«ommaviy madaniyat»ga qarshi kurashish


Download 17.48 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.48 Kb.
#1017977
Bog'liq
OMMAVIY MADANIYAT maqola


«OMMAVIY MADANIYAT»GA QARSHI KURASHISH
ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirishni talab etadi
O‘zXDP Markaziy Kengashi, O‘zbekis­ton Yozuv­chilar uyushmasi, «Oila» ilmiy-amaliy mar­kazi va Respublika Ma’na­viyat-targ‘ibot marka­zi hamkorligida Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ilgari suril­gan g‘oyalar asosida ijtimoiy taraq­qiyotimizga tahdid solayotgan turli maf­kuraviy xurujlarga qarshi ku­rashish masala­lariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
— Bugun «ommaviy madaniyat» milliy ma’naviyatimiz, qad­riyatlarimizga xavf tug‘dirmoqda. Ayrim guruhlar yoshlar ongiga yot g‘oyalarni singdirib, g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Uning salbiy oqibatlaridan saq­lanish uchun, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy g‘oya, uning o‘zagini tashkil etuvchi xalqimizga xos ezgulik va yara­tuvchanlik, bunyodkorlik, Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini za­monaviy usullar yordamida yana­da kuchaytirish lozim.
Bunda Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asari bizga dasturilamal bo‘­lib xizmat qiladi.
Milliy mafkurani hamda tar­g‘ibot ishlarini kuchaytirishda fuqarolik jamiyati ins­titutlari, xususan, siyosiy par­tiyalarning o‘rni va ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu borada o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish yaxshi samara beradi.
— Ma’lumki, ma’naviyat ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’at bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro mushtarak tushunchadir. Ayniqsa, Sharq­da ilm, san’at va adabiyotni ma’naviyatdan, iymonu e’tiqoddan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mustaqillik tufayli buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldik. Endi farzandlarimiz tarbiyasida ulardan, albatta, foydalanishimiz zarur. Shunday yo‘l tutishimiz lozimki, toki ulg‘ayib kelayotgan avlod yomondan hazar qilsin, hasad qilishdan uyalsin, sotqinlikni or deb bilsin. Chetdan yopirilib kelayotgan «ommaviy madaniyat»ga qarshi kurashsin.
— Kishida ma’naviyatni shakl­lantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim omil bu ta’lim-tarbiya tizimidir. Shu bois mamlakatimizda yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutining ta’lim muassasalari bilan amaliy hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayapti.
O‘tgan yili mingga yaqin umumta’lim maktabi zamonaviy kom­pyuterlar, mingdan ziyod kasb-hunar kollejining o‘quv- ustaxonalari amaliy mash­g‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlandi. «Elektron ta’­lim» loyihasi doirasida oliy o‘quv yurtlarining kutubxona fondlarini elektron shaklga o‘tkazish borasida ishlar boshlandi.
Ana shu vazifalarga ko‘makdosh sifatida barcha darajadagi partiya tashkilotlari yosh­lar hamda elektorat vakillarini siyo­siy-huquqiy ma’naviy bilimini boyitish borasida tizimli ish olib borishi zarur.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida yot g‘oyalar ta’siri natijasida millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, oila va jamiyat hayoti jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Bu kabi illatlarning oldini olish, yoshlar orasida ma’naviy targ‘ibotni kuchaytirish lozim. Targ‘ibot ishlarida O‘zXDP bilan o‘zaro hamkorlikda turli tadbirlarni amalga oshirayapmiz. Kelgusida uni kuchaytirish, seminarlarni ta’sirchan usullarda tashkil etishimiz zarur...
Seminarda, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdug‘affor Qirg‘izboevlar so‘zga chiqib, dunyoda axborot xurujlari avj olayotgan, ayniqsa, turli yot oqimlar ta’siri kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizni bu xavfdan ogoh etish, ularda mustaqil fikrni shakllantirish bugungi demokratik yangilanishlar jarayonida o‘ta muhim va dolzarb masala ekani haqida fikr bildirishdi.
Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling