Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi Narxnoma
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
прайс-лист-03.06.2019-узб
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 daqiqa/SMS/MB uchun 100 somdan
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan. (15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan) Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008 Izoh: «OSON 10» tarifiga yangi ulanishda yoki o'tishda oylik trafik paketining amal qilish muddati va oylik abonent to'lovining keyingi yechilish sanasi 1 oyni tashkil etadi. Oylik abonent to'lovi yechilishining barcha keyingi sanalari 1 oy oralig'ida (oyning 1-sanasiga bog'lanmagan holda) amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovining yechilishi va oylik trafik paketning taqdim etilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi. Tarifga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va kiritilgan trafik paketi to'liq hajmda hisoblanadi - abonent to'lovining yechilishi va trafik taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat'i nazar amalga oshiriladi. «OSON 10» tarifida oylik abonent to'lovi navbatdagi yechilishi bilan tizim oylik abonent to'lovi yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi. Abonent hisobida oylik abonent to'lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi, mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bu holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq 1 daqiqa/SMS/MB uchun 100 so'mdan narxlanadi. Oylik abonent to'lovi hisobdan yechib olish uchun yetarli mablag' mavjud bo'lganda darhol yechib olinadi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilish sanasi oxirgi yechilishi paytidan boshlab 1 oyga suriladi. Kiritilgan trafik paketi bo'yicha taqdim etilgan trafik qoldig'ining amal qilish muddati tugagandan so'ng kuyadi va keyingi kiritilgan trafik paketlari bilan qo'shilmaydi. Agar kun davomida kiritilgan oylik trafik paketi tugagan bo'lsa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun tarif shartlariga muvofiq 1 daqiqa/SMS/MB uchun 10 so'mdan tariflanadi. Kiritilgan daqiqa, SMS va MBlar paketi abonent raqamining faol holatida amal qiladi. Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, MB - *103#, SMS - *105# va daqiqa - *106# kodini tergan holda ishonch hosil qiling. Xizmatlar sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng, hisobdan to’g’ri sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak. Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi. «OSON 10» tarifiga «STATUS», «STATUS 2021», «Status NEW», «Status+», «Hammasi ZO'R»,«ZO'R», «Yangi XIT», «XIT» tariflar turkumidan hamda «PLATINUM», «GOLD», «SILVER», «ProInternet 3 GB», « ProInternet 2GB», «ProInternet 5GB», « ProInternet 15GB», « ProInternet 30GB», «Status Silver OLD», «Bravo MIX», «Click+», «ALLO», «Bolajon», «Smartphone», «Uydagidek», «YANA BITTA», «YANA IKKITA», «YANA UCHTA», «YANA TO’RTTA» tarif rejalaridan, shuningdek, oshkora qilinmagan tarif rejalardan o'tish narxi 2 000 so’mni tashkil etadi, boshqa tariflardan o’tish - bepul. Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga o‘tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig‘i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo‘shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so‘nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o‘zgaradi. Tarif bo‘yicha taqdim etilgan boshqa paketlar qoldiqlari kuyadi. «OSON 10» tarif rejasida «Perezagruzka» «Daqiqalar va megabaytlarni almashtirish» xizmati amal qilmaydi. Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda oylik abonent to'lovi yechilmaydi. Faqatgina «Raqamni abonent so'roviga asosan bloklash» xizmati uchun kuniga 421 so'mdan to'lov olinadi. Bunda tarif bo'yicha abonent to'lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilgandan so'ng, bir oylik abonent to'lovi abonent hisobida yetarli mablag' bo'lganda yechiladi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Oylik abonent to'lovi uning yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa yechilmaydi. Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag’ bo’lmaganda ham tarmoq ichida va boshqa uyali operatorlardan kirish qo’ng’iroqlarni va kirish SMS qabul qilish imkoniyati mavjud; Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi; Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi; Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan; Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling