ON LINGUOPOETIC FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS
Obidhon Husanxo’jayev, teacher of department of Uzbek language and literature, NamSU
Abstract:.In this article the importance of phraseological units in Uzbekliterary texts and
linguopoetic peculiarities were discussed in the example of Sh.Xolmirzayev’s works.
Key words: Linguopoetics,semantic peculiarities, stylistics peculiarities, phraseologizms,
expressiveness, permanent phrases, literary text.
Tilimizning serqirraligi, inson his-tuyg’ulari, borliqdagi hodisalar va jarayonlarni
ifodalashda naqadarkeng imkoniyatlarga ega ekanligi lug’aviy birliklardan hisoblanuvchi
frazeologizmlarning mazmun-mohiyati, qo’llanishida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Badiiy matn yaratishda yozuvchi ko`p hollarda frazeologizmlarga, maqol va
matallarga, xalq og`zaki ijodiga tayanadi. Har bir timsolni yaratishda ijodkor o`sha shaxs
tabiati, uning xususiyatlarini ochib berayotgan kichkinagina jamiyatdagi o`rnini tasvirlar
ekan, timsol va muhit orasidagi munosabat, yaqinlik va ziddiyatlarni shakllantiradi. Unga
sayqal, bo`yoq beradi. Ushbu holatda frazeologik birliklarni ham semantik, ham stilistik
jihatdan to`g`ri qo`llash asar ta'sirchanligi va bo`yoqdorligini oshiradi.
Frazeologik birikmalar, ularning leksik-semantik xususiyatlari badiiy matn
yaratishda ijodkor imkoniyalarini ochib beradi. Masalan: Mabodo ovdan qo’li quruq qaytsa
– bunday voqea juda kam bo’lardi –u bamisoli otasi o’lgandek aza tutar, qovog’i ochilmas,
shunda xotini ham ko’ziga yomon ko’rinib, bechora biron yetishmovchilikdan zorlansa, u: ”Jonga
tegding-ku sen ham!” deya miltiqni qo’liga olardi (”Omon ovchining o’limi”).
Do'stlaringiz bilan baham: |