Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- ISLOM SHOIR
Savol va topshiriqlar:
Po'lkan hayoti va ijodi haqida so‘zlang. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonini o'qing. Po'lkan dostonlaridanparchalaryodlang. Adabiyotlar: Полкан шоир. "^збек халк огзаки ижоди б^йича тадкикртлар. 4-китоб. - Т.: Фан, 1976. Афзалов М. Полкан. - Т.: Фан, 1955. - Б. 10-14. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 46-49. Гуруглининг тугилиши. - Т, 1967. ISLOM SHOIR Nazar o‘g‘li Baxshi oddiy hayotda qanday odam bo'lganini bilish uchun quyidagi lavhani e’tiboringizga havola qilamiz. Yodgor baxshi Is’hoqov sartarosh do‘sti Tillayev yordamidan foydalanib, Islom otaga shogird tushgani uyiga borganida mezbon unga: Juda soz, qidirib keldingmi ustoz? Lekin shoirlik qiyin-da bir oz, agar shoir bo'lsang, bir o‘lib tirilishing rost. Turqingga qarasam, o'zing yaxshi, yuzlaring qizil gulning naqshi, sendan ham chiqib qolsa edi-ya baxshi, ma, do'mbirani bir chertib boq-chi, Narpay arig'iday bir sharqirib oq-chi, - deb do'mbirani unga uzatadi. Kunlardan bir kuni Yodgoming mashq she’rini o'qib: She’mi bunday bo'sh qilib, qip-qizil go'sht qilib, dumi yulingan qush qilib, she’r yuragini qish qilib yozma! She’mi soz qilib, qomatini g'oz qilib, qo'lini daroz qilib, kelinchakdek serpardoz qilib, xuddi dor ustida o'yin ko'rsatayotgan dorboz qilib, ohangini do'mbiraga mos qilib, shirasini ko'p, suvini oz qilib, she’r ko'nglini bahor-yoz qilib, burgutdek baland parvoz qilib yozgin, she’r qudug'ini yurak bilan qazgin, - deydi97. Biz - oddiy odamlami hayratga soladigan tarafi shundaki, Islom shoir tasodifiy holatda, maxsus tayyorgarliksiz “soz, ustoz, bir oz, rost; yaxshi, naqshi, baxshi; boq-chi, oq-chi” qofiyasidagi so'zlami osongina topgan, undan ham ajoyibligi bu qofiyadosh so'zlami shu zahoti tuzilgan izchil jumlalar tarkibiga joylagan va muayyan maqsadni bayon qilishga qarata olgan. Baxshilardagi yashin tezligida fikrlash, fikmi aksari qofiyali so'z- lar ishtirokida gap tuzilgan holda bildirish fazilati ulami oddiy odamlar- dan ajratib turadi. Chori baxshi Xo'jamberdiev, Qahhor baxshi Rahimov, Shomurod baxshi Tog‘ayev bilan bo‘lgan suhbatlarimizda bu vaziyatni bir necha marta kuzatganmiz, guvoh bo‘lganmiz. Shubhasiz, Islom ota- ning suhbati o‘ta nozik va nafis iqtidor egasi sifatida zamondoshlari xoti- rasida o‘chmas taassurot qoldirgan bo‘lishi tabiiy. Islom shoir Nazar o‘g‘li 1874-yilda Narpay tumani Oqtosh hududi- dagi Gala Qassob qishlog‘ida kambag‘al cho‘pon oilasida tug‘ildi. Oila- dagi iqtisodiy nochorlik oqibatida yoshligidan otasining yonida ishlashga majbur bo‘ldi. 1884-yildan Islom cho'ponlikdan boxabar inson sifatida mustaqil ish olib bora oldi. Bu kasb Po‘lkanda bo‘lgani kabi Islomda do‘mbira chertish zaruratini paydo qildi. Uning betakror yoqimli ovozi hamqishloqlariga ma’qul bo‘ladi va ko‘p o‘tmay do‘mbirani turli qo‘- shiqlar aytib cherta boshlaydi. Islom shoir o‘zining xotiralarida shunday deydi: “Bir kun o‘z qishlog'imda bir o‘tirishda do'mbira chertib, baland tovush bilan qo'shiq aytib o‘tirsam, Emazar shoir ham kelib eshitib o‘tir- gan ekan. Mening tovushim unga ma’qul tushibdi, shekilli, shoirlikka bo‘lgan havasimni payqab, darrov otam qoshiga borib, meni u kishidan so’rabdi”98 99. Shu voqea ro‘y beradi-yu, Islomning havaskorlik mashqlari yakuniga yetadi. Emazar shoir butun hayoti davomida baxshilik san’ati yo‘lida to'plagan tajribasini, ustozlik sirlarini samimiy niyati bilan Islom- ga o‘rgata boshladi. Emazar shoir Shahrisabz maktabi ustozlari yo‘lini yaxshi bilardi, ammo Qo‘rg‘on dostonchiligi vakili Jumanbulbuldan ham mashq olgan edi. Shuning uchun Islom shoir ijrosida Shahrisabz va Qo‘rg‘on baxshilaridagi eng ibratli xususiyatlar uyg'unlashdi. Islom Nazar o‘g‘li 26 yoshda mustaqil baxshi darajasiga yetishdi. Baxshi o‘z xotiralarida Jumanbulbul bilan uchrashganini eslaydi. Ulkan dostonchi Emazar baxshiga qarab: “Siz shogirdning aslini topib olibsiz, ishqivozligi ham ancha zo'rga 0‘xshaydi”1 , - degan ekan. Haqiqatan ham, Islom shoir, birinchidan, xotirasi kuchli va badihago‘y edi; ikkin- chidan, ovozi nihoyatda yoqimli va eshitishli edi; uchinchidan, har safar doston aytishdan oldin tinglovchini do‘mbira chertib, sei qilib olar ekan, sozning bu jo ‘rligi doston ijrosi davomida ham davraga zavq berib turar edi. Xullas, Islom shoiming doston aytish mahorati olimlaming eslashiga qaraganda, musiqiyligi, mayinligi, voqealaming aniq va sodda tarzda aks ettirilishi, badihago‘yligi, o‘mi kelganda kulgili ifodasi bilan ajralib turar ekan. Ovozning shirasi doston fayziga fayz bag‘ishlar ekan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28 ta doston va son-sanoqsiz termalarini hamqish- loqlari, qo‘shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar. Baxshi o‘z zamondoshlarining qalblaridagi fikr-mulohazalarini oshkor qiluvchi satrlami topa bilmasa u mashhur bo‘lolmaydi. Doston kechala- riga yig‘ilgan muxlislar faqat doston yoki terma eshitish uchun kehnay- dilar. U hamisha baxshidan dunyodagi voqealar, qo'shni viloyat, tuman, juda bo‘lmaganda qishloqlardagi yangiliklarga ham chanqoq bo‘ladi. Radio, televidenie, matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan paytlarda baxshi ham jumalist, ham notiq, ham boshlovchi, ham siyosiy sharhlov- chi, ham taniqli ustoz ziyoli sifatida faoliyat ko'rsatgan. Bir necha taniqli ustoz baxshilar ishtirokidagi suhbat kechalari o'ziga xos ommaviy axborot vositalari vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo'ldosh o‘g‘li, Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar esa matbuot markazining ish yurituvchilari bo'lishgan. Ular orasida Islom shoiming munosib o'mi bor. Chunki Islom shoir “Orzigul”, “Gulixiromon”, “Zulfizar bilan Avaz”, “Xirmondali”, “Kuntug‘mish”, “Sohibqiron”, “Erali va Sherali”, “Tohir va Zuxra”, “Nigor va Zamon” kabi o‘nlab dostonlarini aytish jarayonida yurtdagi ijtimoiy o'zgarishlami, yangiliklarni, ayrim shaxslar haqidagi tanqidiy mulohazalami ham bayon etgan. Har bir xonandaning alohida o‘rinli ashulasi, qo‘shig‘i, shoiming she’ri bo‘lgani kabi baxshilarda ham mu- habbat qo‘ygan dostonlari bo'ladi. Ergash shoir “Ravshan”, Fozil Yo'ldosh o‘g‘li “Alpomish”, Po'lkan “Go‘ro'g‘lining tug'ilishi” dostonlarini qiyo- miga etkazib aytishgan. Islom shoir Nazar о‘g‘lining bunday go‘zal ijro etadigan dostoni sifatida “Orzigul”ni ko'rsatish mumkin. Bu dostonni Islom shoir boshqacha bir mehr bilan kuylagan. Dostonda jahon ada- biyoti tarixida asrlar bo‘yi adiblar asarlariga an’anaviy mavzu hisoblan- gan otaning bexabar holda o‘z farzandi, qiziga oshiq bo‘lish voqeasi bayon etiladi. Orzigul sovchi yuborgan shoh o‘zining otasi ekanini bil- gani zahoti boqib olgan otasi Emazar yordamida Xosxona mamlakatidan bosh olib chiqib ketadi. Doston markazida inson ma’naviy dunyosi pok- ligi, yo‘l qo'yilgan har qanday xatoning jazosiz qolmasligi masalasi tura- di. Qarama-qarshi ruhiy kechinmalar tasviriga boy bu dostonda baxshi tinglovchi yodida saqlanib qoladigan bir qator obrazlar yarata olgan. Ayniqsa, Orzigulning bog‘bon xonadonidan chiqib ketish lavhasida ichki kechinmalar ifodasi e’tiborga loyiq: Jasadimda jonim bo'lgandi g‘arib, O‘lganim yaxshidir chetlarga borib, Ushbu savdolargajonimniberib, Ketarman yurtimdan, otadan kechib. Puxta bilgin, ota-ena, ketarman, O‘zga eldan borib, makon tutarman. Qaytib otam bilan birga turarman, Quloq soling, Orzugulning zoriga, Turgilik qilmadi ushbu shahriga Qaytib100 ota lozim qizning bag‘riga?!101 Dostonda inson, ota, farzand, oila burch kabi falsafiy masalalar oddiy xalq nuqtai nazaridan tahlil etiladi, salbiy xususiyadar qoralanadi. Islom shoir Nazar o‘g‘li 1953-yilda 79 yoshida vafot etdi. Uning ha- yoti va ijodi atoqli folklorshunos olimlar Hodi Zarifov, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov tomonidan o‘rganilgan. Islom shoir- dan yozib olingan, nashr etilgan badiiy asarlar, uning ijodiga bag‘ishlab nashr qilingan kitoblar, maqolalar soni uch yuzdan ko‘p. Baxshidan meros bo‘lib qolgan dostonlami xalqimiz hamon sevib o'qimoqda. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling