Ommaviy madaniy tadbirlar va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati Reja
Ommaviy madaniy tadbirlarni o’tkazish xususiyatlari
Download 63.29 Kb.
|
Ommaviy madaniy tadbirlar va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati
Ommaviy madaniy tadbirlarni o’tkazish xususiyatlari
Ommaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlarni interaktiv tarzda o’tkazish bilan birga, bu tadbirlarning milliy ruhda bo’lishiga aloxida e’tibor qaratish lozim. Shunday qilinganda bu tadbirlar o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat kiladi. Zero, millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Milliy tarbiya xalq pedagogikasining muhim yo’nalishi hamdir. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar mazmun-moxiyati bilan milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy ma’naviy merosimiz, milliy g’oya va mafkuramizga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, muqaddas Kur’on va Xadislardan iborat islom dini ta’limotiga asoslanib, tayanib tayyorlanishi va o’tkazilishi lozim. Shuni qayd etish kerakki, respublikamiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan Prezidentimiz I.A. Karimov milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash, xalqimizning buyuk tarixini, ajdodlarimizning ulug’vor xizmatlarini real ko’rsatish vazifasini qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 1-sessiyasidagi ma’ruzasida ham Prezidentimiz I. Karimov yana bir bor milliy qadriyatlar soxasida amalga oshirishimiz lozim bulgan vazifalarni belgilab berdi: «Bu soxadagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanlikni kuchaytirishdir». Boshlang’ich ta’limda o’tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning moxiyati va xususiyatlarini tahlil qilish ularning tasnifiga ba’zi qo’shimchalar kiritishga imkon beradi. Mavjud adabiyotlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar quyidagi turlarga bo’linadi: «turli kechalar, badiiy kompozitsiyalar, badiiy chiqishlar va diskoklub dasturlari, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq marosimlari va sayill ari, ommaviy bayramlar, ko’rik-tanlovlar kabi ko’plab shakllar». Professor U. Qoraboev tasnifiga qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yana quyidagi turlarga bo’lish ham mumkin: 1. Uyushgan jamoalarda, shu jumladan, o’quv yurtlarida o’tkaziladigan tadbirlar. Aholi turar joylarida o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar. Uyushmagan aholi o’rtasida o’tkaziladigan tadbirlar. Uyushgan jamoalarda o’tkaziladigan tadbirlar ishtirokchi-tomoshabinlarning bir-birlarini bilishi, umumiy maqsadga intilishi bilan xarakterlanadi. Bunday jamoa a’zolari o’rtasida muayyan ruhiy yaqinlik mavjud bo’lib, bu holat madaniy-ma’rifiy tadbir jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunday jamoalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar jarayonidagi ma’naviy-ruhiy uyg’unlik qisqa muddatda va yuqori darajada yuz beradi. Aholi turar joylarida o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning xususiyati ular o’tkaziladigan joy - maxalla, qishloq, ovul, qo’rg’oncha aholisining bir-biriga muayyan darajada yaqinligi, tanishligi bilan bog’liq. Ular o’rtasidagi ruhiy yaqinlik uyushgan jamoalar a’zolari o’rtasidagi singari bo’lmasa ham, ular bir xududda istiqomat qilib, bir-birlarini taniydilar va ular o’rtasida yashash tarzi bilan bog’liq umumiy jixatlar mavjud bo’ladi. Uyushmagan aholi o’rtasida o’tkaziladigan tadbirlar, asosan, shaxarlardagi madaniyat saroylari, istirohat bog’lari, kontsert zallari va klublarda o’tkaziladi. Bunday tadbirlarni tomosha qilish uchun to’plangan fukarolar turli kasb egalari, turli yosh, jins, ijtimoiy qatlam vakillari bo’lib, ular o’rtasida ma’naviy-ruhiy yaqinlik ko’zga tashlanmaydi. Madaniy-ma’rifiy tadbir jarayonida ular o’rtasida ham ana shunday aloqadorlik va yaqinlik vujudga keladi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni quyidagi ikki turga bo’lish mumkin: Bevosita ta’lim jarayonida o’tkaziladigan tadbirlar. Ularga madaniy tadbirlarning ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot kabi dars shakllarida foydalaniladigan turlari kiradi. Tadbirlarning bu turidan foydalanilganda dars mashg’ulotlari davomida monologlardan, instsenirovkalardan, badiiy asarlardan, video va audio yozuvlaridan parchalar keltiriladi. Bu tadbirlar o’rganilayotgan predmet, kurs yoki fanni chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga bu tadbirlar talabalarga dars jarayonida qisqa muddatli hordiq berish funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Download 63.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling