On linguopoetic features of phraseological units
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 8-сон
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
ON LINGUOPOETIC FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS
- Bu sahifa navigatsiya:
- “damini chiqarmaslik”, “xamir
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 8-сон
268 ekspressiv emotsionallik kuchli bo`lsa (ninaday narsani tuyaday qilmoq, o`lganning ustiga tepgan va boshqalar), ba'zilarida esa neytrallik (dili xufton bo`ldi, ichi qora, til topishmoq) bor bo`ladi. Og`zaki nutq frazeologizmining xarakterli tomonlaridan biri yorqin ekspressiv bo`yoqqa egaligi bo`lib, ular xilma-xil kinoya, hazil, biror xususiyatga ijobiy yo salbiy baho berish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Baholash asosan ikki xil; ijobiy va salbiy bo`lib, narsa–hodisa yoki shaxslarga xos muhim bo`lgan belgi va xususiyatlar asos qilib olinadi. Ijobiy xususiyatlarni ifodalash salbiy xususiyatlarni ifodalashga qaraganda nisbatan kamroq qo`llanadi.Bu tabiiy hol.Chunki, birinchidan iboralarning asosida nutqning ifodaliligi, emotsionalligi va jonligini oshirish, salbiy xarakterlarni illatlarni yorqinroq ifodalash yotsa, ikkinchidan ijobiy xislatlardan ko`ra salbiy xislatlar tezroq ko`zga tashlanadi. Jonli nutqda suhbat mavzui tez-tez o`zgarib turadi. Shunga ko`ra, so`zlovchi neytral nutqdan birdaniga ekspressiv bo`yoqlarga ega bo`lgan nutqqa o`tadi. Vaziyatga qarab fikrni aniq va jonli ifodalash uchun obrazli vosita hisoblangan frazeologizmlardan foydalanadi. Frazeologizm til birligi sifatida murakkabligi, uning ma'nan yaxlitligi bilan alohida shakllangan shakli o`rtasidagi ziddiyat, nomoslik iboradagi dolzarb va etimologik ma'nolar nomuvofiqligi uni nutq jarayonida qo`llashni qiyinlashtiradi. Bu esa o`z navbatida frazeologizmlarni nutqda qo`llash me'yorlarini puxta egallashni taqozo qiladi. Frazeologizmlar tilning muhim lug`aviy qatlamini tashkil etsa ham tilshunoslikda so`zlarning yasalish xususiyatlari keng o`rganilayotgan bo`lsa-da, frazeologizmlarning shakllanish masalalari har tomonlama o`rganilmagan. Bu hol ona tili ta'limida bir qator chalkashliklarga olib kelmoqda. Chunonchi darslik va qo`llanmalarda erkin bog`lanma, turg`un bog`lanma va frazeologizmlar o`zaro keskin farqlanmaydi, ularning farqli belgilari to`liq izohlanmagan. Shuningdek, frazeologizmlarni so`z birikmasi sifatida tilning qaysi bo`limida o`rganish masalasi muammo bo`lib turibdi. Shu ma'noda darsliklarda frazeologizmlar, xususan ularning shakllanishi haqida ma'lumot berilishi lozim.
Frazeologizmlar so`zlar bilan boyib boradi. Chunki ularning shakllanish manbasi so`zlardir. Frazeologizmlarning shakllagishiga lisoniy va nolisoniy omillar ta'sir etadi. Aksariyat frazeologizmlar o`zbek turmushi voqeligidan kelib chiqadi va shu turmush tarzlarini obrazli ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, “damini chiqarmaslik”, “xamir
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling