Ommaviy madaniy tadbirlar va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati Reja


Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ommaviy madaniy tadbirlarning o’rni va roli


Download 63.29 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi63.29 Kb.
#1195623
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ommaviy madaniy tadbirlar va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati

Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ommaviy madaniy tadbirlarning o’rni va roli.
Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki oylardan boshlaboq Prezident Islom Karimov milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini shakllantirish masalasini jiddiy vazifa qilib qo’ydi. Buning sababi «Mil­liy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga taxdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan xukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga qaratilgan intilishlar va xarakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi mukarrarligidir». Keltirilgan shu iqtibosdan ko’rinib turibdiki, milliy g’oya, avvalo, mamlakatimizning mustaqilligini mustaxkamlash uchun zarur.
Milliy istiqlol g’oyasi bajaradigan yana bir muxim funktsiya tarbiyaviy funktsiyadir. Milliy g’oyaning bu funktsiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozir­gi murakkab davrda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi. Globallashuv faqat iqtisod va siyosat sohasida emas, balki ma’naviyat va mafkura soxasida ham jadallashib bormoqda. Aytish mumkinki, ma’naviyat va mafkura soxasidagi globallashuv boshqa soxalarga nisbatan jadalrok yuz bermoqda. Buning sababi - o’z manfaatlarini ko’zlayotgan ba’zi davlatlar mamlakatimizga mafkuraviy jixatdan zararli va vayronkor ta’sir o’tkazishga urinayotganida.
Har qanday xalqning ma’naviyati boshqa xalqlar manaviyatidan ajralgan xolda rivojlanmaydi. Milliy ma’naviyatlar bir-birini boyitadi va to’ldiradi. Mamlakatimiz Sharq va G’arbni tutashtirgan karvon yo’llarida joylashgani sababli, xalqimiz ma’naviyati ham Sharq va Fapb ma’naviyatidan asrlar davomida baxramand bo’lib kelgan. Ayni paytda xalqimiz Fap6 va Sharq xalqlari ma’anaviyatidagi ijobiy tomonlarni o’zlashtirish bilangina cheklanib qolmay, ularga ijobiy ta’sir ham ko’rsatgan.
Ma’naviyat va mafkura soxasidagi o’zaro ta’sir, afsuski, faqat ijobiy tomonlar bilan cheklanmaydi. Bu jarayonda salbiy va vayronkor g’oyalar ham o’z ta’sirini o’tkazmoqchi bo’ladi. Shuning uchun ham milliy ma’naviyatimizni taxdidlardan ximoya qilish borasida milliy istiqlol g’oyasidan kuchliroq va samaraliroq g’oya yo’q. Bu xaqda «Milliy istiqlol g’oyasi» darsligida quyidagi fikr bildirilgan: «Ma’naviyatni bir uyga to’plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustun qilib tashlashini xech bir xonadon soxibi istamaydi. Xuddi shu kabi, biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi ximoya choralari ko’rishimiz tabiiy». Shu o’rinda mil­liy g’oya yoshlarni tarbiyalash, milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash jarayonidagi muxim funktsiyasi namoyon bo’ladi. Milliy g’oyaning ana shu funktsiyasini to’laqonli bajarishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar muxim o’rin tutadi.
O’quvchi va talabalar ongiga milliy g’oyani singdirish bugungi kun ta’lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turibdi. Bu maqsadga erishish yulida ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda. Kuzatuvlarimiz ba’zi o’quv yurtlarida milliy istiqlol g’oyasi bo’yicha ma’ruzalar, seminarlar, kollokviumlarga ko’proq e’tibor berilib, darslardan so’ng o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarga etarli ahamiyat berilmayotganini ko’rsatdi. Xolbuki, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda va ular ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishda ulkan ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida interfaol usullardan foydalanishga katta ahamiyat berilayotgan xozirgi kunda ommaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qo’llash muxim ahamiyat kasb etadi. Ilg’or o’qituvchilarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, madaniy-ma’rifiy tadbirlardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchilar faolligini keskin oshiradi. Bundan tashqari, mashg’ulot o’tkazishning rolli o’yin, xizmat o’yinlari singari shakllari, asl moxiyatiga ko’ra, madaniy tadbirdir. Chunki ular ta’lim shakllari bilan san’at elementlarining qo’shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Dars jarayonida badiiy asarlardan parchalar keltirish, she’rlarni ifodali o’qish, saxna asarlaridan parchalar ko’rsatish o’quvchilarning ham aqliy, ham xissiy-emotsional faolligini keskin oshirishga xizmat qiladi.
Mashg’ulotlar davomida ommaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlar alementlaridan foydalanish muayyan uslubiyat asosida amalga oshiriladi. Bu holat mazkur tadbirlarni o’tkazishning umumiy xususiyatlari bilan bog’liq. Shuni xisobga olib, milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ommaviy mada­niy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanish uslubiyati to’g’risida ba’zi muloxazalarni bayon qilmoqchimiz.
Ommaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlar kechalar, tomosha va teatrlashtirilgan kontsertlar, ko’rik-tanlovlar, ko’rgazma, badiiy kompozitsiya, quvnoqlar va zukkolar tanlovlari kabi shakllarda o’tkaziladi. Ularning xar biri o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, shunga monand ravishda, ularni o’tkazish uslubiyati ham bir-biridan farq qiladi. Ommaviy mada­niy-ma’rifiy tadbirlar orasida eng ko’p qo’llanayotgan shakllardan biri mavzuli kechalardir.
«Mavzuli kecha» atamasi dastlab muayyan bir mavzuga bag’ishlangan va oqshom paytlari o’tkaziladigan tadbirlarni anglatgan. Bunday tadbirlar jumlasiga uchrashuv kechalari, xotira kechalari, she’riyat kechalari, vatanparvarlik mavzusidagi kechalar, qo’shiq kechalari raqs kechalari va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday tadbirlar avvallari odamlar ishdan bo’shagandan keyin, oqshomda, kechkurunlari o’tkazilgani sababli «kechalar» nomi bilan atalgan. Biroq, vaqt o’tishi bilan bunday tadbirlar kunduzlari ham o’tkazilgan. Lekin, ularning dastlabki nomi - «kechalar» saqlanib qolavergan. Shuning uchun xozirgi davrda kunduzi yoki ba’zan ertalab o’tkaziladigan ana shunday tadbirlarning ham «kechalar» deb atalishidan ajablanmaslik lozim.
Mavzuli kechalarning kontsertlar, spektakllar va boshqa san’at janrlaridan asosiy farki shundaki, bu tadbirlar jarayonida teatrlashtirilgan ommaviy xarakatlar yuzaga keladi. Bu tadbir davomida ijrochi va tomoshabinlar bir butunlikni tashkil etadi. Shuning uchun mavzuli kechalar, o’z moxiyatiga ko’ra, ommaviy bayramlarga juda yaqin turadi.
Mavzuli kechalar xalq uchun va jamoa uchun qadrli xisoblanadigan va muxim ahamiyat kasb etadigan biror voqea yoki sanaga bag’ishlab o’tkaziladi. Masalan, «Milliy g’oya - bizning g’oya», «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!», «Diniy bag’rikenglik» mavzularidagi kechalar mavzularning muximligini ta’kidlash bilan birga, shu masalalarga jamoa yoki guruhning munosabati ham ifodalanadi.
Mavzuli kechalarni tayyorlash bosqichi juda muxim ahamiyatga ega. Chunki ana shu bosqichda kechani tayyorlash buyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bo’lg’usi tomoshabinlar keng miqyosda jalb etiladi. Bu holat mavzuli kecha ishtirokchilarning passiv kuzatuvchi emas, balki tadbirning faol qatnashchilariga aylanishini ta’minlaydi.
Mavzuli kechalar, qaerda o’tkazilishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • klublarda, madaniyat saroylari va uylarida, istiroxat bog’lari (parklar)da o’tkaziladigan mavzuli kechalar;

  • mexnat jamoalarida, korxonalarda o’tkaziladigan mavzuli kechalar;

  • sanatoriylarda, dam olish uylarida, pansionat va kurortlarda o’tkaziladigan mavzuli kechalar;

maxalla, qishloq va ovullarda o’tkaziladigan mavzuli kechalar;
- maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, institut, universitet va boshqa ta’lim maskanlapida o’tkaziladigan mavzuli kechalar.
Mavzuli kechalarni o’tkaziladigan joylarga karab turlarga bo’lish sababi shundaki, yuqorida sanab o’tilgan joylarda o’tkaziladigan mavzuli kechalar ishtirokchilar­ning tarkibi, yoshi, kasbi, jinsi, ijtimoiy mavqei kabi xususiyatlarga ko’ra farqlanadi. Bu farqlar faqatgina tashqi tafovut bo’lmasdan, ular mavzuli kechalarning o’tish jarayoniga, saxnadagi ijrochilar bilan tomoshabinlar o’rtasidagi xissiy-emotsional aloqaning xususiyatlariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Masalan, kasb-hunar kollejida vatanparvarlik mavzusida o’tkaziladigan mavzuli kecha istroxat bog’ida o’tkaziladigan mavzuli kechadan jiddiy farq qiladi. Kasb-hunar kollejidagi mavzuli kecha ishtirokchilarining aksariyati shu kollej o’quvchilaridan iborat bo’lca, istiroxat bog’idagi mavzuli kechaning tomoshabinlari turli yosh, jins, kasbga mansub odamlardan iborat buladi. Kollejdagi mavzuli kecha tomoshabinlarining saxnadagi ijrochilar, ya’ni o’zlarining kursdoshlari, guruhdoshlapi bilan xissiy-emotsional aloqa o’rnatishi oson kechadi. Ular saxnadagi do’stlarining muvaffaqiyatini o’z muvaffaqiyati singari qabul qiladi. Ijrochilarning nuqsonlarini esa o’z nuqsoni singari xis etadi. Bunday holat ijrochilar bilan tomoshabinlar o’rtasidagi xissiy-emotsional uyg’unlikni ta’minlaydi. Ana shu uyg’unlik mavzu­li kechaning tarbiyaviy ahamiyati yuqori darajada bo’lishinikafolatlaydigan eng muhim jihatlardan biridir.
Istirohat bog’idagi mavzuli kechalarda ijrochilar bi­lan tomoshabinlar o’rtasidagi xissiy uyg’unlikni ta’minlash ancha murakkabroq kechadi. Buning uchun ijrochilardan ancha maxorat, vaqt va kuch talab qilinadi. Istiroxat bog’laridagi mavzuli kechalarda ijrochilar tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar tomoshabinlarning kulgisiga sabab bo’lishi mumkin. Kasb-hunar kollejida esa mavzuli kechaning ijrochisi xatoga yo’l qo’ysa, kuzatishlarimizning ko’rsatishicha, zaldagilar bu kamchilikdan kulmaydi, balki xuddi o’zlari kamchilikka yo’l qo’ygani singari iztirob chekadi.
Professor U.Qoraboev «Madaniy tadbirlar» o’quv ko’llanmasida mavzuli kechalarning janrlari borasida quyidagicha fikrni bayon qiladi: «Klubda o’tkaziladigan mavzuli kechalar o’z shakl va mazmuni jixatidan ko’p janrli xisoblanadi. Uning asosiy janrlari esa quyidagilardan iborat: xronika kechalari; xikoya kechalari; portret kechalari; an’anaviy kechalar va xokazo». U.Qoraboev fikrlariga yana shuni qo’shimcha qilishimiz mumkinki, mavzuli kechaning bitta janri buyicha o’tkazilayotgan tadbirning tarkibiga yana boshqa bir necha janrlar ham kiritilgan bo’lishi mumkin. Masalan, portret kechalari janri bo’yicha o’tkazilayotgan mavzuli kechaning tarkibi badiiy o’qish (monolog, she’rni ifodali o’qish), saxna asarlaridan parchalar, qo’shiqlar, raqslar va xokazolardan iborat bo’lishi mumkin.
Ijrochi va tomoshabin o’rtasida vujudga keladigan o’ziga xos va juda yaqin xissiy-emotsional munosabatlar o’quv yurtlarida o’tkaziladigan mavzuli kechalarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo’lishi uchun imkoniyat yaratadi. Mana shu imkoniyatdan milliy istiqlol g’oyasini o’quvchi va talaba yoshlar ongiga singdirish yulida foydalanish ta’lim tizimidagi tarbiyaviy vazifalarning eng muximlaridan birini muvaffaqiyatli bajarish uchun asos yara­tadi. Shu imkoniyatdan amalda qanday foydalanilayotganini o’rganish maqsadida bir necha maktablar va kasb-hunar kollejlarida o’tkaziladigan mavzuli kechalarni kuzatdik. Kuzatgan kechalarimizning aksariyati yuqori g’oyaviy-badiiy saviyada o’tdi. Ayniqsa, «Xech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!» mavzusidagi kecha yoshlarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Bu kechada terrorchilarning yovuz basharasini fosh etadigan saxnalardan parcha­lar ijro etildi, vatanparvarlik mavzusidagi she’rlar o’qildi, she’rxonlik raqs va qo’shiqlarga ulanib ketdi. Biz tadbirga kelishdan avval talabalarning tadbirdan olgan taassurotlarini o’rganish maqsadida so’rov va intervyu o’tkazishni rejalashtirib qo’ygan edik. Zalda vujudga kelgan ko’tarinkilik bunday so’rovga o’rin qoldirmadi. Shunday bo’lsa ham, bir necha qatnashchiga «Tadbir qanday o’tdi?» - deb bergan savolimizga ular «Juda yaxshi o’tdi», «Juda zo’r», «Betakror», «O’zingiz ko’rdingiz-ku» shakllarida javob berishdi.
XULOSA
Ana shu kuzatishlarimiz maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida taxsil olayotgan yoshlarimizni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashda ommaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlar juda muxim o’rin tutadi, deb xulosa qilish uchun imkon yaratadi. Bunday tad­birlar oldindan tuzilgan reja va stsenariy asosida, o’quvchi va talabalarni jalb etgan xolda tayyorlansa va o’tkazilsa, ularning tarbiyaviy ahamiyati yana ham yuksak bo’ladi.
Boshlang’ich ta’limda o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tad­birlar - tarbiyaning kuchli vositasi. Lekin bunday tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun o’quv yurtlarining imkoniyati xar doim ham etarli bo’lavermaydi. Shuning uchun madaniy tadbirlarni o’tkazishda o’quv yurtla­ri va madaniy-ma’rifiy muassasalarning imkoniyatlarini birlashtirish yuqori samara beradi. Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash bo’yicha etarli tajriba to’plagan o’quv yurtlari faoliyatini o’rganish ular shunday yutuqlarga madaniy-ma’rifiy muassasalar bilan hamkorligi tufayli erishayotganini ko’rsatdi.



Download 63.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling