Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet22/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Oo‘shia tarixina bir nazar. Turkiy xalqlar tarixi avval sak, massaget, so‘g‘d, keyinchalik turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘iz qabilalaridan tashkil topgan mahalliy aholi o‘tmishidan iborat. Bugungi kunda mazkur qabilalardan 20 dan ortiq millat vakillari ajralib chiqqan. XIV-XV asrgacha turkiylar tarkibida yashagan har bir xalq bu davrgacha yaratilgan ilmiy, madaniy xazinaga merosxo'r hisoblanadi. 0‘zbeklar ham ana shu bebaho ma’naviy boylikni yaratgan iqtidorli ajdodlaming avlodidir. Bu jihatdan qaraganda, xalq yaratgan qo‘shiqlar tarixi ming-ming yillar bilan o‘lchanadi desak, xato bo'lmaydi.
Taniqli uyg‘ur olimi Turg'un Olmos 1986 yil «Qashqar-uyg‘ur» nashriyotida chop etilgan «Hunlaming qisqacha tarixi» asarida miloddan
oldingi 119-yil yurtning ijtimoiy vaziyati yomonlashishi oqibatida quyidagi qo'shiq to‘qilgamni ma’Ium qiladi:
Ayrilib qolg'onda Tilav tog‘idan
Avumas bo‘p qoldi chorva molimiz.
Ayrilib qolg'onda Aichi tog‘idan Munglanib sarg‘aydi qiz, ayolimiz48.
Shubhasiz, qo‘shiq matnidagi so'zlaming olim tomonidan o'quvchi qulayligi uchun o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkinligini qayd qilgan holda, ajdodlar ikki ming yil avval ham hayotdagi xoh ijobiy, xoh salbiy vaziyatlarga o‘z munosabatlarini bildirishganiga ishonch hosil qilamiz. Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk> asaridagi o‘nlab qo‘shiqlami ohm XI asrda yozib olgan. Ammo bu namunalar olim qalamiga tushguniga qadar qadimdan xalq orasida aytilganini hech kirn inkor qilolmaydi. «Devonu lug‘oti-t-turk»da esa biz qahramonlik, mehnat, mavsum-marosim, link qo'shiqlar bilan tanishamiz va XI asr turkiy xalqlar og'zaki ijodida bu janr namunalari boy va mavzuga ko‘ra xilma-xil ekanini ko‘ramiz.
Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqov «Alpomish» dostonining xalqimiz o'tmishidagi ahamiyatini ta’kidlab shunday deydi: «...o‘zbek xalqi eposi ham ko‘pgina xalqlar eposlari bosib o‘tgan uchta taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib, bizgacha yetib keldi. Birinchi bos- qichda - qahramonlik, ikkinchi bosqichda - romanik, uchinchi bosqichda esa tarixiy epos tiplari vujudga keldi. Qahramonlik eposi patriarxal - urug'chilik munosabatlarining yemirihshi natijasida muayyan elat va xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslab, o‘zining syujeti asosidagi voqealami real etnik birliklar hayotidagi ulkan voqealardan oladi»49. E’tibor bering. Olim qahramonlik eposini elat va xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslovchi omil ekaniga diqqatni qaratmoqda. Ikkinchi masala epos syujetidagi asosiy voqealar real etnik birliklar hayotidagi ulkan voqelardan ohnishini qayd etmoqda. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, mazkur «ulkan voqealar» eposga asos bo'lguniga qadar xalq qo'shiqlarining yaratilishini taqozo etgan. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida

  1. Mehnat qo'shiqlari.

  2. Mavsum-marosim qo‘shiqlari.

  3. Lirik (ishqiy) qo'shiqlar.

  4. Tarixiy qo'shiqlar.

Mehnat ao‘shialari. O‘zbek xalqi tarixini shardi ravishda mehnat qilish tarixidan iborat deyish mumkin. 0‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap- gashtaklami, sayillami, turli bayramlami o'tkazishda o‘ta tashkilotchi va ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni o‘r- niga qo‘ygan xalq, odatda, mehnat qilishni ham biladi.
Mehnat esa dehqonchilik, chorvachilik, kasb-hunar; ilm-fan rivoji yo'lida faoliyat ko'rsatish bilan uzviy bog'lanadi. Xalq mehnat sama- rasini muttasil ravishda oshirish chorasini ко‘rib kelgan. 0‘tgan asr o‘z- bek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan yozuvchi Oybek «Qutlug1 qon» romanida kosib Shokir otaning mahsi tikish bilan band bo'lgan paytlarini tasvirlaganda shunday deb yozadi: «Yupqa devor bilan hovlidan ajralgan do'konxonada Shokir ota ishlaydi. Ba’zi vaqt lining qo‘shig‘i Unsin qulo- g‘iga yetadi. Choi xasta ovoz bilan kuylaydi. Ovozini bir qo'yib, yana to'satdan jim bo‘ladi. ...Unsin diqqat bilan tinglab, mana shu misralami uqib oladi:
Ko'rmasaydim bu umr sahrosini, Chekmagaydim ko‘kka o'tlik ohini. Pora-pora yirtdi ko'ksimni sitam, So‘rg‘uchi bormi ko'ngilning zorini?50
Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romanida quyidagi nozik matnni o'qiymiz: «Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yomi ajratuvchi bu falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko'krakdan chiqqan bu ashula tevarakni zir-r etdirib yuborgandek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilgandek bo'ladir»51.
Ma’lum bo'ladiki, mohir yozuvchilar badiiy asarlarda obraz yaratish jarayonida mehnatkash ommaning vakillarini xalq qo‘shiqlarini aytish bilan bog‘laganlar. Qanday mehnat turi bilan shug‘ullanmasin, millatimiz vakillari qo‘shiqni hayot hamrohi deb bilganlar. Ayniqsa, bevosita mehnat qo‘shiqlari boshqa xalqlarda bo'lgani kabi ish jarayonini o‘zida ifodalashi bilan mashhur. Mehnat esa o‘ziga yarasha jismoniy harakatdan, ba’zan zerikarli bir xil faoliyatdan iborat bo'ladi. Bu esa odamni toliqtirgan ishni to'xtatmasdan ovunish choralarini izlashga majburlagan. Ana shunday murakkab vaziyatlarda qo'shiq aytish sama- rali yechim vazifasini o‘tagan. Tanob-tanob yerga don sochish, keyin- chalik hosil o‘rish, chelak-chelak sut sog'ish, metrlab gilam to'qish faqat aytishga oson. Aslida, bu ishlar dehqon, sut sog'uvchi, gilam to'quvchi, bug‘doyni un qiluvchidan kuchli iroda, katta jismoniy kuch, malaka va tajriba talab qilgan. Shuning uchun tadbirkor xalq mehnatni qo‘shiq jo'rligida amalga oshirish yo‘lini o‘ylab topgan.
Mehnat qo'shiqlari o‘z tarkibida bir necha janrlardan iborat bo‘ladi. Har bir janmi bevosita mehnatning qaysi turi bilan band bo'lish bel- gilaydi. Xususan, o‘rmak qo‘shig‘i gilam to'qishda aytilar ekan, aynan shu namuna kashta tikuvchi, qo‘sh haydovchi shaxs tomonidan ijro etil- maydi. Ya’ni har bir mehnat sohasi o‘zining maxsus qo‘shig‘iga egaligi bilan ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo'shiqlarda ish qurollariga murojaat qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon ho'kizi bilan tillashadi, un chiqarayotgan ayol yorg'ichoqqa murojaat qilishi mumkin. Binobarin, mehnat qo'shiqlarining ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli vositasida ham aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o‘tish joiz. Mehnat qo'shiqlari uzoq muddat davomidagi ishni bajarishda o'ziga xos vosita bo'lgani sababli ularda qayta-qayta bir matnni takrorlashdan chaqlanish, ish qilayotgan odamning sergakligini oshirish uchun turli xitoblarga murojaat qilish ham an’ana hisoblanadi.
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini o‘rganish, tahlil qilishning qulayroq yo‘lini belgilash maqsadida ulami quyidagi turlarga bo‘lishni ma’qul topgan:

  1. Dehqonchilik bilan bog'liq qo'shiqlar.

  2. Chorvachilik bilan bog'liq qo'shiqlar.

  3. Hunarmandchilik bilan bog'liq qo'shiqlar52.

Olimning ta’kidlashicha, ovchilik, savdo-sotiq kabi mehnat turlari bilan ham bog'liq asarlar bo'lgan, ammo bu namunalar bugungi kunda saqlanmagan. Xususan, ulaming ayrimlarini faqat Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asaridagina uchratish mumkin.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling