Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana17.10.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1706520
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480

Internet saytlari: 
www.wikipedia;
www.cnshb.ru; 
www.ya-fermer.ru
 
Mavzu matni. Hayvon organizmidagi to‘qimalarda 40 ga yaqin mineral modda 
mavjudligi aniqlangan. Ammo shulardan 15 tasi fiziologik faoliyat uchun zarurligi 
aniqlangan, bundan tashqari zarur bo‘lsa kerak degan elementlar ham mavjud: 
bularga ftor, brom, boriy va stransiy elementlari kiradi.
Mineral moddalar 2 guruhga bulinadi: 
1. Makroelementlar - kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy va oltingugurt.
2. Mikroelementlar – temir, rux, mis, marganets, kobalt, molibden va selen.
Hayvonlarni oziqlantirishda ayrim turdagi mineral moddalarning miqdorigagina 
e’tibor bermasdan ularning o‘zaro nisbatiga ham e’tibor berish kerak. Ayrim 
elementlarning jumladan kalsiy va molibdenning me’yordan ziyod organizmga 
tushishi boshqa turdagi elementlarning hazmlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrim turdagi elementlarning oziqlantirishda yetishmasligi organizmda 
fiziologik funksiyaning buzilishiga olib keladi. Masalan: temir, kobalt 
elementlaridan birontasi yetishmasa gemoglabinning sintezlanishi keskin kamayib 
ketadi . Shuning uchun hayvonlar ratsioniga qo‘shimcha holda mineral moddalar 
ayniqsa mikroelement tuzlarini qo‘shishda juda extiyotkorlik lozim. Mis, ftor, selen, 
МИНЕРАЛ МОДДАЛАР
Макроэлементлар
(кальций, фосфор, 
натрий, хлор, калий, 
магний) олтингугурт)
Микроэлементлар 
(темир, мис, кобальт, 
йод, марганец, рух, 
молибден)


molibden ozuqada me’yordan ziyod tushsa organizmni zaharlaydi ayrim hollarda 
o‘limga olib keladi.
Ozuqalarning mineral tarkibi ekin maydonlariga solinadigan o‘g‘it miqdori va 
turiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning mineral moddalarga bo‘lgan talabi va 
talabning qondirilishi organizmda vitamin D ning sintez qilinishiga ham bog‘liq 
chunki mineral moddalar almashinuvini vitamin D boshqarib boradi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling