«Ona tili» -sinflar uchun «A» egalik shakliari va ularning imlosi darsning maqsadi


Download 17.87 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi17.87 Kb.
#1277049
Bog'liq
Dars ishlanma


«Ona tili» 7-sinflar uchun
7 «A»
EGALIK SHAKLIARI VA ULARNING IMLOSI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Ismlarga qo’shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi- xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo’shimchalar egalik qo’shimchalari hisoblanadi.


Quyidagi shakllar egalik qo’shimchalari sanaladi:

Son
Shaxs

birlik

ko’plik

I shaxs

-m (-im)

-miz (-imiz)

II shaxs

-ng (-ing)

-ng (-ingiz)

III shaxs

-i (-si)

-(lar)i

I
Undosh bilan tugagan ismlarga -im, -imiz, -ing, -ingiz, -i, -lari; unli bilan tugagan ismlarga -m, -miz; -ng, -ngiz; -si, -(lar)i qo’shimchalari qo’shiladi.


102-mashq. Quyidagi birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchalarinii vazifasi haqida fikr yuriting.
Alisher Navoiy bog’i, o’qish kitobi, Toshkent shahri, Do’stlik tumani, Jizzax viloyati, Mustaqillik bayrami.


Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo’llanilgan III shaxs egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo’llanilmaydi. Masalan, Boburning bog’i emas, Bobur bog’i; Orolning dengizi emas, Orol dengizi.


103-mashq, Ajratib ko’rsatilgan so’zlar tarkibidagi egalik qo’shimchalarining vazifalarini qiyoslab tushuntiring.
1. Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. (Topishmoq) 2. Kunduz kunlari aniq ko’rinadi. 3. Kecha dam olishimiz juda maroqli o’tdi. 4. Tuni bilan mijja qoqmadi. 5. Bu yerlarning yozi juda so’lim.


-i, -si egalik qo’shimchasi bir qator so’zlarda qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydi. Bunday so’zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O’z vazifasini yo’qotgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


Fan o‘qituvchisi: J.Soliyev
Download 17.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling