Қўқон дпи математика – информатика факультети 4-б курс талабаси Ж
Download 33 Kb.
|
2 5262837695117270827
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: f.-m.f.n. Akbarov U.Y.
Qо‘qon DPI 5110100–matematika о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi 01/18 guruh talabasi G‘iyosiddinova Havasxon Abdurashid qizining bakalavr darajasini olish uchun “Yuqori tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar va tatbiqlari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar XULOSASI Ma’lumki, hususiy hosilali differensial tenglamalar bilan kо‘plab amaliy masalalarni tо‘la va aniq ifodalab berish mumkin. Masalan matematik fizika tenglamalari va boshqa tenglamalar bunga misol bо‘la oladi. Shuning uchun bu tipdagi masalalar nazariy va amaliy jihatdan juda chukur о‘rganilgan deyish mumkin. Kо‘pgina amaliy masalalarni aniq yechimlari topilgan. Aniq yechimlarini topish mumkin bо‘lmagan masalalarni turli sonli usullar yordamida yechilgan. Ammo shunday bо‘lsada, bu tipdagi tenglamalar bilan ifodalanuvchi yangi-yangi masalalar qо‘yilib, tadqiqotlar davom etmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bu tipdagi masalalarni kompyuter yordamida sonli yechishdan tashqari, aniq simvolli kо‘rinishdagi yechimlarini olish imkoniyati mavjud bо‘lmoqda. Shuning uchun bо‘lg‘usi mutaxassislar tomonidan hususiy hosilali differensial tenglamalar, jumladan matematik fizika tenglamalari, ular bilan ifodalanuvchi amaliy masalalarni, qо‘yilgan masalalarni aniq va sonli yechimlarini topish yо‘llarini tahlil qilish, zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanib yechish yо‘llarini topish dolzarb masalalardandir. X.G‘iyosiddinova qо‘yilgan masala bо‘yicha reja asosida ish olib bordi. Ishni bajarish davomida hususiy hosilali differensial tenglamalar, ularga oid amaliy masalalarni, ayniqsa matematik fizika tenglamalarining tub asosi, bu tipdagi tenglamalar bilan ifodalanuvchi klassik masalalarni о‘rgandi. Qо‘yilgan amaliy masalalarni aniq va sonli yechimini topish usullarini tahlil qildi. Yangi kompyuter va axborot texnologiyalari imkoniyatlarini о‘rganib, matematik fizika tenglamalari bilan ifodalanuvchi amaliy masalalarni ushbu texnologiyalardan foydalanib yechish yо‘lini aniqladi. Maple 7 matematik sistemasi yordamida hususiy hosilali differensial tenglmalarni yechishni samarali ekanligini kо‘rsatdi. Qо‘yilgan masala tо‘la xal qilingan. Ishni bajarish davomida u о‘zining bilimdon, yangiliklarni tez tushunish, mustaqil ishlash kabi ijobiy xususiyatlarini kо‘rsatdi. U barcha fanlar bо‘yicha a’lo baholarga о‘qiydi. X G‘iyosiddinovaning ishi kirish, ikkita bob, 8 ta paragraf, xulosa, adabiyotlar rо‘yhatidan tashkil topgan bо‘lib, ish bitiruv malakaviy ishlarga qо‘yilgan talablarga javob beradigan xolda, tushunarli va aniq xolda yozilgan. Yuqoridagi aytilganlarni hisobga olib, X. G‘iyosiddinovaning bitiruv malakaviy ishini DAK oldida himoya etishga tavsiya etish mumkin. Ilmiy rahbar: f.-m.f.n. Akbarov U.Y. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling