Ona buyuk zot


Download 25.68 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1145602
Bog'liq
Ona 2022




Ona buyuk zot

Har bir oilaning muqaddas qadirli onasi bor ekan bu oila dunyodagi eng baxtli oiladur, Ona farzandlarining sog’lom va barkamol bo’lishida ona orni juda muhim. Mana shunday mas`ulyatli bilan vazifani chin dildan yondashishga Yaratkanimiz tomandan berilgan har bir farzand uchin oliy nemat ekan, har bir ishni hech nolimay boshini mag’rur ko’tarib, hayot sinov- qiyinchiliklariga bordashli inson bu mo’tabar onalarimiz.


Ona- Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun tunlari beshik tebratip kechalarini bedor o’tkazgan, farzand uchun tinmay elib yugurgan, oilasining tinch farzandlarining farovon yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
Ona! Hayotda tog’ri yashashga, el yurtining sevichga, vatani uchin qanday yashash kerakligini urgativchi, jonkuyar mehridaryo zot. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazayotgan volida, aziz insonni qo’llab quvatlaydigan sevimli rafiqa. Ona dunyodagi eng aziz va mo'tabar zot sizni duo qilguvchi sizga uzoq umr tilovchi zot bu sizning onangizdir O’zi ona bo’lsada, bir zum ham farzand ekanligini unutmay doimo ota-ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zim etimiz, Ona oyog’i ostida jannati deb bejiz aytmagan.

  1. Ona mehri.



Ona mehri
Ayol… Ona… Ona allasi… Ona mehri… Ayol deganda avvalombor, har bir insonning ko’z o’ngida: mehribon, bag’rikeng, oq sut berib voyaga yetkazadigan mo’tabar zot-Ona siymosi namoyon bo’ladi. Insoniyat bahori, avlodlar davomiyligi, sarchashmasi ham Ona. U naqadar mushfiq, muqaddas, o’z dilbandi uchun jonkuyar, mehribondir… Ona mehri shu qadar kuchliki, dunyodagi jamiiki go’zal kuy va navolar birlashsa ham, uning kuylagan allasi kabi quvonchli va g’amli bo’la olmaydi… Ona muqddas, mo’tabar, farzandini jondan suyguvchi zotdir. Onajonlarimiz o’z dilbandlarini bir parcha etligidan asrab-avaylab katta qiladi. U og’rinsa, ming o’lib, ming tiriladi. Tunlari yig’lab, bedor bo’lib, mijja qoqmaydi. Farzandi oyog’iga tikan kirsa, kipriklari bilan olishga, uning uchun jon fido qilishga ham tayyordirlar. Onajonlarimiz biz uchun naqadar aziz va qadrli. Shuning uchun ularni asrab-avaylaylik, ko’klarga ko’tarishimiz, farzandlik burchimizni ado etishimiz, biz uchun ham farz, ham qarzdir!
Jamiyatimizda ayollar o’rni beqiyos. Ular har qadamda, har sohada faol va jonkuyardirlar. Yurtimizda ular uchun keng ko’lamli shart-sharoitlar yaratilganligiga o’zimiz ham guvohi bo’lganmiz. Aytishlaricha, ayol qaysi mamlakatda qadrlansa, e’zozlansa, shu yurt farovon va boqiy bo’lar ekan.
Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona.
Ayol! Bu so’z zamirida olam-olam ma`no mujassam. Uni qanchalar ta`rif qilsang, shunchalar qalbing yayraydi. Ne-ne shoirlar madhini kuylab she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz.
Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun kechalari bedor o’tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka doimo birday yordam bera oladigan, doimo to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazayotgan volida, aziz insonni qo’llab quvatlaydigan sevimli rafiqa. O’zi ona bo’lsada, bir daqiqa ham farzand ekanligini unutmay doimo ota ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zimdadirmiz… Zero, ona, ayol dunyoning ustunidir.
Haqiqatan ham, ona bu buyuk zot. Men ularni yerdagi farishtalarga qiyoslashim keladi.
Prezidentimiz Islom Karimov Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ayollarga sharqona ehtirom ko’rsatish – biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo’lib, biz bunday an’analarga sodiq bo’lib yashaymiz. Biz mustaqillikka erishganimizdan so’ng, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o’zimiz uchun eng muhim, ustivor vazifa sifatida belgilab oldik. Bu borada zarur huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish, millat genofondini yaxshilash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida qanday ulkan ishlar amalga oshirganimiz barchamizga yaxshi ma’lum, albatta”.
Muhtaram yurtboshimizning joriy yilni “Sog’lom ona va bola yili” deya e’tirof etishlari ham ayollarimizga, ham yurt poydevori sanalmish yoshlarga qanday e’tibor berilayotganidan darak. Zero, Vatanning gullab yashnashi avvalo farzand tarbiyachisi bo’lmish onalarimiz zimmasidadir.
Hozirda ayollarimiz nafaqat uy bekasi, balki, jamiyatda o’z o’rniga ega pedagog, shifokor, rahbar, deputat, olima, shoira hamdirlar. Bu esa barchamizning baxtimizdir.


ONA

Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.



(Abdulla Oripov she’ri)
Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling