Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi Narxnoma


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/198
Sana14.10.2023
Hajmi4.51 Kb.
#1703331
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198
Bog'liq
прайс-лист-03.06.2019-узб

Sputnik aloqa xizmati 
2,3
som/1 daq. 
 Narxlanish manzillar 
Sputnik 1 
Sputnik 2 
Sputnik 3 
Sputnik 4 
Daqiqasiga baxolanishi, so‘m
25 260 
37 890 
92 620 
126 300 


 
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi 
 
 
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan. 
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008 

Hisobda qarz bo‘lsa yoki abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foyda-
langanda mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha SMS, MB va daqiqalar 
taqdim etiladi. Abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi. 

Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to‘lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi 
va tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval avval taqdim etilgan daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi, barcha yo‘nalishlar uchun GB qoldig‘i esa keyingi oyga o‘tadi. Bunda keyingi oyga 
o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan 2 oylik barcha yo‘nalishlar uchun GB hajmidan oshmaydi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgo abonent to‘lovi yechilgan 
kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo‘yicha paketlar mavjud bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan 
so‘ng hisobdan mablag‘ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi. Oylik abonent to‘lovi uchun mablag‘ yetarli hamda qoldiq paketlar mavjud 
bo‘lmaganda aloqa xizmatlaridan tarifda belgilangan standart narxlar asosida foydalaniladi. 

Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun kiritilgan GB paketi har oy uchun abonent to‘lovi yechib olinganda taqdim etiladi. Trafik 1 oy muddatga taqdim etiladi. Amal qilish muddati tugagandan so‘ng, foydalanilmagan 
qoldiq kuyadi. “YANA” va “STATUS” tariflar to‘plami bo‘yicha tarifni o‘zgartirganda, foydalanilmagan qoldiq kuyadi va yangi trafik taqdim etiladi. Tarifni boshqa tariflarga o‘zgartirganda - foydalanilmagan trafik qoldig‘i kuyib 
ketadi. 

Taqdim etilgan bonuslardan faqat raqam faol holatda bo’lganda foydalanish mumkin. 

Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil 
qiling. 

Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, 
tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet 
trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi. 

Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP 
manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va “YouTube”ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan 
amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi). 

Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi. 

Tarif bo’yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i kuymaydi va keyingi oyga o'tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o'tadigan va taqdim etiladigan trafikning 
umumiy hajmi «Status Silver» tarifida- 100 GBgacha, «Status Gold» tarifida - 200 GBgacha, «Status Platinum» tarifida – 400 GBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to'lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli 
mablag' bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi. 

“STATUS” tarif rejalarida “Beeline TV”da telekanallar va “Amediateka” uchun oylik cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan. “Beeline TV” ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi to‘langanidan so‘ng amalga 
oshirish mumkin. Ilovani yuklab olish uchun: “Beeline TV” - *6#. 

Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi. 

Ushbu rejalardagi abonentlar uchun alohida ajratilgan 0777 raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi; 

Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi; 

Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi 
yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan 
«Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin. 

Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi. 

«Status Silver» tarif rejasiga «Status Gold», «Status Gold 2022», «Status Gold 2021», «Status Gold NEW», «Status Gold+», «GOLD», «Status Platinum», «Status Platinum 2022», «Status Platinum 2021», «Status Platinum 
NEW», «Status Platinum+», «PLATINUM» tariflaridan o’tish – 5 000 so’mni tashkil etadi. Qolgan tariflardan o'tish – bepul. 

«Status Gold» tarif rejasiga «Status Platinum», «Status Platinum 2022», «Status Platinum 2021», «Status Platinum NEW», «Status Platinum+», «PLATINUM» tariflaridan o’tish – 5 000 so’mni tashkil etadi. Qolgan tariflar-
dan o'tish – bepul. 

«Status Platinum» tarifiga o'tish narxi - bepul. 

Abonent to'lovi yuqori bo'lgan tariflarga o'tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig'i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo'yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo'shiladi. Shuningdek amal qilish muddati 
so'nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o'zgaradi. Tarif bo'yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo'lmagan GBlar, daqiqalar va SMSlar) qoldig'i kuyadi. 

Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi. 

O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l 
sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi; 

Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 
87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, 
Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). 



Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling