Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«Beeline VISA» virtual kartasini ochish uchun bonus
Izoh:
Beeline Uzbekistan mobil ilovasida «Beeline VISA» virtual kartasi muvaffaqiyatli ochilganda 4G tarmog‘i uchun 1 GB bonus
taqdim etiladi.
Qo'shimcha ma'lumot:
- 4G tarmog‘i uchun 1 GB Bonusni olish uchun Google Play yoki App Store orqali «Beeline Uzbekistan» ilovasini yuklab
olib, «Beeline» raqamidan foydalangan holda ilovada ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra virtual «Beeline VISA» ni ochish tartibidan
o‘tish kerak.
- 4G tarmog'i uchun 1 GB bonus oldindan to'lov tizimi tarif rejalaridagi abonentlari uchun amal qiladi, «ProInternet» («1
GB», «3 GB») turkumidagi tarif rejalari bundan mustasno;
- 4G tarmog'idagi 1 GB Bonusdan foydalanish muddati «Beeline VISA» virtual kartasi muvaffaqiyatli ochilgan paytdan
boshlab 30 kun.
- «Beeline VISA» virtual kartasi muvaffaqiyatli ochilganda 4G tarmog'i uchun 1 GB bonus bir marta taqdim etiladi.
«Beeline Uzbekistan» mobil ilovasida ro‘yxatdan o'tish uchun bonus
Izoh:
Yangi foydalanuvchiga «Beeline Uzbekistan» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tganda, 500 MB bonus taqdim etiladi. 500 Mb
Bonus 30 kun muddatga beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
- 500 Mb Bonusni faollashtirish uchun, «Beeline Uzbekistan» ilovasini Google Play yoki App Store orqali yuklab olib hamda
ilovada ro‘yxatdan o‘tish kerak.
- 500 Mb Bonus «ProInternet» tarif rejalar turkumi («1 GB», «2 GB», «3 GB», «5 GB», «15 GB», «30 GB») va «Bolajon»
tarif rejalaridan tashqari barcha oldindan to‘lov tizimli tariflarda amal qiladi.
- 500 Mb Bonusdan foydalanish muddati ulangan vaqtdan boshlab 30 kun. 30 kun o‘tgach, internet-paket qayta ulanmasa,
foydalanilmagan MBlar bekor qilinadi;
- agar abonent bonusli paketning muddati tugaguniga qadar boshqa Internet-paketni ulasa, unda bepul Mblarning muddati
tanlangan internet-paketiga qarab amal qiladi.
- MB qoldig‘ini tekshirish kodi - *103#
Do'stlaringiz bilan baham: |