Ommalashtirish uz ish tajribalarni ommalashtirish tartibi


Download 21.66 Kb.
Sana02.03.2023
Hajmi21.66 Kb.
#1243398
Bog'liq
Hujjat (2)


Перейти к контенту

ommalashtirish.uz ish tajribalarni ommalashtirish tartibi


O'qituvchilar uchun

⚡️Ish tajribalarni ommalashtirish endi quyidagicha bo’ladi.


www.ommalashtirish.uz platformasi orqali
O’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali quyidagicha amalga oshiriladi.
Bunda, talabgor maxsus platformada oʻziga shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida toʻgʻridan- to’g’ri elektron shaklda joylashtiradi.
Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun Metod birlashmaga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi
Metod birlashma talabgorning murojaatiga muvofiq, metodik ishini birlashmaga a’zo o’qituvchilar bilan birga ko’rib chiqadi hamda zarur holda dars jarayonida sinovdan o’tkazadi.
Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. (talabgorning metodik ishi qo’yilgan talabga javob bermasa yoki innovatsion yangiliklar joriyqilinmagan bo’lib salbiy xulosa berilsa, ushbu metodik ish asoslantirilib talabgorga qaytariladi).
Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish bo’yicha qaror qabul qiladi o’qituvchilarning maxsus platformasiga joylashtiriladigan ilg’or metodik ishi ta’lim muassasasi metod birlashma tavsiyasi asosida pedagogika kengashida koʻrib chiqilib, ommalashtirishga tavsiya etilgan bo’lishi lozim
Talabgor ilg’or ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat), respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim:
talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta’lim muassasasi miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to’g’risida pedagogika kengashi qarorining elektron (pdf) nusxasi;
ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nusxasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi.
Yuboriladigan materiallar uch xil yo’nalishda bo’lishi mumkin:
birinchi yoʻnalish: O’quv metodik qo’llanmalar (o’quv metodik qo’llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi);
ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg’or interfaol metodlar bilan o’tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to’garak mashg’uloti ishlanmasi);
uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg’ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo’lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik).
Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo’lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko’rilmasdan qoldiriladi.
ilg’or metodik ishlarni yuborish muddatlari:
birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha;
ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha;
uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha;
to’rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg’or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I. Buyruqning to’liq matni
Mavzuga doir:
Ommalashtirish bo’yicha yangi tartib qabul qilindi
Ommalashtirishga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yhati
Metodik xizmat ko’rsatish bo’yicha muhim buyruq qabul qilindi.
Respublika va viloyat miqyosida ilg’or tajribalarni ommalashtirishga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yhati.
1. O’qituvchining A4 farmatda rasmi
2. Tarjimai hol.
3. Tavsifnoma.
4. Ob’ektivka.
5. Texnologik xarita.
6. Tavsiyanoma.(Maktab rahbaridan)
7. Maktab metodika markazi bayoni qarori.
8. Diplom (sertifikat)nusxalari.
9. Ilg’or tajriba shakli va mazmuni.
10. Taqriz 3ta (Metodist, malaka oshirish instituti,o’qituvchi)
11. Dars ishlanmalaridan namunalar. 5 dars ishlanma
12. Tadbir ishlanmalaridan namunalar. 3 ishlanma
13. Olib borgan faoliyatlari bo’yicha rasm( Foto 10dan ziyod)
14. To’garak faoliyati bo’yicha ishlanmalar.3 ishlanma
15. No’ananaviy ko’rgazma qurollaridan namunalar.
16. Ochiq dars videodiski. 5dars
17. Ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar nusxasi kamida 5 ta


Ma’lumki, pedagog xodimlarga ustama tayinlashda ularning ish tajribasi ommalashtirilganiga ham alohida e’tibor qaratiladi. 

Ommalashtirish bu televediniya orqali intervyu berish, gazeta yoki jurnalga maqola yozib chiqish, yohud qandaydir norasmiy telegram kanallar orqali sertifikatlar olish degani emas. Bu mutlaqo boshqa jarayon. Ish tajribani ommalashtirishda bir qancha hujjatlarni rasmiylashtirish talab etiladi.

Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlari quyidagi bosqichlar ketma-ketligida amalga oshiriladi:

👉Maktab miqyosida;
👉Tuman (shahar) miqyosida;
👉Viloyat miqyosida;
👉Respublika miqyosida.

🔰Maktab miqyosida ommalashtirish:

Ilg‘or ish tajriba maktab fan metod birlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil qilinadi, umumlashtirilib pedagogika kengashining qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi. 

Tuman miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalari tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim, etiladi.

🔰Tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish:

Ilg‘or ish tajriba tuman (shahar)larda tashkil etilgan tayanch maktablari negizida 3 (uch) oy davomida o‘rganib chiqiladi va aprobatsiyadan o‘tkaziladi. Tayanch maktabidan olingan xulosa asosida Metodik kengash muhokamasida ko‘rib chiqiladi va tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Viloyat miqyosida ommalashtirish uchun Metod kengash qarori, o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar haqida ma’lumot, tayyorlangan tavsiyalari va xalq ta’limi bo‘limi mudirining taqdimnomasi viloyat xalq ta’lim boshqarmasiga taqdim etiladi.

🔰Viloyat miqyosida ommalashtirish:

Viloyat miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etilgan ish tajribalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi o‘quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan ikki oy muddat ichida seminar, ochiq dars, taqdimot orqali o‘rganib chiqiladi va o‘quv-metodika kengash qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi.

Respublika miqyosida ommalashtirish uchun o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, ilg‘or ish tajribalari haqida ma’lumot, tayyorlagan tavsiyalari hamda o‘quv-metodika kengashi qaroridan ko‘chirma asosida hududiy xalq ta’limi boshqaruv organining rasmiy xati orqali Respublika ta’lim markaziga taqdim etiladi.

🔰Respublika miqyosida ommalashtirish:

Respublika ta’lim markaziga taqdim etilgan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha metodistlar tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda 1 chorak (uch oy) davomida o‘rganiladi. O’rganilgan ish tajribalar fan yo‘nalishidagi Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va IMK qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisini aniqlash yo‘nalishida o‘tkaziladigan Respublika miqyosidagi tanlov g‘oliblari, final ishtirokchilari hamda onlayn darslarda ishtirok etib, Respublika darajasida 20 va undan ortiq onlayn dars o‘tgan o‘qituvchilaming ilg‘or ish tajribalari Respublikada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommalashtiriladi.

Manba: 👉Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov




Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar 5 yil muddatga amal qiladi

“Ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish” ning yangi tasdiqlangan tartibiga koʻra, ilk bor ommalashtirilgan ishlar uchun muddat belgilandi.

Unga koʻra, ilgʻor ish tajribalar Respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 (besh) yil muddatdan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling