To’qqiz-o’n yoshlarida ular yog’ochdan yasalgan qilich bilan bir-biriga shaq-shuq urib mashq qilishgan bo’lsa, balog’atga yetib, yigit bo’lib qolgan kezlarida haqiqiy qilich bilan kuch sinashadigan bo’ldi. Abdullatifning yoshi kichik bo’lsa ham bilagida kuchi ko’p, otalig’i uni «qilichbozlikda sohibqiron bobokaloningizga tortgansiz» deb maqtaydi. - To’qqiz-o’n yoshlarida ular yog’ochdan yasalgan qilich bilan bir-biriga shaq-shuq urib mashq qilishgan bo’lsa, balog’atga yetib, yigit bo’lib qolgan kezlarida haqiqiy qilich bilan kuch sinashadigan bo’ldi. Abdullatifning yoshi kichik bo’lsa ham bilagida kuchi ko’p, otalig’i uni «qilichbozlikda sohibqiron bobokaloningizga tortgansiz» deb maqtaydi.
- Bir kun qilichbozlikdan mashq o’gkazayotganlarida Allauddavlaning qo’lidagi qilichini Abdullatif chapdastlik bilan urib yerga tushirib yubordi. Qo’li qayrilgan Alauddavla og’riq zarbidan ingrab, barmog’ining qilich kesib ketgan joyini chap qo’li bilan changalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |