
Fayzulla Mullajonov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar

Download 48.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling