O‘n beshinchi amaliy mashg’ulot mavzusi


Download 0.82 Mb.
bet1/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1423177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-amaliy mashg\'ulot


O‘N BESHINCHI AMALIY MASHG’ULOT


MASHG’ULOT MAVZUSI
Arduino majmualaridagi UART, SPI va I2C interfeyslarini ishlash prinsiplarini o‘rganish


MASHG’ULOT MAQSADI
UART, SPI va I2C interfeyslarini ishlash tamoyillarini o‘rganish ularning bog‘lanish jarayonlarini tahlil qilish.


NAZARIY MA’LUMOTLAR


Arduino majmualaridagi UART interfeyslari haqida umumiy tushunchalar


UART interfeysi orqali muloqot keng qo‘llaniladi. Mikrokontroller kompyuterdan yoki boshqa mikrokontrollerlardan ma’lumotlarni qabul qilishi, shuningdek uzatishi mumkin. Buning uchun Arduinoda bir nechta buyruqlar bor. Ba'zi birlarini oldingi misollarda ko‘rgan edik, misol uchun, Serial.print() va Serial.println(). Mikrokontroller, o‘rnatilgan UART apparat interfeysiga ega. Universal asinxron qabul qilib uzatgich (UART — Universal Asynchronous Receiver Transmitter) dasturiy ta'minot yordamida ham simulyatsiya qilinishi mumkin. Emulyatsiya UART apparat interfeysi kabi tezkor bo‘lmaydi, biroq u bir vaqtning o‘zida bir nechta chaqiriladigan stantsiyalarga bir vaqtning o‘zida ulanish imkonini beradi. 1-rasmda Arduinoda amalga oshirilgan UART apparat interfeysi tasvirlangan. UART apparat interfeysi quyidag ko‘rinishda ulanishi mumkin (2-rasm).



1-rasm. UART mikrokontrollerining apparat interfeysi




a)


b)


c)


d)

2-rasm. UART interfeyslarini ulash usullari:

a – yetaklovchi va yetaklanuvchi UART interfeysini umumiy nol bilan ulanish; b – USB ni umumiy nol bilan komp’yuterga ulash; c - yetaklovchi va yetaklanuvchi UART interfeysini umumiy clock va nol bilan ulanishi; d - yetaklovchi va yetaklanuvchi UART interfeysini umumiy nol bilan ulanish;



Arduinoning Serial.print buyrug'i UART interfeysi orqali belgilar ketma-ketligini (shunday nomlangan qator) yuboradi. "Ko‘rinmas" belgilar CR (Carriage Return) va LF (LineFeed) avtomatik ravishda qo‘shiladi va qatorning oxirini belgilaydi. Agar boshqa satrga o‘tish talab qilinmasa, Serial.print buyrug'idan foydalanish kerak. Agar raqam serial.printda uzatilsa, u avtomatik ravishda matnga o‘zgaradi. Bu uzatilayotgan raqam emas, balki bu raqam uchun ASCI kodi hisoblanadi. Masalan, 42 soni ikkita 4 va 2 belgidan iborat. "4" va "2" belgilarining ikkita ASCI kodi va "CR" va "LF" xizmat belgilarining ASCI kodlari uzatiladi. Qabul qiluvchilar va uzatuvchilarlar har doim bir xil bod tezligiga o‘rnatiladi.
Serial.begin(Baudrate).



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling