Ommaviy oferta


VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH


Download 222.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana05.01.2022
Hajmi222.07 Kb.
#226797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
offer loan MZ ONLINE uz

VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH 

TARTIBI 

6.1.  Bank  so’ndirilmagan  Onlayn  kredit  bo’yicha  mablag’larning  qaytarilishini,  barcha 

hisoblangan  foiz  to’lovlarini  va  boshqa  qo’shimcha  talablarni,  shuningdek  Mijoz  tomonidan  Bankka 

yetkazilgan barcha ziyon va zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 

6.2.  Neustoykaning  to’lanishi  taraflarni  ularga  yuklangan  majburiyatlarni  bajarishdan  va 

huquqbuzarlikni bartaraf etishdan ozod etmaydi.  

6.3.  Mazkur  Ommaviy  ofertada  nazarda  tutilmagan  Mijoz  va  Bankning  javobgarlik  choralari 

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qo’llaniladi. 

6.5.  Sug’urta  tashkiloti  tomonidan  Bankka  Onlayn  mikroqarz  bo’yicha  Mijozning  qarzdorligi 

bo’yicha sug’urta tovoni to’langanda, sug’urta tashkilotiga Mijozga nisbatan amaldagi qonun hujjatlari 

talablariga muvofiq regress tartibda pul mablag’larini qoplashni talab qilish huquqi o’tadi. 

6.6.  Ushbu  shartnomadan  yoki  u  bilan  bogʼliq  holda  kelib  chiqadigan  barcha  nizolar  va 

kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan oʼzaro kelishuvlar yoʼli bilan hal qilinadi. 

Nizolarni oʼzaro kelishuvlar yoʼli bilan hal qilish imkoni boʼlmagan taqdirda, ushbu shartnomadan, 

xususan  uni  tuzish,  bajarish,  oʼzgartirish,  bekor  qilish,  buzish  va  haqiqiy  emasligi  yuzasidan  kelib 

chiqadigan barcha nizolar, kelishmovchiliklar Daʼvogarning ixtiyoriga koʼra “DS Legal Centre” MChJ 

huzuridagi  Doimiy  faoliyat  koʼrsatuvchi  hakamlik  sudi  yoki  tegishli  vakolatli  sud  tomonidan  koʼrib 

chiqiladi. 

Nizolar  “DS  Legal  Centre”  MChJ  huzuridagi  Doimiy  faoliyat  koʼrsatuvchi  hakamlik  sudi 

tomonidan  koʼrib  chiqilgan  taqdirda,  ishlar  ushbu  sudning  sudyasi  Xaydarov  Jahonbek  Jovlievich 

tomonidan yakka tartibda ushbu Hakamlik sudining Qoidalariga muvofiq hal qilinadi. 

 


Download 222.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling