Omborxonalarga zarar etkazuvchi kanalar biologiyasi va ularga qarshi kurash Choralari. Kirish Asosiy qism
Download 93.11 Kb.
|
OMBORXONALARGA ZARAR ETKAZUVChI KANALAR BIOLOGIYaSI VA ULARGA QARShI KURASh ChORALARI.
Gamazoidlar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz kanalaridan
farq qilib, ular juda mayda, tanasining uzunligi 0,2 mm dan 4 mm gacha keladi. Gamaz kanalar katta oilasiga 30 ga yaqin oilalar, 300 dan ortiq avlodlar va 5000 ga yaqin tur kiradi. Bu kanalar orasida erkin yashaydiganlari va parazit turlari ham bor. MDH da 700 ta turi uchraydi, shulardan 200 dan ortiq turi odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. O’zbekistonda gamaz kanalarinig 11 ta turi aniqlangan. Gamaz kanalari tuxum qo’yib ko’payadi, ammo tirik tug’diganlari ham bor. Tuxumdan chiqqan 6 oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan keyin imagoga aylanadi. Gamazoidlarning ko’pchiligi yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Ular tuproqda, o’rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda yashaydi. Ular kemiruvchilar, hasharotxo’rlar, mayda yirtqichlar,parrandalar va sudralib yuruvchilarda ektoparazitlik qilib qon so’radi. Ayrim turlari esa tovuqlarning o’pkasida,burun bo’shlig’ida, morj, tyulen va boshqa kurakoyoqli sutemizuvchilar, it va maymunlarning bronxlarida hamda qoramollarning tashqi quloq suprasidaparazitlik qiladi. Ayrim turlari odamlarning qonini so’rishga moslashgan. Gamazidlar katta oilasi orasida odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan turlari asosan, dermanizzidlar (Dermanyssidae) oilasida ko’plab uchraydi. Epidemiologik va epizootologik ihatdan tovuq kanasi (Dermanyssus gallinea), sichqon kanasi (Allodermanyssus sanguineus), kalamush kanasi (Ornitonyssus bacoti), asalarilarda parazitlik qiladigan Varroa yakobsonikanasi (Varroa jacobsoni) muhim ahamiyatga ega. Tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinea) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda qon so’rib parazitlik qiladi. Asosan, tovuqxonalarda, kaptarlarning uyalarida va uy qushlari kataklarida yashaydi. Urg’ochilari har gal qon so’rib to’ygandan keyin tovuqxona devorlariga va pollari yorig’iga, qushlar uyasiga10-12 tagacha tuxum quyadi. O’simliklarni o’rgimchakkanadan samarali himoya qilish uchun albatta bir qator tadbir-choralari, hamda usul-vositalarni ishlatishga to’g’ri keladi. Bular: tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, oldini olish, selekstion (bardoshli navlarni barpo qilish), biologik hamda kimyoviy usullardan iboratdir. Agrotexnik yoki oldini olish tadbirlaridan eng muhimi – o’rgimchakkanani muvaffaqiyatli qishlab chiqishini cheklashdan iborat. Bu degani shuki, kuzda daladan organik o’simlik qoldiqlarini olib chiqib tashlab yerni albatta sifatli shudgorlash. Faqat shundagina dalada o’rgimchakkana qirilib ketganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. 2.Bu borada, kuzda (oktyabr) g’o’za qator oralariga g’alla (bug’doy) sepib o’stirish usuli (g’o’zapoyalarini saqlanib qolishi, hamda yer shudgorlanmasligi evaziga) talabga javob bermasligini va ko’pgina zararkunandalarni muvaffaqiyatli qishlab chiqishiga sababchi bo’layotganligini ta’kidlab o’tish darkor. 3.May-iyunning boshida tu novdalari kesib olinganidan keyin, o’rgimchakkana tarqalgan yerlarda bu zararkunandani ham bir yo’la zahiralarini keskin kamaytirish uchun oldini olish ishlovini o’tkazish. Bu maqsada eng avval ichdan ta’sir qilish qobiliyatiga ega: BI-58 (danadim, rogor) – 1,5-2 l/ga, yokizolon (fozalon, benzofosfat) – 2,0 l/ga, yokistiperfos (nurell-D) – 1,0 l/ga ishlatgan ma’qul. Buning uchun uvatlardagi begona o’t va tutlarni OVX traktor purkagichi yordamida ikki taraflama ishlash talab etiladi. Uvatlar umumiy dalaning o’rtacha 10%-ni tashkil etadi. Bu demaki, o’n marta qisqartirilgan ishlov berib, daladagi ekinni kamida 1 marta yoppasiga ishlovdan saqlab qolinadi. Aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin joylashgan dala atroflarini oltingugurtli 0,5-10-liISO bilan ishlagan ma’qul. Bunda faqat o’rgimchak kanaga qarshi 55-60% samara olinadi. 4.Ekinlar nihollik davridan boshlab, daraxtlar va uzum esa barg yoza boshlaganidan keyin muntazam ravishda zararkunanda va foydali hasharotlar nufuzi tekshirilib boriladi. Odatda o’rgimchakkana dala chetlaridagi o’simliklarda uya hosil qiladi. Shuning uchun ularni qo’l apparatlari yordamida ishlab tarqab ketishining oldi olinadi. Bunda 2-ta narsaga ahamiyat berish lozim. Birinchidan, entomofaglarning zararkunandalarga nisbati 1:10-15 dan baland bo’lsa – bu samarani etarli bo’lmasligini va oldini olish ishlovini o’tkazishlozimligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, bu maqsadda (may, iyunoylarida) nissoran, zum, ortus, flumayt kabi o’rgimchakkana nufuzini pasaytirib yuboradigan akaristidlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 5.O’simliklar (daraxtlar) o’sish davrida o’rgimchakkanaga qarshi kimyoviy kurash olib borish maqsadida juda ko’p dorilar tavsiya etilgan. Kimyoviy hususiyatlariga ko’ra, bularni akaristid-insektistid (ya’ni, ham o’rgim-chakkanalarga va ham hasharotlarga ta’sir etuvchi) va ixtisoslashgan akaristidlarga (ya’ni faqat o’rgimchakkanalarga qarshi samaraga ega) bo’lish mumkin. Boshqa ekinlarni himoya qilish uchun ruhsat etilgan – etilmaganligini bilish uchun maxsus ro’yxatga murojat qilsa bo’ladi. Amaldagi nizomga ko’ra, zararlangan o’simliklarning har 100 ta bargida 150 ta va undan ko’proq o’rgimchakkana topilganda yoki o’rtacha har 100 ta barg hisobiga 60-80 ta kana to’g’ri kelganda dorilashni boshlab yuborish kerak. Bunda birinchisiga qaraganda ikkinchi hisobga olish usuli eng maqbul hisoblanadi. Akaristidlardan eng yuqori samara olish, hamda o’rgimchak kana populyastiyalarida chidamlilik (bardoshlilik) vujudga kelishini oldini olish maqsadida, dorilarni quyidagi tizimda ishlatish tavsiya etiladi. 1.Odatda may-iyun oylarida g’o’zaga o’rgimchakkanadan tashqari, o’simlik shiralari va trips tushishi sababli, birinchi dorilashda danadim, fozalon, politrin-K kabi kompleks, hamda ichdan ta’sir qiladigan preparatlarning biri ishlatilishi lozim. 2. Kanaga qarshi ikkinchi dorilashda spestifik akaristidlardan: nissoran, zum, ortus, flumayt, yokineoron, omayt va boshqalardan biri ishlatiladi. 3. Uchinchi va zarurat tug’ilganida undan keyingi dorilashlarda, oltingugurtli preparatdan: kalloidli oltingugurt yoki ohak aralashtirilgan oltingugurt kukuni, yo bo’lmasa, ohak-oltingugurt qaynatmasi (OOQ) ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, preparatlarning samarali ta’sir qilishi ko’p jihatdan g’o’zaning holatiga bog’liq. Ser nam yerdagi o’simliklar «chanqoq»lariga qaraganda zaharli dorilarni o’zlashtirib to’qimalaridan yaxshi o’tkazadi va zararkunandalar uchun zaharli bo’lib qoladi. Aholi yashaydigan qishloqlar yaqinidagi ekinzorlarni issiqqonli hayvonlar va odam uchun uncha zaharli bo’lmagan dorilar bilan (traktor apparatlari yordamida) dorilanadi. 1. Pomidor va kartoshka ekinlarini o’zaro uzoqroq masofada joylashtirib ekish. 2. O’simliklarni bardoshli, ya’ni baquvvat qilib o’stirish; ulardagi boshqa zararkunandalarga (shira, kolorado qo’ng’izi) qarshi o’z vaqtida kurash olib borish; hosil yig’ishtirilganidan keyin, albatta, o’simlik qoldiqlarini daladan olib chiqib tashlab yerni shudgorlab, qishda yahob suvini berish. 3.Kimyoviy kurash sifatida quyidagi akaristidlardan foydalanish mumkin: oltingugurt kukunini changitish (15 kg/ga), karate – 0,3 l/ga, talstar – 0,5 l/ga, neoron - 1 l/ga, mitak – 2 l/ga, omayt – 1,5 l/ga. Tok kanasi ko’proq yerda yotgan uzumlarni zararlagani uchun, tok poyasini ishkomlarga ko’targan ma’qul.Kimyoviy kurash yaxshi samara beradi. Buning uchun, eng oddiysi oltingugurt kukunini un-shudring kasaliga qarshi changlab turilsa-bu tok kanasini ham qirib turadi. Mahsus akaristidlardan: omayt (0,15%-lik), neoron (0,1%) ishlatsa ham bo’ladi. Download 93.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling