Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi Narxnoma
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
прайс-лист-03.06.2019-узб
¹ Birinchi oy uchun kiritilgan trafik miqdori 500 daqiqa va 500 MB ga ko‘paytirilgan (Paket qoldig‘ini tekshirish kodi: *108#). ² Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. *Beeline tarmog‘iga yangi mijoz ulanganda 5 000 so‘m miqdorida bir martalik «Xizmatlar to‘plamini faollashtirish haqi» olinadi hamda 7 kunga 500 daqiqa va 500 MB taqdim etiladi. Bonus qoldig‘ini tekshirish kodi: *108# ** «VEON» hududi o’z ichiga VEON guruhining operatorlari tarmoqlarida ro’yxatdan o’tgan quyidagi hududlarda: Rossiya (Beeline), Qozog'iston (Beeline), Qirg'iziston (Beeline), Armaniston (VEON), Gruziya (VEON), Ukraina (Kyivstar), Italiya (WindTre), Jazoir (Djezzy), Bangladesh (Banglalink), Pokiston (Jazz) amal qiladi. «MDH» hududi Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Rossiya o’z ichiga oladi. «Mashhur davlatlar» hududi Avstriya, Bolgariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Gonkong, Indoneziya, Isroil, Kambodja, Vyetnam, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Belgiya, Ispaniya, Kipr, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Filippin, Vengriya, Latviya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Shveytsariya, Shri-Lanka, Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Misr va Maldiv orollarini o’z ichiga oladi. Izoh: Tarif rejalarga yangi ulanganda yoki tarifga o'tganda oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi. Tarif rejalarga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va oylik trafikka ega paket to'liq hajmda, ya'ni, abonent to'lovining yechilishi va trafik taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat'iy nazar to'liq taqdim etiladi. Tarif rejalar bo'yicha oylik abonent to'lovining navbatdagi yechilishida, tizim oylik abonent to'lovining yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va oylik trafikli paket taqdim etiladi. Abonent hisobida yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikasiya bo'yicha amalga oshiriladi. Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida bo'lishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi. Tarifda belgilangan oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi va keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo'shilmaydi. Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqatgina abonent raqami faol holatda bo’lganida sarflashi mumkin. Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling