Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari


Download 120.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.01.2024
Hajmi120.28 Kb.
#1831958
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tKOyxvgpcOjaHloHfGRlhPaX6RWta4e5DsVDNDOa

Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan
ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma
gaplar tarkibida ishlatiladi.
Masalan: Talabaning majburiyatlari:
1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish;
2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar.


Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi:

matn
tarkibida
izohlanayotgan,
sanalayotgan
bo‘laklardan
oldingi
umumlashtiruvchi «quyidagilar»«shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin;

farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi»,
«Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng;

matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin.
Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda
qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni
ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz)
so‘mlik.
Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi:

izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning
tug‘ishgan singlisi.

ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar,
Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib ketgan.


T A S H K I L I Y H U J J A T L A R
Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy
tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan
aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom qoida, ustav,
shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.

Download 120.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling