Omixta xom-ashyolari, kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi hamda xossalari bilan tanishish. Shisha omixtasini xisoblash


Download 42.61 Kb.
bet1/2
Sana19.12.2021
Hajmi42.61 Kb.
#182002
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashg'ulot


1-amaliy mashg’ulot

Omixta xom-ashyolari, kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi hamda xossalari bilan tanishish. SHisha omixtasini xisoblash.

Tayanch so’zlar va iboralar Xom-ashyo materiallari, shisha, asosiy va yordamchi xom-ashyolar, omixta, bo’yoqlar, bo’g’uvchilar, rang yo’qotuvchilar, kvarts qumi, dala shpati, dolomit, fosforit, tuproq, ohak, bo’r, glinozyom.

Nazariy qism

SHisha sanoati uchun turli xom-ashyo materiallari ishlatiladi. Bu materiallar 2 guruhga, ya’ni asosiy va yordamchi materiallarga bo’linadi.

Asosiy yoki shisha hosil qiluvchi xom-ashyolar deb, kislota, ishqoriy va ishqoriy yer oksidlarni shisha massasi tarkibiga kirituvchi materiallarga aytiladi.

Asosiy materiallarda SiO2, Al2O3, MgO, Na2SO3, Li2O, SaO, V2O3 va boshqalar mavjud bo’lib, bular shishani asosiy qismini hosil qiladi va xossalarini aniqlaydi.

Yordamchi materiallar deb, shisha xossalarini, sifatini yaxshilovchi va shisha hosil bo’lish jarayonini tezlatuvchi materiallarga aytiladi. Bu materiallarga bo’yoqlar, bo’g’uvchilar, rang yo’qotuvchilar va boshqalar kiradi.

SHisha ishlab chiqarishda tabiiy va sun’iy materiallardan foydalinaladi. Tabiiy xom-ashyolarga kvarts qumi, dala shpati, dolomit, fosforit, tuproq, ohak, bo’r va boshqa materiallar misol bo’la oladi. Sun’iy materiallarga esa soda, surik, potash, bo’yoqlar va boshqalar kiradi.

SHisha ishlab chiqarishda shixta tarkibiga SiO2 qirg’azish uchun kvarts qumi va chiqindilari, Al2O3 shixta tarkibiga glinozyom, dala shpatlar orqali, MgO va SaO – dolomit MgCa(CO3)2 orqali, SaO – oxaktosh, bo’r orqali, Na2SO3 - texnik soda, K2O – potash K2SO3 , Li2O – litiy karbonati Li 2SO3, V2O3 – bura yoki bor kislotasi N2VO3; qurg’oshin surigi Rb3O4 orqali kiritilsa


Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling