On linguopoetic features of phraseological units
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 8-сон
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
ON LINGUOPOETIC FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 8-сон
267 Frazemalar Sh. Xolmirzayev asarlarida serqirra ko`rinishda uchraydi. Ular birinchidan, fikrni lo`nda va ekspressiv ifodalaydi, xalq tilida qanday ishlatilsa, shu ma'noda qo`llanadi: - Hi, maylising ham ordona qolsin. Bolangning fe’lini bilasan-ku... (”O’n sakkizga kirmagan kim bor”) Ikkinchidan, turg`un birikmalar murakkab holda qo`llanilib asar syujetida hal qiluvchi vazifani o`tagan yoki asar motivlarini harakatga keltirish, voqealarni bir-biriga ulash, personajlarning xarakterli tomonlarini ochishga yordam berish kabi bir qator vazifalarni bajaradi: Lekin quti o’chdi. Garangsib Tilovga tikildi (”O’n sakkizga kirmagan kim bor”). Frazeologik birikmalar asar ta'sirchanligini yuqori darajaga ko`tarishga xizmat qiladi. [2.249] Ko’plab adabiyotlarda frazeologizmlarning ma’nosi bitta so’zga teng bo’lgan birikma sifatida ta’riflanadi. Biroq ko’plab iboralarning ma’nosini aynan biror so’z bilan ifodalab bo’lmaydi: Badiiy matnda
qo’llangan frazeologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 1.Frazeologizmlarda oddiy birliklarga nisbatan emosional-ekspressivlik kuchli bo`ladi. Masalan: Shu payt hovlidan eshitilayotgan g’uvur-g’uvur erkaklar ovozi va kimnidir kimga shoshilinch ish buyurgani qulog’iga kirdi-yu, asta o’rnidan tura boshladi (”O’n sakkizga kirmagan kim bor”). 2.Iboralar holat va harakatga nisbatan qo`llaniladi, ya'ni fe'l, ravish so`z turkumi bilan bog`liq: Men sendan yashirmayman: shu opam bilan Jamshidlar bordi-yu mening oshimga zahar qo’shildi (”O’n sakkizga kirmagan kim bor”) 3.Iboralarni hosil qilishda ma'no ko`chishning metafora usulidan ham foydalaniladi. Bunda metaforaning faqat holat va harakat belgilarini ko`rish mumkin: Frazeologik boylikni nutqimiz ko`rki deb ataydilar.[1. 35] Aynan shuning uchun ham frazeologizmlar badiiy asarning xalqchilligini, asar tilining milliyligini oshirishga xizmatqiladi. Sh. Xolmirzayev asarlarida bir qator ana shunday iboralar kuzatiladi. Masalan:
Yozuvchi personajlarni tasvirlashda o’ziga xos iboralarni ham kashf qiladi:-Og’a, yetimning Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling