Ommaviy oferta shartnomasi


 "ONLAYN OMONAT" OFERTA SHARTNOMASI


Download 365.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana20.07.2023
Hajmi365.37 Kb.
#1661358
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
agrobank oferta uz

11. "ONLAYN OMONAT" OFERTA SHARTNOMASI 
Ushbu shartnoma “Agrobank” aksionerlik tijorat banki (bundan buyon matnlarda 
“Bank” deb nomlanadi) hamda tizim ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxs (bundan 
buyon matnlarda “Mijoz” deb nomlanadi) o‘rtasida elektron shaklda tuzildi. 
Shartnoma bo‘yicha hisobvaraqlardan amalga oshiriladigan amaliyotlar va olinadigan 
maʼlumotlar jismoniy shaxslar uchun "Masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi" 
(bundan buyon matnlarda “AgrobankMobile” deb nomlanadi) orqali amalga 
oshiriladi. 
11.1. SHARTNOMANING PREDMETI 
11.1.1. Bank mazkur shartnomaga asosan Mijozning bo‘sh pul mablag‘ini nakd pulsiz 
shaklda "Onlayn omonat" hisobvarag‘iga qabul qiladi va shartnomada nazarda 
tutilgan shartlar asosida hisobvaraqdagi mablag‘ni qaytarish va unga foiz to‘lash 
majburiyatini oladi. 
11.1.2. Bank "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi mablag‘ uchun foizlarni mablag‘ 
hisobvaraqqa tushgan kunning ertasidan boshlab, hisobvaraqdagi mablag‘ni Mijozga 
qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra uning hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan 
oldingi kungacha hisoblanishini taʼminlaydi. 
11.1.3. Mijoz "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi mablag‘larini va unga hisoblangan 
foizlarni Tizim orqali nakd pulsiz shaklda tasarruf etadi. 
11.2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 
11.2.1. Mijozning majburiyatlari: 
- Masofadan turib mobil "Onlayn omonat" hisobvarag‘i ochish uchun Bank 
tomonidan muomalaga chikarilgan plastik kartaga ega bo‘lish va Tizimdan 
ro‘yxatdan o‘tish; 
- "Onlayn omonat" hisob raqami ochish uchun mijoz plastik kartasida yetarli 
mablag‘ni shakllantirish; 
- "Onlayn omonat" hisobvarag‘i orqali barcha amaliyotlarni (END fayl kelgunga 
qadar) bank ish kunida soat 9­ 00 dan 17 00 gacha amalga oshirish; 
- "Onlayn omonat" hisobvarag‘idan amaliyotlarni amalga oshirish davomida 
tizimdagi uzilishlar yoki texnik nosozliklar natijasida noaniqliklar yuzaga kelganda 
zudlik bilan Bankning "Chakana xizmatlarni rivojlantirish departamentiga"ga xabar 
berish; 
- Tizimga bog‘lanish uchun Parolni boshqa shaxslarga oshkor qilmaslik
- Parolni unutib qo‘yganda qayta tiklash uchun “AgrobankMobile” mobil ilovasini 
qayta yuklab olish hamda qaytadan ro‘yxatdan o‘tish; 


- Mobil aloqa yoki internet tarmog‘i orqali bank amaliyotlarini boshqa shaxslar 
ishtirokisiz yoki kuzatuvisiz amalga oshirish; 
- Shartnomaning amal qilish muddatini nazorat qilish; 
- Bank tomonidan yutuqli(baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash) hamda 
boshqa shartlar asosida tashkil etiladigan uyinlarda avtomat tarzda ishtirok etadi. 
11.2.2. Mijozning huquqlari: 
- Tizim orqali o‘zining depozit hisobvarag‘idagi mablag‘larini erkin tasarruf etish; 
- Depozit hisobvaraqlari aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot olish; 
11.2.3. Bankning majburiyatlari: 
- Mijozning elektron arizasi bilan "Onlayn omonat" hisobvarag‘i ochish; 
- Mijozning elektron topshirig‘iga asosan tegishli bank amaliyotlarini bajarish; 
- Shartnoma shartlariga asosan Mijozning "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi 
mablag‘iga foiz hisoblash va shartnomada belgilangan muddatda foizlarni to‘lash. 
11.2.4. Bankning huquqlari: 
- Mijoz tomonidan shartnomaning sharti buzilgan taqdirda hisoblangan va to‘langan 
foizlarni shartnomada belgilangan miqdorda qayta hisob-kitob qilish hamda 
hisobvaraqdagi qoldig‘idan chegirib qolish; 
- Shartnomaning muddati tugagan kunda "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi 
mablag‘larni va unga hisoblangan foizlarni Mijozning plastik kartasiga o‘tkazib 
beriladi. Bunda mijoz individual ravishda mobil ilova orqali tegishli amallarni 
bajarishi lozim; 
- O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan Mijoz 
hisobvarag‘i xatlanganda, Bank tomonidan hisobvaraq orqali amaliyot bajarish 
to‘xtatiladi. Shuningdek, Mijozning hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida Bank ushbu 
hisobvaraqdagi pul mablag‘laridan foydalana olmagan davr uchun foiz hisoblamaydi. 
11.3. SHARTNOMA BO‘YICHA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI 
11.3.1. Shartnoma bo‘yicha yillik foiz stavkasi mijoz tomonidan tanlangan foiz 
stavkasi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi; 
11.3.2. Shartnoma shartlari Mijoz xohishiga ko‘ra buzilganda omonatga to‘lab 
berilgan foizlar omonatning asosiy summasidan chegirilib qolinadi hamda tegishli 
omonat tartibi asosida xisob-kitob qilinadi; 
11.3.3. Hisobvaraqqa qo‘shimcha mablag‘ kirim qilish muddatli omonatni istisno 
etgan holda kirim qilinadi; 
11.3.4. Hisobvaraqdan qisman chiqim qilish mumkin emas; 


11.3.5. Hisoblangan foizlar har oyda mijozning plastik kartasiga o‘tkaziladi. 
11.4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI 
11.4.1. Taraflar ushbu Shartnomaga asosan o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari 
yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan javobgar 
bo‘ladilar; 
11.4.2. Mijoz hisobvaraqqa kirim qilingan mablag‘larni qonuniyligiga shaxsan 
javobgardir. 
11.5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH TARTIBI 
11.5.1. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab shartnomada belgilangan muddat 
tugagungacha amal qiladi; 
11.5.2. Mijoz Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Bunda ushbu 
shartnoma shartlari buzilgan hisoblanadi va to‘langan foizlar omonatning asosiy 
summasidan chegirib qolinadi. 
11.6. MAXFIYLIK 
11.6.1. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida Taraflar bir-biridan olgan 
barcha maʼlumotlar maxfiy axborotlar deb tan olinadi; 
11.6.2. Omonatlar bo‘yicha axborot bilan tanishish huquqi bo‘lgan shaxslar amaldagi 
qonunchilikka muvofiq ularni oshkora qilmaslik uchun javobgar hisoblanadi hamda 
qatʼiy sir saqlash qoidalariga rioya etishlari, shuningdek, bank siri va konfedensial 
maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishda O‘zbekiston Respublikasining 
“Bank siri to‘g‘risida” Qonuni va bankda amalda bo‘lgan ichki tartib qoidalariga qatʼiy 
amal qilishlari shart; 
11.6.3. Mazkur talab nomuayyan muddatga amal kiladi. 
11.6.4. Ushbu talablarni buzgan Taraf buning oqibatida ikkinchi Tarafga yetkazilgan 
barcha zararni to‘liq hajmda qoplaydi. 
11.7. FORS-MAJOR HOLATLARI 
11.7.1. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda Taraflar ushbu holatlar bartaraf 
etilguniga qadar shartnoma bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini bajarishdan ozod 
bo‘ladilar. 
11.7.2. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi 
xabarnomalar Taraflarda mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi 
mumkin (CMC va MMS xabarlari bundan mustasno). 
11.8. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 
11.8.1. Taraflar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik 
yoki nizolarni muzokara yo‘li bilan hal etadilar. 


11.8.2. O‘zaro kelishuv imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, huquqi buzilgan Taraf 
tomonidan yuborilgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi Taraf mazkur 
talabnoma yoki ogohlantirish xatida ko‘rsatilgan muddat ichida javob berishi lozim. 
11.8.3. Tinch yo‘l bilan hal etilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
belgilangan tartibda Sud orqali hal etiladi. 

Download 365.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling