Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Savol va topshiriqlar:
Xalq ertaklari haqida fikr-mulohazalaringiz, ulami o'qishdan hosil bo ‘Igan taassurotlaringiz yuzasidan suhbat qiling. Ertaklaming janr xususiyatlarini moddama-modda ccyting, ulaming har birini izohlang. Hayvonlar haqidagi ertaklar boshqa tur ertaklardan qanday farqlanadi. Boshqa tur ertaklar bilan о ‘xshashligi bormi? Sehrli ertaklar haqida o'qiganingiz bilan avvalgi taassurotlar o‘rtasida farq bormi? Hayotiy ertaklaming g'oyaviy va badiiy qimmati haqida nimalar deyish mumkin? Xalq ertaklari - so‘z san’atining namunasi ekanini isbotlang. 0‘zingiz yashaydigan hududda ertak janri saqlanganmi? Saqlangan bo ‘Isa, ulami yozib oling va nashr qilingan namunalar bilan taqqoslang. Adabiyotlar: Имомов К., Мирзаев T., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 187-215. Афзалов М. Узбек халд эртаклари хакида. - Т.: Фан, 1964. Жалолов F. Узбек халк эртаклари поэтикаси. - Т.: Фан, 1976. Юсупов Ж. Хоразм эртаги ва хаёт хакикати. - Т.: Фан, 1997. Имомов К. Узбек халд эртаклари / Узбек фольклорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981. - Б. 62-96. Узбек халк эртаклари. I том. - Т., 1960. Узбек халк эртаклари. II том. - Т., 1963. Олтин олма / Хдётий эртаклар. Биринчи китоб. - Т. 1966. Ойжамол / Хаётий эртаклар. Иккинчи китоб. - Т. 1969. Сув кизи / Сехрли эртаклар. - Т., 1966. Кулса - гул, йигласа - дур / Эртаклар. - Т., 1983. Олтин бешик / Эртаклар. - Т., 1985. bugungi kunda xalq repertuaridan mutlaqo о‘chib ketgan o‘nlab qah- ramonlik qo'shiqlaridan namunalar keltirilgan. Abdurauf Fitrat o'zining «Eng eski turk adabiyoti namunalari» kitobida bu qo‘shiqlami mavzu jihatdan ajratib tasnif qiladi. Namunalar qatorida shunday to‘rtlik bor: Qo‘zi qiyqirib o‘g‘ush tirdim. Yog‘i qaru kirish qo'rdim. To'qush ichra urush berdim. Aran ko‘rib bashi tig‘di. Mazmuni: Tog4 tepasidan tubanga qarab qichqirdim, qabilamni to'pladim. Yov tomon sakrab yugurdim-da yoyimni Kirishladim (otishga tayyorladim. - muallif.) Maydong‘a kirib urush ochdim. Yov botirlari meni ko‘rgach, boshlarining O‘tkurligi ketdi (boshlarini ko'tarolmay qoldilar)43. Yuqorida keltirilgan to'rtlik mazmunini to'ldiruvchi o‘nlab misoliar Fitrat kitobidan o‘rin olgan. Agar qadimgi qo'shiqlarda lirik yo‘nalish bilan bir qatorda epik mazmun ham ifodalanishi mumkinligini nazarda tutsak, «Devon»dagi ko'plab parchalami ma’lum syujet chizig‘iga joy- lashtirish mumkin bo'ladi. Ularda dushman ustidan g‘alaba qozonishning sirlari, raqibni avval do‘q-po‘pisa bilan ruhan yengib olish usullari, uni g‘aflat uyqusida ekanida to'satdan mag‘lub qilish taktikasi, g‘alaba oson- likcha qo‘lga kiritilmasligi, kiritilganda esa butun xalq yayrashi hikoya qilinadi. Aytish mumkinki, Mahmud Koshg'ariy «Alpomish» eposi pay- do bo‘lishidan oldin ajdodlarimizning mustaqillikka erishishida muhim aha- miyat kasb etgan og‘zaki qo‘shiqlar tizimini bizga atayin meros qoldirgan va epos paydo bo‘lishidan awalgi ijodiy jarayon haqida ma’lumot bergan. Keyinchalik esa bu asarlardagi qahramonlik ifodasi «Alpomish»dan, yana keyinroq Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlaridan o‘rin olgan. Fikrimizni yanada dalillash uchun quyidagi to'rtlikka murojaat qilamiz: Такта avib akralim, Attin tushub yukralim, Arslanlayu kukaralim, Ko‘ji ani kavilsin. Mazmuni: Yovning atrofini aylantirib olaylik-da, Otdan tushib, Arslonlar kabi baqirishib yuguraylik. Oning kuchi bo‘shashib qolsun44. Bu misolda qadimgi ajdodlarimizning dushman ustidan g'alaba qozonishini ta’minlaydigan usul aks etgan. Bizningcha, bor-yo‘g‘i shu to‘rt misrada uchta harbiy san’at ifodalangan. Birinchidan, dushman qo‘- shinini qamal holida tor-mor qilish. Ikkinchidan, otdan tushib ovoz chi- qarmay hujumga tayyorlanish. Uchinchidan, ruhiyatiga ta’sir qilgan vazi- yatda raqibni na’ra tortib talvasaga solish. Lekin ijodkor yana voqeaning oddiy bayonini emas, emosional ko'tarinki ruhiy sharoitni ko‘z oldimizga keltirmoqda. Shuning uchun ham qahramonlik qo‘shiqlari qahramonlik eposi uchun ijodiy tayyorgarlik belgisi sifatida baholansa, arziydi. O‘zbek folklorshunosligida M.Alaviya, B.Sarimsoqov alohida e’tibor bilan o’rgangan mavsum-marosim qo'shiqlarining tarixi uzoq qadimga borib taqalar ekan. Yil fasllaridagi o‘zgarishlar hozirgi paytdagidek odamlami loqayd qoldirmagan. «Devon»da bahor ayyomidagi go‘zal manzara badiiy misralarda aks etganidan tashqari yoz va qish o'rtasidagi munozara ham o‘rin olgan: Yoy qish bilan qarishti. Ardam yosin qurishti. Chirik tutib ko‘rushti O‘qtag‘ali o‘trushur. Mazmuni: Yoz qish bilan qarama-qarshi bo'ldi. (ulaming har biri) maqtanish yoyini qurishti. Qo‘shin tuzib (bir birini) ta’qib qilishti. (Yoy) otish uchun (bir biriga) yaqinlashdi. Munozarada qish o'zining hokim paytida odamning, hayvonlaming kuchga kirishini, kasallaming yo'qolishini aytib maqtanadi. Yozda chivin, pashshalar ko‘payishini, kasallar kuchayishini tanqid qiladi. Qor qishda yog‘adi, bug'doy qordan foydalanib unadi, hosil beradi. Yoz esa odamlar uning faslida yayrashini, bulbullar sayrashini aytib qishga e’tiroz bildiradi. Qo‘shiqlarda marsiya namunalari ham uchraydi. Afrosiyob (Alp Erto‘nga - Artunga)ning o‘limi munosabati bilan to'qilgan aza qo‘shig‘i keltiriladi: Ulishib eran bo'rlayu, Yirtin yaqo urlayu, Siqrib uni yurlayu, Siqtab ko‘zi o‘rtilur. Mazmuni: Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar. Yoqalarini yirtib baqirishdilar. Faryod chekdilar. Qattiq yig'idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi. Mazkur qo‘shiqda so‘g‘d elining botir farzandi Alp Erto‘nga (Afrosiyob) o'limidan keyingi marosim payti ifodasini topgan. Bu jasur va mard insonning eramizdan awal bosqinchilik urushlarini qilgan Iskan- dar Makedonskiy (eradan avvalgi 356-323)ga qarshi yurtini himoya qil- ganini nazarda tutsak, marsiyaning tarixi ikki ming yildan ziyod ekani, ayni chog‘da marosim qo'shiqlari ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar singari uzoq o‘tmishga egaligi ma’lum boiadi. Marosimlar qatorida to‘ylar ham muhim ahamiyatga ega. El-yurt bor ekan, jamoa bo‘lib yashash bor ekan, to‘y qilish odati yashayveradi. Tabiiyki, to‘y marosimi o‘yin-kulgilar, raqslar, teatrlashtirilgan sahnalar- dan iboratdir. Ulaming asosini o‘lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi. Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar tashlasak, ba’zan o‘sha asarlardan namunalar uchraydi. Masalan, Alisher Navoiy «Xamsa»ning beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandaming uylanish to'yida о‘lan, yor-yor aytish bilan tomoshalar ko'rsatilganini tasvirlaydi: Mug'anniy tuzib chinga vaznida chang Navo chekki, hay-hay о‘lang, jon o‘lang Desang senki: «Jon qardoshim, уог-уог!» Men aytayki: «Munglug1 boshim, уог-уог!» Albatta, hayot rivoji ta’sirida marosimlar ham doimiy ravishda o‘z- garib boradi. Marosim qo'shiqlari ijrosi ham, an’anasi ham yangilanadi. Lekin Alisher Navoiy baytlari zamonamizdagi o'lanlar, yor-yorlar ham qadim tarixga ega so‘z san’ati namunalari ekani haqida tasavvur uyg'otadi. Shimday qilib, qadimgi qo‘shiqlar mavzu rang-barangligi jihatidan zamonaviy xalq qo‘shiqlaridan qolishmasligi ma’lum bo'ladi. Bu na- munalar til jihatdan biz aytadigan qo'shiqlardan farq qilishiga qaramay, umuman olganda, hozirgi qo‘shiqlarga о xshashdir. Ulaming hammasini inson ichki kechinmalarini ifodalash fazilati birlashtirib turadi. Chunki bu lirik asarlarda bevosita hayotda ro'y bergan hodisalargina emas, balki ana shu hodisaga his-tuyg‘u orqali munosabat bildirish yetakchidir. Xalq qo‘- shiqlarining bugungi kunda ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi zamonlarda omnia orasida yashagan qo‘shiqlar tashkil etadi. Qo'shiq xalqimizning quvonchli va tashvishli kunlarida, mehnatida hamroh bo'lgan. Shunday ekan, xalq qo'shiqlarini millatimiz tarixi sahifalarining go'zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin. Shuning uchun ham ular xalq qadriyatlarining ajrahnas tarkibiy qismini tashkil etadi. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling