Ommaviy oferta


V. ONLAYN MIKROQARZNI SO’NDIRISH TARTIBI


Download 222.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi222.07 Kb.
#226797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
offer loan MZ ONLINE uz

V. ONLAYN MIKROQARZNI SO’NDIRISH TARTIBI 

5.1. Mijoz olingan Onlayn mikroqarz va unga hisoblangan foizlarni MBXK tizimida ko’rsatilgan 

Onlayn mikroqarz to’lovlari Grafigida ko’rsatilgan muddatlarga muvofiq so’ndirish majburiyatini oladi.  

5.2. Onlayn mikroqarz bo’yicha foizlar har kuni asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi. 

Foizlarni hisoblash uchun yilni 365 kun deb hisoblash metodidan foydalaniladi.  

5.3.  Asosiy  qarzning  muddati  o’tgan  qismi  uchun  foiz  stavkasi  muddati  o’tgan  birinchi  kundan 

Onlayn mikroqarzning muddati o’tgan qismi to’liq so’ndirilgunga qadar hisoblab boriladi. Asosiy qarz 

bo’yicha  muddati  o’tgan  qarzdorlikka  nisbatan  foizlar  mazkur  Ommaviy  ofertaning  2.5-bandida 

ko’rsatilgan stavkada hisoblanadi. 

5.4.  Onlayn  mikroqarz  bo’yicha  qarzdorlikni  so’ndirish  Mijoz  tomonidan  qonun  hujjatlari  bilan 

taqiqlanmagan istalgan usullar orqali to’lash yo’li bilan, xususan MBXK tizimi orqali to’lash bilan ham 

amalga oshiriladi. 

5.5. Агар To’lovlar grafigi bo’yicha istalgan to’lov kuni dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda 

to’lov dam olish kunidan keyingi kunga ko’chiriladi.  

5.6.  MBXK  tizimida  Onlayn  mikroqarz  bo’yicha  qarzdorlikni  grafik  bo’yicha  yoki  muddatidan 

ilgari so’ndirish imkoniyati taqdim etiladi. 

Mijoz tomonidan MBXK tizimi interfeysida “Grafik bo’yicha so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul 

mablag’lari  jamg’arma  hisobvaraqqa  kirim  qilinadi  va  to’lov  muddati  kelishi  bilan  jamg’arma 




 

 

 



2021 yil 11 yanvardagi talqin 

 

hisobvaraqda mavjud bo’lgan summa doirasida, to’lanishi lozim bo’lgan summada Onlayn mikroqarzni 



so’ndirishga yo’naltiriladi. Bunda grafik bo’yicha so’ndirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

- asosiy qarzga hisoblangan foizlar; 

- asosiy qarz summasi. 

“Muddatidan  ilgari  so’ndirish”  opsiyasi  tanlanganda  pul  mablag’lari  birinchi  navbatda  to’lov 

muddati yetib kelmagan amalda hisoblangan foizlarga, to’lovning qolgan qismi esa Onlayn mikroqarz 

bo’yicha  asosiy  qarzni  so’ndirishga  yo’naltiriladi.  “Muddatidan  ilgari  so’ndirish”  opsiyasi  Mijozda 

Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik bo’lmaganda mavjud bo’ladi. MBXK tizimi orqali 

Onlayn  mikroqarz  so’ndirilganda  hisoblangan  foizlar  grafik  bo’yicha  to’lovlar  muddati  kelganda 

so’ndiriladi. 

5.7. Mijoz Bank tomonidan Onlayn mikroqarz bo’yicha to’lovlar dastlabki arizani berishda Mijoz 

tomonidan  ko’rsatilgan  uning  bank  kartasidan,  mobil  hamyonidan  va  Bankda  ochilgan  istalgan 

hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda yechib olinishiga o’z roziligini bildiradi. 

5.8. Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikni undirish Bank tomonidan asosiy qarz 

va foizlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik summasini mobil hamyondan, bank kartasidan va Bankda 

ochilgan  istalgan  hisobvaraqlardan  nizosiz  tartibda  yechib  olish  yo’li  bilan  quyidagi  tartibda  amalga 

oshiriladi: 

- muddati o’tgan asosiy qarzga hisoblangan foizlar; 

- muddati o’tgan foizlar; 

- muddati o’tgan asosiy qarz. 

 


Download 222.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling